Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi


-BOB. Tarbiyada ota-ona va farzandlar munosabatlarining dinamik



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/19
tarix13.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#140156
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
92360 yangi.docx

3-BOB. Tarbiyada ota-ona va farzandlar munosabatlarining dinamik 
xarakteri. 
3.1.Oilada bola tarbiyasini tashkil etish usullari va ularning amaliy 
taxlili. 
Har bir inson kelajakda o’z mavqeyiga ega bo’lishni, jamiyatda o’zining 
o’rnini topib, kamol topish uchun tinimsiz harakat qiladi. Aslida esa u o’zining bu 
xatti-harakatlarining barchasini uyida oila deb atalmish muqaddas dargohda uni 
hamisha intiqlik bilan kutib, dadajon yoki oyijon deb kutib oladigan jonidan aziz 
farzandi har kuni ertalab turib, qo’llarini duoga ochib kuzatadigan va kutadigan 
ota-onasi va hamisha og’ir damlarida qo’llab-quvvatlab, shodon kunlarida u bilan 
birgalikda quvongan umr yo’ldoshi, ishdan va muammolaridan charchagan vaqtda 
beg’ubor tabbasumi-yu, shirin so’zlari bilan ko’nglini tog’dek ko’taradigon 
farzandlari uchundir. Dunyoda har bir ota-ona faqat farzandining kamolini, baxt-u 
iqbolini ko’rishni xohlaydi.Oila jamiyatning asosiy kichik bo’g’inidir. Go’yoki bu 
kichik bo’g’in ya’ni oila mustahkam va barqaror ekan jamiyat barqarordir. 
Jamiyatning kichik bo’g’ini bo’lmish oilani barqarorligini saqlash uchun barcha 
mamlakatlarda xususan yurtimizda ham ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Bular 
jumlasiga; 
I. 
Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (1948-yil 10-dekabr) 16-
moddasida berilgan
II. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 63-66-moddalarda bayon 
etilgan; 
III. 
O’zbekiston Respublikasi oila kodeksining (1998-yil 30-aprelda qabul 
qilingan) 8-bo’lim 238-moddadan iborat. 
IV. 
Va boshqa shular doirasida qabul qilingan normative huquqiy 
hujjatlar. 
Inson huquqlari umum jahon deklaratsiyasi 16-moddasi; 
1.Balog’at yoshiga yetgan erkaklar va ayollar irqi, millati yoki diniy 
belgilari bo’yicha hech qanday cheklanishlarsiznikohdan o’tishga va oila qurishga 


56 
haqli. Ular nikohdan o’tishda nikohda turgan vaqtlarida bekor qilish vaqtida bir xil 
xuquqlaridan foydalaniladi. 
2. Nikoh har ikki tomonning erkin va to’liq roziligi asosidagina tuzilishi 
mumkun. 
3. Oila jamiyatning tabiiy asosiy xujayrasi sanaladi va jamiyat hamda davlat 
tomonidan himoya qilinishga haqli.
Bu borada yurtimizda 1997-yil 5-dekabrda konstitutsiyamizda qabul 
qilingan 5 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan tantanali yig’ilishda mamlakatimiz 
rahbari I.Karimov ma’ruza qilib 1998-yilni “Oila yili” deb e’lon qilgan edilar 
Hammamizga ayon bo’lishi ta’biiyki oila sog’lom ekan-jamiyat mustahkam
jamiyat mustahkam ekan-mamlakat barqarordir. Oilaning mustahkamligi esa, ota-
onalarning zimmasiga tushadi, Yurtboshimizning 2016 yilni “Soglom ona va 
bola yili” deb e’lon qilishi esa mamlakatimisda oilaga bo’lgan e’tiborni yanada 
yuqoridanligi dalolat beradi. Har qaysi millatning o’ziga hos ma’naviyatini 
shaklllantirish va yuksaltirishda shak shubhasiz, oilaning o’rni beqiyosdir. Chunki 
insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari 
birinchi galda oila bag’rida shakllanadi. Zero oilaning inson hayotidagi yaxshi va 
yomon fazilatlarini shakllantirishda oila asosiyligi uqtiriladi. 
Ota-onaning har bir qilayotgan yaxshi va yomon xatti-harakati 
farzandlarining tarbiyasiga ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Chunki oilada ota-ona 
qanday bo’lsa ,uning tarbiyasini olgan va o’sha muhitda ulg’aygan bola ham 
albatta ularga taqlid qiladi. Shunday ekan farzand tarbiyalashning muhim 
omillaridan biri avvalo oilada ota-onaning tarbiyali va madaniyatli bo’lishidir. 
Bundan tashqari, ota-onalarimiz o’z sog’ligini saqlash maqsadida gigenik 
qoidalariga rioya qilishi , har kuni ertalab sport bilan shug’ullanishi va oilada 
o’ziga hos tartib-qoidalariga asoslanishi ham katta ahamiyatga ega. Bu esa 
farzandlarga hayotdagi yashash qoidalarini yolga qo’yish uchun andozadir. 
Albatta farzand eng oliy ne’mat bo’lganligidek ,farzandli bo’lish ham buyuk 
bir baxtdir. Lekin bu aziz ne’mat bo’lmish, farzandlarini erkalatib yubormaslik, 
bolalarning injiqlik va qaysarliklarida ham me’yorga rioya qilish ham uning 


57 
tarbiyasidagi omillardan biri desak mubolag’a bo’lmaydi. Afsuski, ba’zan shunday 
oilalarga va ota-onalarga duch kelamizki, ular farzandning tarbiyasiga befarq 
bo’lganligi yetmaganidek, ular barcha istak va hoxishlarini hech ikkilanmay 
amalga oshiradilar. Buyuk fransuz olimi Jan Jak Russo ta’biri bilan aytganda , 
“Farzandingizning tolesiz qilishning eng sinalgan usuli qandayligini bilasizmi ,-u 
nima desa hammasiga ho’p deng “
Qaysi bir ilmiy ma’noda ijobiy fikr, ammo bugungi kunda bu tarbiya 
sohasida jiddiy muammolar tugdirayotgan savoldir. Bizning fikrimizcha, bunday 
ota-onalar farzandlarini og’zidan chiqqanini muhayyo qilish orqali ularni xursand 
qilishdan ko’ra o’zining tinchligini o’ylaydiganlar desak adashmaymiz.Eng 
achinarlisi shuki, bunday ota-onalarning tarbiyasini olgan bolalar kelajakda 
o’zgalar manfaatidan ko’ra o’zining manfaatini o’ylaydigan, turmushdagi 
arzimagan qiyinchiliklariga dosh berolmaydigan, insonlar bo’lib yetishib 
chiqmasligiga hech kim kafolat berolmaydi. Yana shuni ham e’tibordan chetda 
qoldirmaslik kerakki, aksariyat ota-onalar yuqoridagi salbiy holatlar o’z farzandlari 
bilan yuz berganda nega shunday bo’lganligini o’ylaydilar.
Oila a’zolarining o‘zaro muomalalarini organish shuni ko’rsatdiki 
maktab o‘quvchilarining o‘qishga va mehnatga bo‘lgan munosabatiga 
bevosita ta’sir qiluvchi oila muhitidagi holatlar va omillar alohida o’rin 
tutadi. 
Birichidan: ota-onalarning jamoatchilik faoliyati ularning mafkuraviy 
qarashlari va ishga nisbatan munosabatlari bola tarbiyasiga ta]siri kuchli 
bolar ekan,. 
Ikkinchidan: oila ichidagi munosabatlari ota va ona munosabati, ota-
onalarning buva va buvisiga munosabatlari, aka-ukalar va opa-singillarning 
o‘zaro munosabatlari. 
Uchinchidan: ota-onalarning tarbiyaviy-pedagogik faoliyat ularning 
tarbiyaviy 
muammolari, 
qiziqishlari 
maktab 
bilan 
hamkorliklari, 
o‘quvchilarga darya tayyorlash kezida ota-onalarning yordami, ularning 
tarbiyaviy ahamiyati. 


58 
To’rtinchidan: oilada bolalalarning ta’limga munosabatlari va
ijtimoiy normalarni bajarishllari vaboshqalar. 
Demak oila muhitini uch toifaga: ijobiy, o‘zgaruvchan va salbiy 
toifalarga ajratish imkoniati tug’ildi. Bu esa, oilada shaxsni shakllantirish 
jarayonini o‘rganish baxtli bolalik – bu oiladagi quvonchli hamjihatlikning 
hamda ota-onalarning bolalariga g‘amxo‘rligining samarasidir, degan 
xulosaga keldi. Shu asosda oilada farzand tarbiyasiga yondashishning
oilalarni yo‘nalishiga qarab, uch toifaga mansub ekanligini ko‘rsatib berish 
mumkin. 
1.Ijtimoiy ilg‘or yo‘nalishdagi oilaga xos bo‘lgan oilalar bizdagi 
oilalarning ko‘pchilik qismini tashkil qiladi. Bunday oilalarda shaxslararo 
munosabatlar axloq prinsiplari va qoidalaridan kelib chiqqan holda amalga 
oshiriladi, shuningdek har tomonlama kamol topgan shaxsning ijtimoiy 
ideali nazarda tutiladi. Ijtimoiy ilg‘or yo‘nalishdagi oilalarning voyaga 
yetgan a’zolari ishlab chiqarishda, korxonada, jamoat ishlarida faol 
qatnashadilar, ilg‘or madaniyatga nisbatan qiziqishlarini namoyish qiladilar, 
shuning bilan birga bu narsaga o‘z farzandlarida ham havas uyg‘otadilar. 
Oilada goho namoyon bo‘ladigan ziddiyatlarni juda qisqa muddatda 
hamjihatlik bilan bartaraf qiladilar. Ushbu toifaga mansub oilalarda xo‘jalik 
ashyolari, asboblari, qimmatbaho materiallar har xil ehtiyojlarni qondirish 
vositasi sifatida qaraladi, bu narsalar shaxsning kelajak istiqboli bilan 
mutlaqo bog‘lanmaydi. 
2.Ziddiyatli yo‘nalishga ega bo‘lgan oilada barqaror yo‘nalish 
bo‘lmaydi. Oilaviy turmush munosabatlari uzluksiz ravishda biron -bir 
g‘oyaning boshqa g‘oya bilan o‘zaro niqoblangan kurashi bosqichida 
bo‘ladi, u yoki bu qarashlarning ustunligi, istiqboli hech qanday ahamiyat 
kasb etmaydi. Bunday holatning ko‘zga tashlanishi eskilik bilan yangilik 
o‘rtasidagi kurashni anglatmaydi. Er-xotinning yoki boshqa voyaga yetgan 
oila a’zolarining murosasiz pozitsiyalari ko‘pincha ularning fe’l-atvor 
xususiyatlaridagi tafovut negizi bilan bog‘liq bo‘lib, mutlaqo eskilik sa rqiti 


59 
mohiyatidan kelib chiqmaydi. Oilada so‘z bilan ish birligi masalasi bir -
biriga qarama-qarshi yo‘nalishda bo‘ladi. Faqat burch hissigina, muayyan 
majburiyatni bajarishgina oila a’zolarni o‘zaro birlashtirib turadi. Mana 
bunday oilalarda er-xotinning bolalarga ta’sir o‘tkazish uchun kurashi, 
raqobati yaqqol namoyon bo‘ladi. 
3.Past darajadagi ijtimoiy yo‘nalishga mansub oilalarda ko‘pincha 
ishchanlik udumi va ideallari hokimlik qiladi. Mazkur oilalarda barcha narsa 
yagona narsaga bo‘ysundirilgan, ya’ni mol-dunyo to‘plashga, moddiy-
maishiy jihatdan ustunlikka erishishiga qaratilgan boladi. Voyaga yetgan 
oila a’zolarining, ota-onalarining korxona, muassasada, tashkilotda mehnat 
qilishi ana shu ko‘zlangan maqsadga yetish vositasi sifatida, har qanday 
mehnat esa, ish haqi miqdori bilan o‘lchanadi. Oila boshlig‘ining 
zo‘ravonligi, zolimligi, unga ko‘r-ko‘rona va so‘zsiz bo‘ysunishlik, sajda 
qilishlik, zaif va nimjon oila a’zolari farovonligini poymol qilishga intilishi 
va hokazolar ustun bo‘ladi. Meshchanlik ideal iva diniy e’tiqod doirasidan 
tashqari chiqish hollari (kitob o‘qish ijtimoiy turmush faoliyatida ishtirok 
etish) kamsitilib, bekorga vaqt sarflab deb baholanadi.
Shu boisdan past darajadagi ijtimoiy yo‘nalishga mansub oilalardan 
xudbin, qo‘rqoq, jamiyat uchun kam nafi tegadigan o‘g‘il-qizlar yetishib 
chiqishi mumkin. Jumladan, har bir oila a’zolarining yashayotgan 
mikromuhitda tutgan o‘rni va erishgan obro‘li, oilalarda er-xotin 
munosabatlari, ota-onalarning farzandlarga nisbatan muomalalari, turli 
yoshdagi 
farzandlarning 
o‘zaro 
muloqoti, 
ularning 
ota-onalarga 
munosabatlari, oila a’zolarining begona kishilar bilan muloqotga kirishishi 
xususiyatlari, ular o‘rtasida o‘zaro yordam va birdamlilik xususiyatlari, uy -
ro‘zg‘or yumushlari taqsimoti, xordiq chiqarish, oila a’zolarida muloqot 
ko‘lamining kengayishi kabi shaxslararo munosabatlarning rang -barang 
jihatlarini oilada bola ongiga sngdirishs maqsadga muvofiqdir 
Oilaning har bir a’zosi, ota-onalar ham bolalar ham muayyan 
intellektual saviyaga ega. Har bir oila a’zosi butun oilaga va oila o‘zining 


60 
har bir a’zosiga ta’sir etadi. Aytish mumkinki, farzandlarning aqliy 
tarbiyasida oiladagi umumiy intellektual saviyaning yuksalishi uchun 
zaruriy sharoitlarni yuzaga keltirish benihoya muhim. Bolaning to‘kis aqliy 
rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan oilaviy muhitni ma’naviy-ma’rifiy saviya 
va tegishli tajribaga ega, mustaqil fikrli, dunyoqarashi keng, milliy an’ana 
va qadriyatlardan boxabar ota-onalargina yaratib bera oladilar. Oila 
tarbiyasi kabi kata ma’suliyat birinchi navbatda ota va ona zimmasiga 
tushadi.
Shu o‘rinda bir narsani alohida o‘qtirish kerakki, bolalar tarbiyasida 
asosiy ta’sirchan kuch-qudrat, bu-Onadir.
Darhaqiqat ota ko‘pchilik xalqlarda oilaning moddiy ehtiyojlarini 
qondirish va ta’minlash, qolaversa oilaning xo‘jalik ishlari bilan band 
bo‘ladi. Bu o‘zbek oilalari tarixidan ma’lum bo‘lgan haqiqat va ota -
bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan an’anadir
1
. Oilada bola tarbiyasida 
oilaning har bir a’zosi ya’ni, bobo, buvi, ota-ona, opa, aka, amma, xola, 
tog‘a. Qo‘yingki qo‘ni-qo‘shni, mahalla, maktab, jamoatchilik birdek 
ma’suldir. Xalqimizda «Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona», «Bir tog‘a yetti 
ota o‘rnida», «Mahallang-otang-onang» kabi maqollar bejiz aytilmagan. 
Shuning uchun bola tarbiyasida barchaning tal abi, munosabati bir xil 
bo‘lmog‘i lozim. Tarbiyachilar o‘rtasidagi tarbiya ullarining, talab va 
fikrlarining har xilligi bolani tarbiyasizlikka olib keladi. Pedogagik 
qarovsizlik ham oiladan boshlanadi. Oila, maktab va mahallaning hamkorligi davr 
talabi darajasida bo‘lmasa, ayniqsa, ota-onaning o‘zaro munosabatlaridagi 
nuqsonlar bola ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Psixologiya fanida o‘z-o‘zini tarbiyalashning motivlari chuqur o‘rganilgan 
bo‘lib, “ Maktab- oila” hamkorligi doirasida bolani o‘z-o‘zini tarbiyalashi, ya’ni 
o‘z-o‘zini idora etishi, o‘z-o‘zini to‘g‘ri boshqarishi, o‘z faoliyatini tahlil qilib, o‘z-
1 Oila etikasi psixologiyasi. 1991 yil. O‘qituvchi 70 bet.
2
Oila ma’naviyati milliy g‘urur. T. O‘q. 1999 yil. 49-50-bet.
1 Оила этикаси психологияси. 1991 йил. Ўқитувчи 70 бет.


61 
o‘ziga baho bera olishi muhim omil sanaladi. Bolaning nazoratsizligi hamda 
qarovsizligi deviant xulq- atvorni keltirib chiqaruvchi omil hisoblanadi.Bu 
jarayonda asosan ota-ona, ularda bola tarbiyasiga nisbatan befarqlik sabab bo‘ladi.
Bolaning ish va bo‘sh vaqti uni maqsadli yo‘naltirishda tarbiya muassasasi ota-
onalar bilan yaqindan hamkorlik qilishi lozim.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin