Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi


 Ma’naviy barkamol , sog‘lom avlodni tarbiyalashda oilaviy muhitning



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/18
tarix07.02.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#123095
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kaf

2.3. Ma’naviy barkamol , sog‘lom avlodni tarbiyalashda oilaviy muhitning 
o‘rni. 
Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni barpo etishda ma’naviy 
barkamol, komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish biz uchun umummilliy 
miqyosidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa bo‘lib qolmoqda. O‘z istiqboli, 
kelajagini o‘ylagan har qaysi inson, xalq, millat, mamlakat o‘z farzandlarining 
ma’naviy – ma’rifiy tarbiyasi haqida o‘ylashi va qayg‘urishi kerak. Zero, buyuk 
ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek: «Tarbiya bizlar uchun 
yo hayot-yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur». 
Bolalarni tarbiyalashda ota-ona, oila, maktab, jamiyat a’zolarining ta’siri hal 
qiluvchi ahamiyatga ega. Shuni inobatga olgan holda, ma’naviy barkamol avlodni 
tarbiyalashda ota-onaning, oilaning o‘rni haqida so‘z yuritamiz.Bolaning xarakteri, 
tabiati, tarbiyasi, dunyoqarashi, atrofdagilarga munosabati oila sharoitida qaror 
topadi. Shuningdek, bola ma’naviyatini shakllantirish ta’lim-tarbiya tizimi bilan 
ham uzviy bog‘liqdir. Bola tarbiyasini qachon boshlash lozim, uning tarbiyasida 
nimalarga ko‘proq e’tibor berilish kerak, bu jarayonda oila va o‘quv dargohining 
roli qanday? kabi savollar ko‘p ming yillik tarix davomida insoniyatni o‘ylantirib 
kelmoqda. Ota-ona bolaning birinchi ustozlaridir. Bola ota-onasining hatti-
harakatlarini ko‘rib, ularni o‘rganib ulg‘ayadi. Bir olimning yoniga uch oylik 
chaqaloq bilan kelib, undan “bola tarbiyasini qachon boshlash kerak?”, - deb 
so‘raganlarida, olim: “o‘n ikki oy kechikdingiz”, deb javob bergan ekan. Ya’ni, 
tarbiyani bola tug‘ilganidan keyin emas, balki homiladorlik davridanoq boshlash 
kerak. Bunda onaning o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Ingliz shoiri va 
dramaturgi O. Goldsmit aytganidek, ayollar insoniyatning ilk murabbiylaridir. 
Zero, tug‘ilmagan bolaning olamga nisbatan ishonch va ishonchsizlik hissi bolaga 
onadan kelib tushuvchi ma’lumotlar asosida shakllanadi. Onaning his-tuyg‘ulari 
bola psixikasi va xarakterining shakllanishida yo ijobiy, yo salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Tug‘ilajak bola jismoniy rivojiga onaning hayot tarzi, ovqatlanish madaniyati, 
zararli odatlari bor yoki yo‘qligi ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni, agar ota yoki onada salbiy 


50 
odatlar bo‘lsa, bu ularning farzandlarida qaytalanadi. Bu odatlar bolaning jismoniy 
holatigagina emas, balki uning ruhiy-ma’naviy holatiga ham ta’sir qiladi, albatta. 
Ota-onaning bolaga go‘daklik chog‘idan sevgi, mehr berishi, to‘g‘ri parvarish va 
tarbiya qilishi unda ishonch tuyg‘usini shakllantiradi. Bu davrda ota-ona va farzand 
o‘rtasida iliq, yoqimli taassurot uyg‘onadi. Bola boshqalar bilan ham shunday 
munosabatga kirishadi. Bolaning o‘ziga ishonishi, o‘zini hurmat qilishi muhim 
bo‘lib, ota-ona doimo uni tinglashi, uni rag‘batlantirishi, unda sevgi, mehr, hurmat, 
sabr-qanoat va ishonch tuyg‘ularini uyg‘otishi lozim. Olimlar jamiyatda tez 
tushkunlikka tushadigan insonlarni o‘rganib tahlil qilganlarida, ularning 
ko‘pchiligi bolalik davrida yaqinlari tomonidan kam e’tibor berilgan yoki umuman 
e’tiborsiz o‘sganliklari aniqlangan. 
Oilada yetarli mehr va samimiylikni ko‘rgan bola axloqiy qadriyatlarni 
o‘zida mujassamlashtirishga intiladi. Valid ibn Numayr ibn Avsdan rivoyat 
qilinadi: “U otasining “Solihlik Allohdan, odob otalardan”, - deganini eshitgan 
ekan. Bundan ma’lum bo‘ladiki, bolaning kim bo‘lib yetishishi Alloh taoloning 
qadari bilan bo‘lsa ham, uning odobli bo‘lishida ota-onaning o‘rni katta. Zero, 
Allohning O‘zi bolaning kim bo‘lib yetishishiga ota-ona tomonidan beriladigan 
tarbiyani sabab qilib qo‘ygan. Agar uyda kattalar baqirib chaqirishsa, bunday 
oilada ulg‘ayayotgan bolaga sokin va sabrli bo‘lishni o‘rgatish qiyin. Zero, qush 
uyasida ko‘rganini qiladi. Bola jamiyat qadriyatlari va madaniyatini oiladan 
o‘rganishni boshlaydi. U, eng avvalo, ota va onasidan ibrat oladi. Bola uyda 
hamma narsani kuzatishi, eshitishi, ko‘rishi, taqlid qilishini unutmagan holda 
harakat qilish lozim. Ota-ona qanchalar yaxshi tarbiya bermasin, o‘z xulq-atvorini 
tuzatmasa, bolasining boshqalarga ibrat bo‘ladigan farzandga aylanishini 
kutmagani ma’qul. Bolani qattiq nazorat qilish, unga baqirish, yonida janjallashish, 
vaqtida ovqatlantirmaslik, atayin yig‘latish – endigina ishonch tuyg‘usi 
uyg‘onayogan bolaga katta yomonlik qilish bilan teng. Natijada bola qo‘rqoq, 
ichimdagini top, deydigan bo‘lib qoladi. Kattalar buni sezmasliklari mumkin. 
Biroq, mutaxassislar fikricha, ota-onaning tez-tez janjallashishlari bolaning 
kasalliklarga oson chalinishi, yolg‘on gapirishi va tartibsiz bo‘lishining bosh 


51 
sababidir. Farzand maktabga ilk qadamini qo‘yganidan boshlab, qiyinchiliklarni 
yengishga ishonishi lozim. Savollariga u tushunadigan tarzda javob berish kerak. 
Unga dalda bo‘lish, qoqilganida o‘rnidan turib, oldinga intilishni o‘rgatish lozim. 
Shuningdek, ularga imkoniyat darajasini inobatga olgan holda topshiriqlar berish 
kerak. Bu haqda amaliy psixologiyada quyidagi fikr keltiriladi: “Odamning bironta 
faoliyatining muvaffaqiyat bilan bajarilishi, avvalo odamda bo‘lgan bilim saviyasi 
va malakasiga bog‘liqdir”. Insondagi malaka esa yillar davomida shakllanib 
boradi. Bugungi kunda ta’lim tizimini takomillashtirish, raqobatbardosh kadrlarni 
tayyorlash mustaqil O‘zbekistonning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bu 
maqsad yo‘lida katta ishlar olib borilayotgani ham sir emas. Yoshlar bilim olishga 
undalmoqda va ularga zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bolalarga yuragidagi 
tuyg‘ularni so‘z bilan ifodalashlari uchun ko‘maklashish darkor. Tuyg‘ularini 
ifodalay olmagan bola o‘zini chorasiz his qiladi. Bolaning aytgan gaplari, 
so‘zlayotgan voqealari ota-ona uchun shunchaki oddiy gapdek tuyulsada, bola 
uchun e’tiborli va muhim bo‘lib ko‘rinadi. Farzandni vaqtida va e’tibor bilan 
tinglamaslik, vaqt o‘tishi bilan bola va ota-ona orasida jarlikni paydo qiladi. Hatto, 
begonalardek uzoqlashuvga sabab bo‘lib, bunday vaziyatda bolalarda jinoyat 
ko‘chasiga kirish yoki o‘z joniga qasd qilish kabi holatlar kuzatilishini ta’kidlash 
mihimdir. Olimlar o‘z joniga qasd qilishni ko‘pincha psixologik inqiroz bilan 
bog‘laydilar. Bu avvalo shaxsning ichki shaxsiy aloqalarini uzilishi, o‘zi taalluqli 
bo‘lgan ijtimoiy guruhdan begonalashuvi oqibatida paydo bo‘ladi. Har bir inson 
necha yoshda bo‘lishidan qat’i nazar “meni sevadilar” degan tuyg‘u bilan 
yashashni istaydi. Bolani tushunishda va qiynayotgan muammolarini hal qilishda 
uning gapirishiga qulay vaziyat yaratish, eshitish muhimdir. Bola so‘zini 
tamomlamasdan biron fikrni bildirish yoki qarshi fikr aytish noo‘rin. Bola o‘zini 
bezovta qilayotgan narsani tushuntirishda, tuyg‘ularini ifodalashda ba’zan 
qiynaladi. Shuning uchun suhbat chog‘ida unga dalda berishlarini xohlaydi. 
Bunday vaqtlarda bolaga zarda qilmasdan, muloyimlik bilan so‘zlashish, gap 
orasida “shundaymi?”, “Ha, barakalla”, “shunday degin”, “qiziq, keyin nima 


52 
bo‘ldi” singari dalda beruvchi so‘zlardan foydalanish zarur. Bu bilan bola o‘zining 
ishonchli suyanchi, ko‘makchisi, mehriboni borligini his qiladi. 
Hozirgi davrda komil insonni shakllanishi va jamiyatda o’z o’rnini topishi 
o’ziga xos xususiyat va imkoniyat, qonuniyatlarga egadir. Bularni shakllanishi esa 
oiladan boshlanadi. Oila ta’lim-tarbiyaning boshlang’ich mexanizmi bo’lib xizmat 
qiladi: unda ta’lim-tarbiya, shaxslararo munosabatlar, milliy an’ana va qadriyatlar, 
urf-odatlar hamda ijtimoiy muammolarning kelib chiqishi ham ularni bataraf etish 
chora-tadbirlari oilada o’rganiladi. Oila - ijtimoiy, tabiiy omillar asosida 
shakllangan kichik jamoa sifatida ikki jinsga mansub bo’lgan shaxslar o’rtasidagi 
munosabatlarning birga hayot qurib nasl qoldirish, faqat farzandni dunyoga 
keltirish emas, balki ularni ma’naviy va jismoniy barkamol topdirib, hayotga 
mustaqil qadam qo’yishiga sharoit yaratishdir.
Professor O.Musulmonova ta’kidlaganidek: “Oilaning asosi er-xotin yoxud 
ota-onadir. Modomiki, er-xotin oilaning tamal toshlarini mustahkam bunyod 
etishga mas’ul ekanlar, ular unda uchraydigan turmush qiyinchiliklari, hayot 
quvonchlari-yu, tashvishlarini boshdan kechirishda, oilani idora etishda, farzand 
tarbiyasida mas’uldirlar”
4

Farzandni dunyoga keltirish otalik, erkaklik burchining faqat bir tomonidir. 
Uning eng asosiy vazifasi esa farzandini yaxshi tarbiyalab, jamiyatda o’zining 
munosib o’rnini egallashini ta’minlashdir. Oila jamiyat bag’rida tashkil topadi, 
taraqqiyo etib borar ekan, o’zi ana shu jamiyatning kichik bir bo’lagi sifatida 
namoyon bo’ladi. Oila taraqqiyotini uch yo’nalishda tanlash maqsadga muvofiqdir: 
1. 
Oilaning demografik taraqqiyoti 
2. 
Oilaning ijtimoiy taraqqiyoti. 
3. 
Oilaning iqtisodiy taraqqiyoti. 
Oilaning demografik taraqqiyoti deganda oilaning miqdori, shaklanishi va 
demografik tarkibi ma’lum davrlarda o’zgarib borishi tushuniladi. Oilaning 
ijtimoiy taraqqiyoti esa oila a’zolarining ma’lumotliligi darajasi, ijtimoiy mavqei 
salomatligi borasida o’zgarish hamda ularning ta’lim-tarbiya, urf-odat, fan va 
4


53 
madaniyat tabiatda va jamiyatda bo’lgan munosabatlarini takomillashib borishidir. 
Oilaning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqa yashash uchun bo’lgan 
narsalar bilan ta’minlanishi darajasining o’zgarib borishi uning iqtisodiy 
taraqqiyotini belgilaydi. Ko’rinib turibdiki, oila o’z mohiyatin bilan jamiyat 
hayotida turli qirralarni aks ettiradi. Oila paydo bo’lganidan to hozirgi davrlarga 
qadar uning turlari va ijtimoiy-demografik tarkibi muntazam o’zgarib bormoqda. 
Oila turlari va tarkibida sodir bo’lgan o’zgarishlar va ularga ta’sir etuvchi omillarni 
jamiyat taraqqiyotinng har bir bosqichlari uchun alohida o’rganish ham oila 
sotsiologiyasini asosiy yo’nalishlaridan biri oilaning mohiyati va faoliyatini 
o’rganishdir. Oilaning eng muhim vazifasi - bu farzandlarning tug’ilishi, ya’ni 
jamiyat davomiyligini ta’minlovchi yangi avlod yaratishdir.Oila bugungi shaklida 
oila a’zolari bir-birlari bilan umumiy turmush, iqtisodiy-mulkiy, ma’naviy-mulkiy, 
psixologik munosabatlar, o’zaro javobgarlik his-tuyg’ulari bilan bog’lanib 
turadilar. Oilada har bir oila a’zolarining o’z ijtimoiy o’rni bordir. Oila paydo 
bo’lib to tugagunga qadar bir qancha bosqichlarda o’tadi.Ular oilaning tashkil 
topishi, birinchi farzandi tug’ilishi, oxirgi farzand tug’ilishi, oilasini tashkil etgan 
er yoki xotinning dunyodan ko’z yumushi.Yuqorida keltiradigan jarayonlar 
oilaning hayoti davrlari bo’lib, oila davomiyligiga muntazam qaytarilib turadi. 
Ko’p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, inson o’z umri 
davomida oladigan barcha informatsiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan 
davrida olar ekan.Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga 
oladigan bo’lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta’sirida 
ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo’la boshlaydi. Yosh avlodni jismoniy va 
ma’naviy jihatdan kamol toptirish eng muhim va ustuvor hamda doimiy ravishda 
bajarishimiz lozim bo’lgan vazifamiz ekan, oilada farzandlar tarbiyasi va kamoloti 
bobida avvalambor, oilada ruhiy muhit sog’lomligi va farzandlar nazoratiga 
muhim e’tibor qaratish lozim bo’ladi.
Ma’lumki, sog‘lom bola – deganda jismoniy, aqliy, ahloqiy va ma’nan 
yetuk shaxsni nazarda tutamiz yoki yurtboshimiz I.A.Karimovning fikrlariga ko‘ra 
“Ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog‘lom, hech kimdan kam bo‘lmasdan 


54 
boshini baland ko‘tarib yashaydigan, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun 
ma’sulyatni o‘z zimmasiga olishga, xalqimiz intilayotgan kelajagi buyuk davlatni 
barpo etishga qodir bo‘lgan barkamol avlod”
5
,. Shunday ekan, sog‘lom bolani 
tarbiyalashda 
har 
qanday 
sinalgan, 
hayotiy 
tajribadan 
o‘tgan, milliy 
qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizga tayangan holda jahon 
pedagogikasida muvaffaqiyatli tajribadan o‘tgan ta’lim usullarini tanlagan holda 
bolani tarbiyalashga yondoshsak hech mubolag‘asiz yuqoridagi vazifalarni hal 
etgan bo‘lamiz. Hozirgi kunda 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar (maktabgacha 
yoshdagi bolalar) tarbiyalashda «Bolaga yo‘naltirilgan muhit metodikasi» keng 
qo‘llanilmoqda. «Bolaga yo‘naltirilgan muhit metodikasi» bu bola shaxsiga 
yo‘naltirilgan ta’limda maktabgacha ta’lim muassasasining mazmunida 
bolalarning kognetiv (aqliy) , muloqatga kirishishi va nutqining rivojlanganligi, 
ijtimoiy – xissiy va jismoniy motor rivojlanishiga sharoit yaratilishini ta’minlash 
juda muhimdir. Bolaning rivojlanishiga sharoit nafaqat guruh xonalarida , balki 
muassasa hovlida, yo‘laklarida , o‘yin maydonchalarida ham yaratilgan bo‘lishi 
shart. Bu yerda bolani sog‘lom etib tarbiyalashda muhit haqida gap ketar ekan, 
avvalo bolaga yo‘naltilgan muxitning quyidagi talablarini e’tiborga olish juda 
muhimdir.

Bolaning sog‘ligini qo‘llab – quvvatlashga mos: yorug‘likning yetarli 
bo‘lishi, toza havo, toza joy, issiq xona. 

Bolani noo‘rin hodisalardan xavfsiz saqlaydigan joy bo‘lishi. 

Bolani turli kashfiyotlar qilishi, ijodkorligini oshirishi, tajriba – sinov 
o‘tkazishga qulay bo‘lishi. 

Bolaning aqliy qobilyati, mantiqiy tafakkuri, ruxiy jarayonlarini 
taraqqiy ettirishga xizmat qilishi. 

Bolada erkinlikni o‘stirishi, mustaqillikni tarbiyalashi, tanlash 
imkonini berishni rivojlantirishi. 
5


55 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin