Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi


Bitiruv malaka ishining tuzilishi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/19
tarix13.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#140156
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
92360 yangi.docx

Bitiruv malaka ishining tuzilishi: 
kirish, uchta bo‘lim, sakkista paragraf,
xulosalar, amaliy tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan 
iborat.
 


11 
1.BOB. Oilada bola tarbiyasi masalalarining nazariy metodologik asoslari. 
1.1 Farzandlar tarbiyasida oilaviy munosabatlarning jaxon psixologlari 
tadqiqot ob’ekti sifatida tadqiq etilishi. 
Oila va oilaviy tarbiya muammolari bilan shug‘ullanuvchi olimlarning 
tadqiqotlarida asosiy e’tibor oila bo‘yicha amaldagi bo‘linishga va Bolalar 
tarbiyasida ota-onalarning faol darajasiga qaratiladi. Shuningdek, ota-onalarning, 
Bolalarning hamda aellarning bandligi va ularning Bolalar tarbiyasiga bo‘lgan 
ta’siri oilaning moddiy imkoniyatlari va turar joylariga bog‘lab o‘rganiladi. 
Jamiyatning moddiy va ma’naviy kamoloti yoshlarni turli ijtimoiy 
vazifalarni bajarishga, to‘plangan munosabatlarga doir tajribalar, moddiy va 
ma’naviy qadriyatlarga har tomonlama va uzoq tayorlash lozimligini talab 
etmoqda. Ijtimoiy-tarixiy va ilmiy manbalarning guvohlik berishicha, o‘zbek 
oilasining hayoti, undagi o‘zaro munosabatlar, uning urf-odatlari, an’analari va 
qadriyatlari, turmush tarzi, madaniyati, tarbiyaviy muhiti va mehnat shart-
sharoitlari jiddiy ilmiy muammolar sifatida XX asrning 60-70 yillaridan e’tiboran 
o‘rganila boshlandi. Ana shu yillardagi dastlabki tadqiqotlar ko‘proq falsafiy, 
tarixiy, etnografik yo‘nalishdagi va oilaning tarbiyaviy va mehnat shart-
sharoitlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lsa, keyingi tadqiqotlar o‘z xarakteriga 
ko‘ra, oilaning madaniy, huquqiy, tibbiy, uning turmush tarzi, undagi tarbiya 
muhitining ahamiyati, o‘zaro munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini 
o‘rganishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Mazkur tadqiqotlar sirasiga 
quyidagilarni keltirib o‘tish o‘rinlidir. 
Jumladan, X.Toshtemirov, L.S.Yaxyoev, G.M.Hamidova, T.T.To‘ychieva, 
M.Xolmatovalar tomonidan oilaviy turmushning falsafiy jihatlari, oila-nikoh 
munosabatlarining takomillashish an’analari va hozirgi zamon o‘zbek oilasining 
turmush tarzi o‘rganilgan. Sh.A.Isroilov, F.M.Otaxo‘jaev va boshqalar o‘z 
tadqiqotlarida 
o‘zbek 
ayollarining 
huquqiy 
masalalari, 
oila-nikoh 
munosabatlarining 
huquqiy 
jihatlarini 
o‘rganganlar. M.R.Bo‘rieva o‘z 
tadqiqotlarida o‘zbek oilasining demografik jihatlarini tadqiq etgan. B.Z.Umarov 
esa o‘z ishlarida o‘zbek oilasining sotsiologik jihatlarini tadqiq etgan. Ayniqsa, 


12 
Respublikamiz pedagog olimlarining mazkur sohada amalga oshirgan tadqiqotlari 
e’tiborga loyiqdir. A. Q. Munavvarov, M. I. Sanginov, O.Musurmonova, 
H.Uzoqov, O.To‘raeva va boshqalar o‘z tadqiqotlarida o‘zbek oilasining o‘ziga 
xosligi, tarbiyaviy imkoniyatlari va shart-sharoitlari, o‘zaro munosabatlar 
shakllanishining ma’naviy asoslarini keng o‘rganganlar.
Oilaviy hayot psixologiyasi, oila-nikoh munosabatlari, oiladagi o‘zaro 
munosabatlar, undagi ziddiyatlar, ajralishlar va uning oqibatlari keyingi yillarda 
psixologiya fanining keng tadqiqot ob’ektiga aylanib bormoqda. Bu sohada 
psixolog 
olimlardan 
G‘.B.Shoumarov, 
Ye.A.Morshinina, 
E.G‘oziev, 
V.M.Karimova, M.G.Davletshin, N.A.Sog‘inov, S.A.Oxunjonova, A.Shojalilov, 
T.M.Adizova, 
E.Usmonov, 
X.Karimov, 
Sh.Sh.Jo‘raeva, 
R.S.Samarov, 
O.Shamieva, N.Salaeva, F.R.Ro‘ziqulov va boshqalar olib borayotgan ilmiy 
tadqiqot ishlari diqqatga sazovordir.
E.G‘ozievning oilaviy hayot muammolari sohasida olib borilayotgan 
tadqiqotlari diqqatga sazovordir. Olimning ta’kidlashicha, oilaviy munosabatlar 
turli negiz; iqtisodiy, mafkuraviy, hissiy irodaviy, axloqiy-aqliy, qarindosh-
urug‘chilik, yaqinlik va do‘stlik- birodarlik asosida quriladi. Ana shu negizlar 
baquvvat oilada er-xotin totuvligi, oila barqarorligi, oilaning baxti va farovonligi 
ta’minlaydi. Olimning fikricha, bola tarbiyasida ana shu muhim asoslarga e’tibor 
berish va ba’zi bir narsalardan ogoh bo‘lish zarur.
E.G‘oziev o‘z tadqiqotlarida oilada yuzaga keladigan ziddiyatlar va oila 
buzilishlari haqida ham alohida to‘xtalib, tarbiyaviy qashshoqlik, oilada ortiqcha 
an’ana va marosimlarning mavjudligi, ichkilikka ruju qo‘yish, rashk, madaniy 
hordiq chiqarish imkoniyatining yo‘qligi, qarindosh-urug‘chilikdagi ko‘ngil buzar 
ishlar mavjudligini ko‘rsatib o‘tadi. Shuningdek, E.G‘ozievning bu sohadagi 
ishlari bilan tanishar ekanmiz, ularda o‘zbek oilasidagi shaxslararo munosabatning 
o‘ziga xosligi, oila barqarorligining ijtimoiy-psixologik mezonlari haqida ham 
qimmatli ma’lumotlar borligini ko‘ramiz. 
V.M.Karimova o‘zbek yoshlarida oila to‘g‘risidagi ijtimoiy tasavvurlar 
shakllanishi, o‘zbeklarning oilaviy psixologiyasida tarbiyaning o‘ziga xos 


13 
tomonlari haqida salmoqli tadqiqot ishlarini olib borgan. Muallif tadqiqotlari 
davomida o‘zbek xalq og‘zaki ijodida, islom dinining muqaddas manbalarida, 
sharq mutafakkirlari asarlarida, taniqli pedagog va psixolog olimlar asarlarida 
oilaning farzand tarbiyasidagi ahamiyati, oilaviy hayot muammolariga doir 
materiallarni izchil o‘rganib, psixologik tahlillari asosida bir qator ilmiy g‘oyalarni 
ilgari surgan. Muallifning fikricha, oiladagi tarbiya nola xayot yolining 
debochasidir, u murakkab va ko‘p komponentli psixologik tizim bo‘lib, ularning 
tarkibiga oilaning umumiy qadriyatlari, shaxslararo munosabatlarga xos 
tasavvurlar, erkak va ayol fazilatlari, ularning oilaviy munosabatlardagi o‘rni va 
ahamiyati to‘g‘risidagi, oilaviy rollar va ularni amalga oshiruvchi ijtimoiy 
normalar, ustanovkalar, reproduktiv tarbiya usullari va boshqa ijtimoiy-psixologik 
tushunchalar kiradi. 
Oilaviy-munosabatlar asosan shaxs ijtimoiylashuvining dastlabki davridanoq 
shakllana boshlaydi va uning o‘zgarishida ijtimoiy-psixologik omillar, ta’lim-
tarbiya, oila muhiti, milliy-ma’naviy va axloqiy qadriyatlar, shaxsning muloqot 
muhiti va shaxsiy faolligi muhim rol o‘ynaydi. Oilaviy-munosabatlar har bir oila 
a’zosining bilish tizimida shakllangan ong tarkiblaridan iborat bo‘lib, shaxsning 
ijtimoiy va individual tajribasi sifatida uning oilaviy hayotga tayyorligini 
ta’minlaydi . 
V.M.Karimova tadqiqotlarida oilaviy-munosabatlarning xarakteri farzand 
tarbiyasiga ta]siri bolaning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etishi, ya’ni 
oilaning katta yoki kichikligi, to‘liq yoki noto‘liqligi, undagi rollar, jinsiy o‘zaro 
munosabatlar haqida va reproduktiv tasavvurlar xarakterini belgilashi va shaxsiy 
ijtimoiy ustanovkalar yo‘nalishida aks etishi aniqlangan. 
Oiladagi o‘zaro munosabatlarning asosini tashkil etgan oilaviy tarbiyaga oid 
masalalar va ularning differensiatsiyasi o‘zining yosh, hududiy va jinsiy 
xususiyatlariga ega bo‘lib, ular avvalo har bir oilaning ruhiy ma’naviy muhiti, u 
yerdagi milliy qadriyatlar, an’analar, rasm-rusumlar qanchalik saqlanib 
qolganligiga ham bog‘liqligi asoslangan Bu holat tarbiya jarayoniga katta ta’sir 
etishi muallif tomonidan psixologik nuqtai nazardan tahlil qilib, uning 


14 
sabablarini ko‘rsatib o‘tilgan. 
M.G.Davletshin tadqiqotlarida o‘zbek oilasining etnopsixologik muammolari 
keng qamrovli o‘rganilgan, shuningdek, ta’lim tizimida o‘quv-tarbiyaviy ishlarni 
tashkil etishda etnopsixologik omillarni e’tiborga olish masalalari, etnopsixologik 
xususiyatlarning O‘zbekiston psixologiya fanida o‘rganilganlik darajalari nazariy 
yo‘nalishda tahlil qilinadi. 
N.A.Sog‘inov o‘z tadqiqot ishlarida o‘zbek oilalarida kuzatiladigan 
ajralishlarning etnopsixologik xususiyatlari, uning farzand tarbiyasiga salbiy 
ta]sirlarini uning motivlari va sabablarini ilmiy asoslashga harakat qilgan. Muallif, 
hozirgi davrda oila buzilishining umumiy sabablariga to‘xtalar ekan, o‘zbek milliy-
madaniy muhitida ana shu sabablarning qaysi birlari kuchliroq ta’sirga ega 
ekanligini o‘zbek qishloq va shahar oilalari misolida hamda erkak va ayollarda 
qanday kechish holatini aniqlashga erishgan. 
M.A.Sog‘inovning ta’kidlashicha, o‘zbek oilalarida er-xotinlarni yoki ulardan 
birini ajralishga undovchi muhim sabablar sirasiga: turmush o‘rtog‘ining 
qo‘polligi, turmush o‘rtog‘ini hurmat qilmasligi: yosh oila hayotiga ota-onalarning 
noo‘rin aralashuvi: turmush o‘rtog‘ining oilaning umumiy masalalariga befarqligi 
va boshqalar kiradi. 
Muallifning e’tirof etishicha, o‘zbek oilasidagi ajralish sabablari, motivlari va 
ularning qanday holatlarda «sabab» va qanday holatlarda «bahona» rolini o‘ynashi, 
ana shunday holatlarda ularning oldini olish choralari haqida to‘xtalib, mutasaddi 
xodimlarni yordamga chaqirish, yoshlarga esa zarur maslahatlar berish lozim . 
A. Shojalilov tadqiqotlarida ham oila va oila-nikoh munosabatlari o‘rganilgan. 
Ba’zi bir yoshlar oila qurib ota-onalik funksiyasini yetarli darajada bajara 
olmasliklari, bu holat esa yosh oilalarda bir qator qiyinchiliklar va muammolarga 
sabab bo‘layotganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shunga binoan, tadqiqotda yoshlarni 
oilaviy turmushga tayyorlash ishlarini kuchaytirish, ularning shu sohaga oid vazifa 
va burchlarini bajarishi murakkab hamda ko‘p qirrali jarayon ekanligi ta’kidlanib, 
oila qurgan yoshlar turmush tarzini kuzatib borish asosida undagi ixtiloflarning 
oldini olish va bartaraf etish uchun psixoproflaktik chora-tadbirlarni keng qo‘llash 


15 
zarurligi ta’kidlangan. 
X.Karimovning ilmiy ishlarida o‘zbek oilasida er-xotin orasidagi nizolar 
boshqa millat vakillari (rus, ukrain va boshqa) oilalaridagi nizolardan farqlanishi, 
ya’ni o‘ziga xos etnopsixologik xususiyatlarga ega ekanligi aniqlangan o‘zbek 
oilalaridagi er-xotin orasida nizolarning kelib chiqishiga milliy-madaniy muhitiga 
xos bo‘lgan nikoholdi omillarining xususiyatlari: ya’ni ba’zida tanishish 
imkoniyatining bo‘lmasligi yoki qisqaligi ham ta’sir etishi, natijada yuzaga kelgan 
nizo sabablarini tomonlar o‘zidan qidirmasligi, uni bartaraf etishda ota-onalarga 
tayanish, oiladagi o‘zaro munosabatlar qo‘pollik asosiga qurilishi va boshqa bir 
qator salbiy holatlar yuzaga kelishi ko‘rsatib o‘tiladi. 
X.Karimov tadqiqot ishlari natijalariga tayanib er-xotin o‘rtasidagi yuz 
beradigan nizoli holatlarning klassifikatsiyasini ishlab chiqqan. Nizolar 
klassifikatsiyasini asoslashda nizo sabablari, unda ishtirok etganlar soni, uning 
ifodalanish darajalari, nizo o‘chog‘i, yo‘nalganlik xarakteri, bosqichlari va 
boshqalar asos qilib olingan. Shu bilan bir qatorda, muallif tadqiqotlariga tayanib 
oilaviy nizolarning oldini olish yo‘llari, bartaraf qilish choralari, unda o‘zaro 
murosabatlar barqarorligini ta’minlashga bog‘liq tavsiyalarni ham ilgari suradi. 
O.Shamievaning tadqiqotlari rahbar ayollar shaxsining ijtimoiy-psixologik 
xususiyatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda rahbar ayollarning faoliyati ularning 
ijtimoiy-psixologik 
tuzilmasini 
ijtimoiy 
vaziyatlarga 
nisbatan 
xulqni 
muvofiqlashtirish jarayonida tarkib topishi, takomillashishi va rivojlanib borishi 
ilmiy asoslangan. Shuningdek, rahbarga xos shakllangan sifat va fazilatlar 
(ijtimoiy, psixologik va madaniy) oilada shaxslararo munosabatlarning 
barqarorlashuviga, 
undagi 
tarbiyaviy-psixologik, 
muhitning 
yanada 
yaxshilanishiga ijobiy ta’sir etishi ko‘rsatib o‘tilgan. 
F.R.Ro‘ziqulov ilmiy izlanishlarida o‘zbek oilalarda ajralishning ijtimoiy-
psixologik asoratlarini ilmiy asoslashga harakat qilgan. Muallif muayyan darajada 
ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davomida oila-nikoh munosabatlari, uning barqarorligini 
ta’minlashning ba’zi omillari to‘g‘risidagi ilg‘or qarashlarni va hozirgi kunda 
respublikamizda amalga oshirilayotgan davlat ahamiyatidagi tadbirlarni tahlil 


16 
qilarkan, oila-nikoh munosabatlarining jiddiy jihatlaridan biri sifatida hali ham 
oilalarning buzilishi - ajralishlar borligini alohida ta’kidlab o‘tadi. F.Ro‘ziqulov 
ajralish miqdori haqida gapirar ekan, «Ajralish respublikamiz hududida istiqomat 
qilayotgan oilalarda Fransiya, Angliya, Germaniya, AQSh, Boltiq bo‘yi davlatlari, 
Rossiya va boshqa MDH mamlakatlaridagiga qaraganda, bir necha marotaba kam 
bo‘lsa-da, biroq o‘zbek oilalarida ajralish asoratlari nihoyatda ayanchli, noxush 
holatlar, kechinmalar, hodisalar keltirib chiqarishni hisobga olsak, uning miqdoriy 
ko‘rsatkichlari quyi ekanligi xotirjamlikka asos bo‘la olmaydi, deb ko‘rsatib o‘tadi. 
Muallifning tadqiqot xulosalariga ko‘ra, ajralish va uning asoratlari o‘zbek 
oilalarida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ko‘p bolalilik, uning murakkab 
tuzilmaliligi, 
qarindosh-urug‘chilik 
aloqalarining 
kuchliligi, 
oila-nikoh 
munosabatlarining etnik xususiyati ko‘proq saqlanib kelganligi, o‘zbek oilasida 
ajralish boshqa xalqlarnikiga nisbatan qoralanishi, er-xotinlarning turmush 
darajasi, bilim saviyasi, muloqot madaniyati va shu kabilar bilan asoslanadi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin