Bitiruv malaka ishining ilmiy yangiligi: o‘rganilayotgan muammoning ilmiy
yangiligi shundaki, tarbiya masalasiga turli soha vakillari turlicha yondashish
asosida tahlil qilib o‘rganib kelmoqdalar. Lekin oiladagi alohida ijtimoiy muxit va
psixologik normalarning tarbiyaga ta’siri masalasi kam e’tiborga olingan
muammodir..Ya’ni bu masala psixologik jihatdan kengroq o‘rganish va tadqiqot
olib borishni taqozo etadi. Shu nuqtai nazardan farzand tarbiyasidagi oilaning
ijtimoiy psixologik xususiyatlari masalasidagi e’tibor beradigan jihatlari shundaki,
1. Oiladagi ijtimoiy normalarning psixologik jihatdan tarbiya jarayonida
farzandlar tomonidan anglanilishi ta’minlash usullarini ishlab chiqilishi.
2. Ijtimoiy normalarning buzilishi natijasida ijtimoiy sanksiyalar asosida
tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor berishni shakllantirilishi.
3. Axloqiy normalarning oiladagi a’zolar tomonidan idrok etilishi asosida
tarbiyalanganlik ma’nosini kengroq, milliylik xususiyatlarini farzanda ongida
shakllantirilishi.
Bitiruv malaka ishining metodologiyasi. Barkamol-ijodkor shaxsni
shakllantirishning metodologiyasi bu kadrlar tayyorlash milliy modeli asosiy
tushuncha va tamoyillarini talqin qilish, ularni amaliyotga tadbiq qilish
jarayonlarini ilmiy o‘rganish, o‘zgartirish uslublari majmuasi, degan ta’rif paydo
bo‘ladi. Bu bilan metodologiya tushunchasiga xos bo‘lib kelgan nazariylik
amaliylik bilan bog‘lanadi. Shuningdek,
Sharq mutafakkirlarining shaxsini
shakllantirish haqidagi falsafiy ta’limotlari, axloqiy qarashlari, umuminsoniy va
milliy qadriyatlar, pedagogika va psixologiya sohasidagi ilg‘or tajribalar,
O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A. Karimov asarlari va shu asosida
yaratilgan ko‘plab monografik tadqiqotlar metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bundan tashqari tarbiya psixologiyasi muammosi yechimida ijtimoiy muhitni
ahamiyatiga bag‘ishlangan (bu o‘rinda ijtimoiy institutlar ko‘zda tutiladi) qarorlari,
farmon va farmoyishlar, me’yoriy xujjatlar ham ilmiy tadqiqot ishiga asosiy
manbaa bo‘lib xizmat qildi.