Xulosa.
Xulosa qilib aytish mumkinki, shaxs tarbiyasida ota-ona bilimlarini doimiy
oshirib borishlari lozim. Yagona haqiqat shuki, uyda ota-ona, maktabda ustoz va
murabbiylar ma’naviy boy, dunyoqarashi keng bo‘lishlari zarur. Shundagina o‘sib
kelayotgan avlodlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olish mumkin. Eng muhimi ularning
psixologik rivojlanishi, ruhiyatidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotga
ega bo‘lish mumkin bo‘ladi. Bu esa o‘z o‘rnida munosabatlarni to‘g‘ri
rivojlanishiga, ularni hayotini oldindan ko‘ra bilishga, kelajagini porloq qilib
voyaga yetkazishga katta yordam beradi.
Oilaviy hayot, mehnat, kattalar va kichiklar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlar, axloqiy-ma’naviy qiyofalari, ota-onalarning siyosiy va ma’naviy
saviyalari, ularning iqtisodiy ta’minlanganligi, turli ko‘rinishdagi faoliyatlari,
vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish, yashash sharoitlari va boshqalar oilada farzand
tarbiyasini samaradorligini ta’minlovchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Biz
mavzu yuzasidan quyidagi ilmiy-nazariy, tahliliy natijalarni qo‘lga kiritdik:
Farzandlar tarbiyasini barqarorligini ta’minlashda ota-ona ibrati katta ahamiyatga
ega boladi;
Oiladagi axloqiy tarbiya bilan ta’lim muassalari tarbiyasi mushtarakligini
ta’minlash farzandlarning tarbiyalanganlik darajalarini oshiradi ;
Farzandlar tarbiyasida oilaviy an’analarni, milliy urf odatlar mohiyatini ular
ongiga singdirib borish tarbiyaning milliy xarakterini oshirish imkoniyatini
beradi.
oilaviy hayotda urf – odat, an’ana, milliy ong va milliy til kabi ijtimoiy
tushunchalar va O‘rta Osiyo mutafakkirlarining axloq, odob va oilaviy hayot
xususidagi didaktik qarashlaridan foydalanish yaxshi samara beradi;
oilaviy tarbiyaning o‘ziga xos qoidalaridan xabardor bo‘lish va kamchiliklarini
psixologik – pedagogik bilimlarga tayanib bartaraf etish darkor;
oilada shaxslararo munosabatlarning ko‘rinishini va rollar taqsimoti bola
faoliyatini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega;
69
oilada ma’naviy, axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirish bolaning har
tomonlama ma’nan pok, iymonli, vatani va xalqiga sodiq farzand bo‘lib
yetishishida yetakchi rol o‘ynaydi.
Sog‘lom bola oilada shakllanadi va kamol topadi. Bu o‘rinda ota-onaning
psixologik-pedagogik bilimi, dunyoqarashi hamda madaniyati yetakchi omil
hisoblanadi. Bolaga bo‘lgan munosabat, ya’ni uni eshitish, ehtiyojlarini o‘rganish,
mumkin va mumkin emaslarni psixologik talablar darajasida bo‘lishi talab etiladi.
Ko‘rib o‘tdikki oilada bola tarbiyasi masalasi qadim-qadimlardan bo‘yon
barcha axli donishlarning fikrlari qaratilgan eng asosiy masalalardan
hisoblangan. Hattoki, urf-odatlarimiz, an’analrimiz ham bolalarni har
tomonlama shakllantirishga qaratilgan. Allomalarimizning qarashlari,
an’analarimiz asrlar o‘z hikmatli tomonlarini yo‘qotmay, tobora sayqal
topib hozirgacha keldi. Ular o‘z navbatida oilada bola tarbiyasida ijtimoiy
pedagogik asos bo‘lib xizmat qiladi. Oilada bola tarbiyasidagi ijtimoiy
pedagogik asoslar esa jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy
jarayonlar bilan uzviy bog‘liqdir. Bu jarayonlar tub o‘zgarishlar davrini
boshidan kechirayotgan jumhuriyatimizda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Hozirgi
kunda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi natijasida barcha
sohalar kabi oilada shaxslar aro munosabatlar, shu ju mladan ota-ona va
farzandlar orasidagi munosabatlar ham davr talabiga mos holda
shakllanmoqda. Bunday munosabatlarning shakllanish negizida esa o‘tmish,
madaniy merosimizni, milliy qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni tiklash va
ularni amaliy faoliyatda qo‘llash hamda xususiy mulkka, ishbilarmonlikka,
tadbirkorlikka keng e’tibor berish ularni kishilarimiz hayotiga tadbiq etish
kabi omillar yotadi. Oilada farzand tarbiyasini to‘laqonli, davr talabiga mos
holda amalga oshirish uchun bolalarga o‘tmish madaniy merosimizni, milliy
qadriyatlarimizni o‘rgatish bilan bir qatorda yosh avlod ongiga
umuminsoniy qadriyatlarni bilish, jahon xalqlari tillarini, madaniyatini
mukammal o‘zlashtirish, eng asosiysi yoshlarni ilm-fan, texnikaning so‘nggi
yutuqlarini egallashga undash hayotiy zaruratdir.
70
Bugungi kunda davlatimiz amalga oshirilayotgan iqtisodiy o‘zgarishlar
yagona maqsadga aholining moddiy sharoitini yaxshilash, turmush
farovonligini oshirishga qaratilgan. Yana bundan tashqari kelajagimiz
hisoblanmish bolalar va ularning tarbiyasiga keng e’tibor berilgan bo‘lib,
uni «Sog‘lom avlod ordeni»ning «Umid» va shu kabi turli xil
jamg‘armalarning ta’sis etilishida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Ota-onaning o‘z farzandi tarbiyasiga e’tibor bermasligi, uni o‘z holiga
tashlab qo‘yishi, bu sohadagi vazifalarga bir tamonlama qarash ota-onaning
burchini jamiyat oldidagi ma’suliyatini his qilmaslikdir. Har bir ota -ona o‘z
farzandi tarbiyasi bilan asosli ravishda shug‘ullanishi, buning uchun esa
ta’lim-tarbiya ishining o‘ziga xos tomonlarini, qonuniyatlarini, bolaning
pedagogik-psixologik va yosh xususiyatlarini, jismoniy va fiziologik
rivojlanish qonuniyatlarini bilishlari, yosh avlodni tarbiyalash sohasidagi
muvoffaqiyatlariga erishishning asosiy omilidir.
|