Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi


Mavzuning  o’rganilganlik darajasi



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/18
tarix07.02.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#123095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kaf

Mavzuning  o’rganilganlik darajasi; 
Tarbiya avvalo oilada, keyinchalik ta’lim- tarbiya muassasalarida ta’lim 
bilan birgalikda uzluksiz ravishda berib beriladi. Shaxsning qaror topishining
eng muhim vazifasi o’quvchida ahloq talablariga javob beradigan e’tiqod va 
ideallar tarkib toptirishdir. Bola shaxsning shakllanishdagi bundan keyingi
jarayon shundan iboratki, unda yuzaga kelgan ahloqiy e’tiqod va ideallar sistemasi 
ya’ni uning ma’naviy ong xukmronlik qiluvchi omildan uning ijtimoiy faolligini 
belgilab beruvchi omilga aylanadi.
Biz o’rganayotgan mavzu bo’yicha turli soha vakillari o’z yo’nalishlari 
asosida izlanishlar olib borganlar. Ijtimoiy-tarixiy va ilmiy manbalarning guvohlik 
berishicha, o‘zbek oilasining hayoti, undagi o‘zaro munosabatlar, uning urf-
odatlari, an’analari va qadriyatlari, turmush tarzi, madaniyati, tarbiyaviy muhiti va 
mehnat shart-sharoitlari jiddiy ilmiy muammolar sifatida XX asrning 60-70 
yillaridan e’tiboran o‘rganila boshlangan. Respublikamiz pedagog olimlarining 
mazkur sohada amalga oshirgan tadqiqotlari e’tiborga loyiqdir. A. Q. Munavvarov, 
M. I. Sanginov, O.Musurmonova, H.Uzoqov, O.To‘raeva va boshqalar o‘z 
2
Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li.  T.: O‘zbekiston
, 1992. – 72 



tadqiqotlarida o‘zbek oilasining o‘ziga xosligi, tarbiyaviy imkoniyatlari va shart-
sharoitlari, o‘zaro munosabatlar shakllanishining ma’naviy asoslarini keng 
o‘rganganlar. Bu sohada psixolog olimlardan G‘.B.Shoumarov, Ye.A.Morshinina, 
E.G‘oziev, V.M.Karimova, M.G.Davletshin, N.A.Sog‘inov, S.A.Oxunjonova, 
A.Shojalilov va boshqlar ham o’z atdqiqotlarida oilada farzand tarbiyasi 
masalalriga alohida e’tibor bergalar. 
Bitiruv malaka ishining maqsadi: Bitiruv malakaviy ishida oila va 
undagi shaxslararo munosabatlar tizimi, oilaviy shaxslararo munosabatlarning bola 
tarbiyasiga ta’siri, bola faoliyatini oilada tashkillashtirish masalalari, oilada 
ma’naviy, axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirish kabi masalalarni nazariy 
va amaliy tahlil qilish va yoritish maqsad qilib olingan. Shuningdek,oilada 
farzandlar tarbiyasining ijtimoiy psixologik moxiyatini, ijtimoiy tasavvurlarning 
shakllanishida oila muhitining, xususan, ota-onalarning o‘zaro munosabatlari
ularning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati hamda har bir oila a’zosining ijtimoiy-
psixologik mavqei, oilaviy munosabatlarga tayyorligi xususiyatlarini xam taxlil 
qilishga e’tibor qaratilgan. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin