Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi


  1.3. Sharq mutafakkirlarining oilaviy tarbiya haqidagi qarashlari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/19
tarix13.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#140156
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
92360 yangi.docx

 


29 
1.3. Sharq mutafakkirlarining oilaviy tarbiya haqidagi qarashlari 
Buyuk mutafakkirlarning fikricha, tarbiyachi bolalar bilan muomalada
bosiq bo‘lishi, o‘quvchilar ta’limni qanday o‘zlashtirayotganini kuzatib
borishi, o‘qitishi va tarbiya jarayonida har xil usullarni qo‘llashi, o‘quvchining
xotirasi va boshqa aqliy qobiliyatini bilishi, bolalarni tarbiyalashda tegishli jazo 
choralariniqo‘llashi, ularni fanga qiziqtirishi, aniq adabiy tilda tushuntirishi
bolalarda hissiyot uyg‘otadig an bo‘lishi zarur. Ta’lim-tarbiya haqidagi bu
fikrlar yosh avlodni komil inson qilib voyaga yetkazishda xizmat qiladi. Abu
Ali ibn Sinoning fikricha, insonning aqlan barkamol, jismonan yetuk, axloqiy
– ma’naviy boy bo‘lishida tarbiyaning barcha turlarini uyg‘unlashgan holda
olib borilishi katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Tarbiyaning asosiy
vazifasi–shaxsning aqliy, axloqiy erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanish, 
uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir.
Buning uchun: 
- yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash; 
- hayot mazmunini tushunib olishga ko‘maklashish; 
- o‘zini o‘zi idora va nazorat qila bilishni 
shakllantirish; 
- o‘zining shaxsiy turmushga maqsadli yondashuvi
- ularda reja va amal birligi hissini uyg‘otish; 
- o‘quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar 
va vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan 
tanishtirish; 
- madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga 
bo‘lgan talablarni shakllantirish - malaka hosil 
qildirish, tobora o‘stirib-boyitib borish va estetik 
tushunchalarni shakllantirish; 
- har bir o‘smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni
rivojlantirish kerak. 


30 
Yoshlar faoliyatining turli sohalarida joriy qilib ko‘rish lozim. Bolalar 
ijodini, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo‘llab-quvvatlash uchun doimo
shart-sharoitlar yaratib berishimiz zarur. Farzandlarimizda inso np arvarlik
odobi me’yorlarini shakllantirish, bir- birini tushunadigan, o‘zaro mehribonlik,
irqiy va milliy kamsitishlarga toqatsizlik va muomala odobini o‘rgatib,
ularning ongiga singdirib boriladi. Tarbiyaning avvalo turgan o‘rni uyda, oila 
ichida, keyingisi maktablardadir. Shunday bo‘lsa ham, lekin tarbiya eng ko‘p
oilaviy muhitga va ota-onaga tegishlidir. Tarbiyaning yaxshi bo‘lishi 
tarbiyachilarning nechog‘lik yetuk bo‘lishi ularning yetarli darajada tarbiya
ko‘rganligiga bog‘liqdir. Yoshlar, jumladan talaba– o‘quvchilar, voyaga 
yetmaganlar ta’lim – tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi muassasalar, idoralar,
komissiyalar, mahalliy tashkilotlar tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda 
izchillik va nazoratni to‘la ta’minlaganligi natijasida huquqbuzarlik ,
aqidaparastlik illatlarining oldi olinayapti
Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda muqaddas kitob Qur’oni 
Karim, Hadisi sharifdan foydalanash juda muhim. Mahmud Qoshg‘ariyning 
«Devoni lugatit turk»,Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilik», Ahmad 
Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq», Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad 
Yassaviyning «Hikmatlari», Alisher Navoiyning shoh asarlari, hikmatlari muhim 
tarbiyaviy ahamiyatga ega. Manaviy qadriyatlar va g‘oyalar har hil millat 
talabalarini birlashtiradi, o‘quv va mehnat faoliyatlarini uyushtirishda yordam 
beradi. Xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy madaniy merosini 
chuqur bilmasdan, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini qaror toptirish 
mumkin emas. O‘zbek xalqi ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyotida katta madaniyatni 
yaratdi. U yaratgan boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo‘lib hizmat 
qiladi. Ismoil Al-Buxoriy, al-Xorazmiy, Beruniy, Forobiy, Abu Ali Ibn Sino 
Fariddin Attor, Marg‘iloniy Alisher Navoiy, Nizomiy Ganjaviy va boshqa buyuk 
mutufakkirlarning asarlari orqali o‘quvchilar go‘zal axloq,, baxt, insof, poklik, 
iffat, sabr-matonat, mehr-shafqat, ota-onani hurmat qilish qoidalari haqida keng 
tasavvurga ega bo‘ladilar. Insoniylik o‘z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy 


31 
xususiyatlarini, ya’ni odamlar o‘rtasida o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lish, 
do‘stlik, ota-onaga sadoqatlik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab 
oladi. Ota-bobolarimiz bolalarda yoshlikdan ana shunday go‘zal fazilatlarni qaror 
toptirishga katta ahamiyat berganlar. 
O‘zbek oilasida bola tarbiyasi haqida gapirganda, keyingi avlodlarga 
boy meros qoldirgan O‘rta Osiyoning buyuk mutafakkirlarini eslash 
muhimdir. Ular hozirgi kunlarimizda ham o‘z ahmiyatini yo‘qotmagan 
tarbiya, shaxsni kamol toptirish, oilada bolani tarbiyalashning yo‘llari 
haqida qimmatli fikrlarni bayon etganlar. Bir yigit Ibn Sinodan «Bola 
tarbiyasini qaysi» yoshdan boshlash kerak? – deb so‘rabdi. Ibn Sino: 
«O‘g‘lingiz necha yoshda» deb savol beribdi va uning bir yarim oylik 
bo‘ldi, degan javobini eshitgach «Siz bir yarim oy kechikibsiz?» - debdi. 
Bugungi kunda bolani haqiqatan tug‘ilgan kunidan boshlab tarbiyalash 
kerakligiga hech kim shubha qilmaydi, bu bizning psixologlarimiz va 
pedagoglarimiz tomonidan isbotlangan. 
Abu Ali Ibn Sino oilaviy tarbiyaning umumiy asoslarini bayon etishga 
harakat qilgan. «Aga oila tarbiya usullaridan to‘g‘ri foydalansa, - deb 
yozgan edi olim, - o‘z hayotida baxtga erishadi». Buning uchun tarbiyaning 
to‘g‘ri metodlari bayon etilgan «Tadbiri manzil» kitobida aks etg an. Ibn 
Sino oilada bolani tarbiyalash, ahvolidan qat’i nazar, ota-onaning asosiy 
burchi deb hisoblangan, o‘z qusurlarini bartaraf qilgan kishigina boshqalarni 
tarbiyalashi mumkinligini ta’kiflagan. Ibn Sino bolani tarbiyalash omillarini 
tahlil qilib, ulardan eng to‘g‘risi – bolalar bilan birga bo‘lish va ijobiy 
misollardan foydalanib, alohida0alohida suhbatlashish, uning izzat nafsiga 
tegmaslik, deb o‘qtirgan. Ibn Sino tarbiyada otaning rolini ifodalashga kata 
ahamiyat bergan. «Ro‘zg‘orshunoslik» kitobida «Otaning bolalarga 
munosabati» degan bob bor. Unda olim jumladan: «Onalar o‘z tabiatlariga 
ko‘ra yumshoq ko‘ngildirlar va o‘zlarining erkalashlari bilan bolaning 
xarakterini buzadilar», - deydi. Ibn Sinoning fikricha, oilada asosiy 
tarbiyachi ota bo‘lishi, u maqsadga erishmoq uchun bolani ba’zan jazolashi, 


32 
ba’zan rag‘batlantirish, vaqti-vaqti bilan maqtashi, ba’zan tanbeh berish, 
vaqtida qo‘rqitib qo‘yish, hatto jismoniy jazolashi lozim.
Oilada bola tarbiyasi to‘g‘risida Alisher Navoiyning ajoyib fikrlari 
bor. Navoiyning fikriga ko‘ra, eng muhimi bolalarni sevish, «Bolaga, degan 
edi ulug‘ shoir, - kichikligidan boshlab yoshini hisobga olgan holda axloqiy 
tarbiya bermoq zarur»
3
. taniqli shoir va pedagog Abdulla Avloniy oilada 
bolalar tarbiyasi to‘g‘risida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ajoyib fikrlarni 
bayon qilgan. O‘zining «Yashnagan o‘lka va ahloq» degan kitobida 
yozganidek, bolaning sog‘lig‘i va baxti avvalo uning yaxshi 
tarbiyalanishiga, badanining tozaligiga, e’tiqod hosil qilishiga, yaxshi 
xulqqa 
ega 
bo‘lishiga, 
uni 
g‘ayriaxloqiy 
xatti-harakatlardan 
ogohlantirilishiga bog‘liq. Bolani tarbiyalashni tug‘ilgan kunidanoq 
boshlash zarurligi quyoshday ravshan va aniq, uning organizmini 
mustahkamlash, aqliy qobiliyatini donishmandlik nuri bilan yoritish, uni 
axloqiy kamol toptirish, xotirasini mashqlantirish kerak.
Bola tarbiyasi bilan birinchi navbatda ota-onalar shug‘ullanishi lozim. 
«Bolalarni tarbiyalash – onaning burchi va otaning muqaddas majburiyati». 
Mashhur pedagog Hamza Hakimzoda Niyoziy oila tarbiya si masalasini, ota-
onalar bilan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat masalasini yangicha tahlil 
qildi. U birinchi navbatda tan jazosini qo‘llashga qarshi chiqdi, uning 
fikricha, tan jazosi bola ruhini razil yoki yovuz va qaysar qilib qo‘yadi. 
Hamza oila tarbiyasida bolalar bilan ko‘proq bog‘langan onalarning rolini 
yoritishga kata ahamiyat beradi. Ona o‘z bolasiga mehr-muhabbat va 
mohirlik Bilan ta’sir ko‘rsatib borishi zururligini o‘qtiradi. Bolalar va 
yoshlarga ishontirish vositasi bilan burch tuyg‘usini singdirish lozim, deb 
hisoblaydi. 
Hamza Hakimzoda Niyoziy ota-onalarning bolani tarbiyalashdagi 
rolini yuqori baholab, «avvalo ularning xulqi namunali, qusursiz bo‘lmog‘i, 
ular yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lishlari zarur», - degan.U farzandlarni 
3


33 
tarbiyalash bilan shug‘ullanmaydigan hamda o‘zlarining nomunosib xulqlari 
bilan ularning axloqiy rivojlanishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ota -
onalarni keskin tanqid qilgan edi. U o‘z farzandlarini tarbiyalamay, ularni 
faqat moddiy ta’sinlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladigan ota-onalarga 
qattiq tanbeh berar edi. Hamza «O‘z bolalarni yomon tarbiyalagan onaning 
jazosi» hikoyasida bolalarni yomon tarbiyalashning fojiaviy oqibatini 
tasvirlaydi. Unda o‘g‘lining o‘g‘rilik qilishdan ko‘z-yumgan, aksincha, uni 
bu ishga rag‘batlantirgan, o‘g‘li qo‘lga tushib, osishga hukm qilingan 
onaning ayanchli ahvoli bayon qilingan. Hamza o‘z hikoyasini «Agar 
farzand yomon bo‘lsa, bunga ota-onalar sababchi», - degan so‘zlarni aytgan. 
Hamzaning ta’kidlashicha, axloqiy poydevori oilada qo‘yiladi va ota-
onalar buning uchun javobgardir. «Agar, - deydi Hamza, - ota-onalar o‘z 
farzandlarini ilk yoshidan boshlab yaxshi tarbiya qilganlarida edi – 
zabonlarimizni yolg‘ondan, qo‘llarimizni jinoyatdan tiygan, quloqlarimizni 
tuhmat va g‘iybatdan asragan, ular bizni har qanday yomonlik va 
baxtsizlikdan saqlagan bo‘lur edilar». 
Istiqlol va ozodlik uchun kurashgan jadid ziyolilaridan biri, shoir 
alloma Abdurauf Fitrat ham jamiyat rivoji va millat taqdirini oila taqdiri 
bilan, ularning mustahkam va farovon bo‘lishi bilan bog‘liqligini o‘z 
asarlarida qayta-qayta ta’kidlaydi. «Har bir millatning saodati va izzati, 
albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq. Tinchlik va 
totuvlik esa, shu millat oilalarining intizosiga tayanadi. Qaerd a oila 
munosabatlari kuchli intizomga tayansa mamlakat va millat ham muncha 
kuchli va muazzam bo‘ladi», - deb yozadi Fitrat. Abdurauf Fitrat Sharq va 
G‘arb olimlarining asarlarini o‘rganib, 1914 yilda «Oila yoki oila 
boshqarish tartibi» nomli oila masalasidagi mukammal yo‘riqnomani 
yaratadiki, u hozirgi kunimiz uchun ham o‘ta dolzarb va ahmiyatlidir.
Fitrat turmush qurish yoshi, homiladorlik va xomilador ayollarga 
munosabat haqida tibbiyot nuqtai-nazardan kelib chiqib fikr yuritadi. U bola 
tarbiyasini ona qornidaligidayoq boshlashni maslahat beradi: Ona qornida 


34 
bola paydo bo‘lganidan so‘ng uning hayot-mamoti ota-onaga bog‘liq. 
Shuning uchun ham ular bolaning nobud bo‘lishiga olib keladigan ishlarni 
qilmasliklari shart. Masalan, homiladorlikning ikkinchi oyid an to‘rtinchi 
oyigacha ko‘p onalar bola tushiradilar. Buning sabablari qo‘rquv, 
kamquvvatlik, og‘ir ishlarni bajarish va ko‘p qayg‘urish bo‘ladi. 
Homilador ayolning gigienasi, uning toza-bahavo joylarda dam olish, 
iste’mol qilishi lozim bo‘lgan taomlari haqida ham muhim ko‘rsatmalar 
beriladi. Abdurauf Fitratning oila va oilaviy munosabatlarga oid ayrim 
fikrlarigina keltirdik. Uning farzand tarbiyasi to‘g‘risidagi fikrlari hozirgi 
kunimiz uchun ham dolzarb bo‘lib, ularning barcha ijobiy va ibratli 
tomonlarini hayotimizda qo‘llashimiz mumkin. 
Sadriddin Ayniy o‘z ma’rifatparvarlik qarashlarida vatanparvarlik, 
insonparvarlik, xalqparvarlik g‘oyalarini ilgari suradi. Uning fikricha, 
tarbiyaning asosiy maqsadi bolani vatanga, xalqqa sadoqatli qilib kamol 
toptirishdir. U ijodiy va ma’rifiy faoliyatlarida, o‘qish kitoblarida bu 
g‘oyani bolalar ongiga singdirishga harakat qildi. Ayniy xalqning aql -
zakovatini, kuch-qudratini o‘zaro do‘stlikda, mehr oqibatda ko‘rdi, 
bolalarda xalqqa xos bu fazilatlarni tarkib toptirish ga da’vat etadi. 
Ayniy axloqiy tarbiyalangan bola hech vaqt yolg‘on gapirmasligini 
hamma vaqt chin so‘zli, sof vijdoli bo‘lishini aytadi va saxiylik, 
hayrixoxlik, kamtarlikni axloqiy fazilat hisoblaydi va tarbiyada bolalarda bu 
sifatlarni rivojlantirishni o‘qtiradi. Ayniy ahloq haqidagi qarashlarida 
kamtarlikni eng yuksak insoniy fazilat ekanligini alohida ta’kidlaydi. Uning 
o‘qtirishicha, bolalarning kamtarlik ruhida tarbiyalashda shaxsiy namuna, 
o‘rnak bo‘lishi muhim omildir. Ayniy mehnatni ulug‘laydi, mehnat insonga 
hurmat, obro‘, baxt baxsi eshitishini ta’kidlab oilada bolani yoshlik bahtidan 
mehnatga ko‘niktirish kerakligi aytadi. Navoiyning o‘qdirishicha, 
tarbiyaning maqsadi yosh avlodni xalqparvar, bilimli, eng yaxshi 
fazilatlarga ega kishi qilib yetishtirishdir. Navoiy bolaning voyaga 


35 
yetishishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga, tarbiya -
natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo‘lib o‘sishiga ishonadi. 
Navoiyning o‘qtirishicha, yosh bola yaxshi nima-yu, yomon 
nimaligining farqiga bora olmaydi, chunki uning tushunish fikrlash, 
muhokama qilish qobiliyati o‘smagan bo‘ladi. Shu sababli, u o‘z 
xususiyatiga ko‘ra, biror salbiy ta’sir natijasida yaramas, noto‘g‘ri yo‘lga 
tushib ketishi mumkin. Demak, bolani juda kichik yoshidan boshlab 
tarbiyalamoq darkor. Bunda Ibn Sino bolada axloqiy xislatlarni mehnat, 
jismoniy va aqliy tarbiya bilan uzviy birlikda shakllantirishni bolani haqiqiy 
inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi. Ibn Sino ahloqiy 
tarbiyada eng muhim vositalar bola bilan, nafsiga, g‘ururiga tegmagan 
holda, yakkama-yakka suhbatda bo‘lish, unga nasihat qilishni ma’qul usul 
hisoblaydi. Nasihat qilishda suhbatdoshga nihoyatda hurmat Bilan 
yondoshish, uni kamsitmaslik, ortiqcha so‘z aytib, uni zeriktirmaslik kerak.
Bir xil nasihatlarni qaytaraverish bolaga ta’sir qilmaydi. U deydi: «Sening 
fikrlaring (bolaning)yuragiga yetib borib, unga o‘ylab, fikr yuritib ko‘rishga 
imkon berish. . . Agarda suhbatdoshning yoki do‘sting sening so‘zlaringga 
va nasihatingga e’tibor bermayotganini sezsang, suhbatni boshqa vaqtga 
ko‘chir». Ibn Sinoning fikricha, bolaning tarbiyasi – bu izchil va asta-sekin 
amalga oshiriladigan tartibdan iboratdir. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin