CRYPTOPHYCEAE SINFI SUV O\'TLARNING TARQALISHI VA EKOLOGIYASI
2.2. Suvo‘tlarining quruqlikda yashashi. Suvo‘tlarining quruqlikda yashab qolishi ularning pastki qismi suv va unda erigan mineral tuzlarni shimishi uchun tuproqqa birikishi, yuqori qismi fotosintez jarayonini amalga oshirish kabi moslanishlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Mazkur moslanish o‘simliklarda ikkita asosiy vegetativ organ: ildiz va bargli novda – poyaning shakllanishiga zamin yaratdi.
O‘simlik tanasida alohida vegetativ, ya’ni o‘sish va rivojlanishni ta’minlaydigan organlarning vujudga kelishi ular tanasi tuzilishining takomillashuvi va funksiyalarning taqsimlanishi, to‘qimalarning murakkablashuvi juda uzoq davom etgan o‘simliklar dunyosining evolutsiyasi sanaladi.
O‘simliklarda dastlab himoya vazifasini bajaradigan, ularni qurib qolishdan saqlaydigan, mexanik ta’sirlanishning oldini oladigan qoplovchi to‘qima vujudga kelgan.
O‘simliklarning yerosti va yerusti qismlarining tashqi muhitdan hayot faoliyati uchun zarur bo‘ladigan anorganik moddalar (mineral tuzlar, suv, karbonat angidrid), fotosintezda sintezlangan organik birikmalarni barcha hujayralarga yetkazilishini ta’minlaydigan o‘tkazuvchi to‘qimaning hosil bo‘lishi ular hayotining davomiyligini ta’minlagan.
Havo muhitidagi shamol va boshqa mexanik ta’sirlarga barham berish imkoniyatini beradigan mexanik to‘qimaning shakllanishi paleozoy erasining silur davrida dastlabki quruqlik o‘simligi – psilofitlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. O‘simliklarning suvli muhitdan quruqlikka chiqishi va tabiatning noqulay sharoitiga moslashgan psilofitlarning paydo bo‘lishi o‘simliklar olamidagi yirik aromorfozlarning biri sanaladi. Shu bilan bir qatorda paleozoy erasining kembriy, ordovik va silur davrida okeanlarda suvo‘tlari ham takomillashib borgan.
Paleozoy erasining devon davrida yo‘sinlar, plaunlar, qirqbo‘g‘imlar, qirqquloqlar vujudga kelgan. Yo‘sinlar rizoidlar, sodda tuzilishga ega poya 189 va barglardan iborat. Ularning barglari fotosintezni amalga oshiradigan bir qavat hujayradan iboratligi va poyasida o‘tkazuvchi to‘qimaning bo‘lmasligi ularning sodda tuzilishga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Qadimgi qirqbo‘g‘imlar, masalan, kalamitlarning bo‘yi 25 metrgacha yetgan, lekin perm davridan ular yoppasiga qirila boshlagan. Hozirgi qirqbo‘g‘imlar ko‘p yillik o‘t o‘simliklar bo‘lib, ularning vegetativ organlari ildiz, poya va barglardan iborat. Barglari mayda, poya va shoxlaridagi bo‘g‘imlarda halqa hosil qilib o‘rnashgan. Ular sporalari orqali ko‘payishdan tashqari, ildizpoyalari orqali vegetativ ko‘paygan.
Muhit ancha quruq bo‘lgan devon davriga nisbatan toshko‘mir davrida havo ancha nam va issiq bo‘lganligi sababli qirqquloqlarning rivojlanishi, ulkan qirqquloqlarning vujudga kelishiga zamin yaratilgan.
Qirqquloqlar poya-bargli yuksak o‘simliklar bo‘lib, ularning barglari yirik, uchi o‘ralgan bo‘lib, ostki tomonida yoki chetida qo‘ng‘ir rangli soruslar joylashgan. Qirqquloqlarning qoldiqlari kislorodsiz (anaerob) muhitga tushganligi, ya’ni chirituvchi bakteriyalar uchramaganligi sababli ularning tanasi chirimagan va toshko‘mirga aylangan. Toshko‘mir davrida quruqlikda ulkan qirqquloqlar, suvda suvo‘tlar hukmron bo‘lgan, psilofitlar qirilib ketgan, urug‘li qirqquloqlar paydo bo‘lgan. Urug‘li qirqquloqlarda urug‘ barg chetlarida hosil bo‘lganligi vegetativ va generativ organlar orasida filogenetik bog‘lanishlar mavjudligini ko‘rsatadi.
Toshko‘mir davrida urug‘li qirqquloqlardan boshqa ochiq urug‘li o‘simliklar paydo bo‘la boshlaydi. Urug‘li o‘simliklarning paydo bo‘lishi o‘simliklar olamidagi yirik aromorfozlardan biri sanaladi.
Paleozoy erasining perm davridagi quruq va sovuq iqlim urug‘li qirqquloqlarga va ulkan qirqquloqlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va ular qirilib ketadi. Ochiq urug‘li o‘simliklarning suvni kam bug‘latishga moslashgan vakillari, plaunlar, qirqbo‘g‘imlar, qirqquloqlarning esa o‘t shakllari saqlanib qoladi.
Mezozoy erasining trias davri boshlangan paytda hozirgi ochiq urug‘li o‘simliklar hukmronlik qila boshlaydi. Qadimgi ochiq urug‘lilardan kordait, bennetit kabilar qirilib ketgan, qarag‘ay, kedr, pixta, velvichiya, sagovnik, gingko biloba kabi vakillari hozirda ham saqlanib qolgan. Mezozoy erasining yura davrida dastlabki yopiq urug‘li o‘simliklar paydo bo‘ldi. Yopiq urug‘li o‘simliklarda idioadaptatsiya natijasida bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘t o‘simliklar, chala buta va buta, daraxtlar vujudga kelgan. Ular orasida umumiy degeneratsiyaga uchragan parazit o‘simliklar ham bor. Yopiq urug‘li o‘simliklarda tayanch, zaxira to‘plash vazifasini bajaradigan ildiz, poya, fotosintezni amalga oshiradigan barg singari morfologik, anatomik va fiziologik jihatdan takomillashgan vegetativ organlar mavjud.
Monad va kokkoid shakldagi koloniyali suvo’tlar jinssiz ko’payish vaqtida qiz koloniya hosil qiladi. Yashil suvo’tlardan diatom va qo’ng’ir suvo’tlarda jinssiz ko’payish umuman bo’lmaydi.
Jinsiy ko’payish ko’k-yashil suvo’tlardan tashqari hamma suvo’tlarda uchraydi. Jinsiy ko’payish gametalarning bir-biri bilan qo’shilishi (kopulyatsiya etish) natijasida sodir bo’ladi. Gametalar gametangiyda yetiladi va suvga tushgandan so’ng qo’shilib zigota hosil qiladi.
Zigota ichida dastlab gametalarning sitoblazmasi (plazmogamiya), keyinchalik ularning yadrolari (kariogamiya) qo’shiladi. Pirovardida ularning xromosomalari birikib, diploidli fazaga ega bo’lgan zigota hosil bo’ladi. Zigota tinim davriga o’tganda so’ng,diploidli yadrosi reduksion (meyoz) bo’linib, xromosomalar soni ikki borabar kamayadi. Shundan so’ng gaploidli faza boshlanadi.So’vio’tilarning hayotida jinsiy ko’payishning bir necha xili uchraydi. Jinsiy ko’payishning bir necha xili uchraydi.
Jinsiy ko’payishning eng sodda xili izogamiyadir. Bu jarayon morfologik jihatdan farq qilmaydigan harakatchan gametalarning qo’shilishidan hasil bo’ladi.
Yashil suvo’tlar vakillarida izogametalar vegetativ hujayra protoplastining bo’linishi natijasida bunyodga keladi .Ammo , qo’ng’ir suvo’tlarning ekto karpus va sfatselyariya tartibining vakilllarida vujudga keladigan izogametar ko’p kamerali gametangiy yoki ko’p uyali sporangiydan xoil bo’ladi. Ko’pchilik suvo’tlarning jinsiy ko’payish vaqtida qo’shiluvchi gametalarning biri faol, 2-si esa sust harakatlanadi.Masalan, ektokarpus va safatselyariyaning urg’ochi gametasida harakat etish muddati qisqa bo’lib , erkak gametalarning xarakati uzoq vaqt davom etadi. Urg’ochi gameta harakatdan to’xtagandan so’ng , erkak gameta ham xarakatdan to’xtaydi.
Shakli xar xil , yanii biri kichikroq va serharakat qiluvchi gametalarning bir-biri bilan qo’shilishi anizogamiya yoki getoragamiya deyiladi.
Yirik harakatsiz gameta urg’ochi gameta yoki tuxum hujayra deb, kichik harakatchan gameta erkak yoki spermatozoid deb ataladi.ana shunday gametalaarning qo’shilishiga oogamiya deyiladi. Qizil suvo’tlarning oogamiysi karpogen deb ataladi. Uning ichida harakatsiz tuxum hujayra joylashadi. Erkak gameta-spermatsiy harakatsiz bo’lib, bir hujayrali anteridiyda yetiladi.
Bu bo’lim vakillari xar xil sharoitda keng tarqalgan bo’lib, chuchuk suv havzalarida ko’proq uchraydi. Ular yashil suvo’tlariga juda o’xshash . Shuning uchun ham ilgari bu bo’lim vakillari yashil suvo’tilarga qo’shib o’rganilgan. Hozir bir qancha muhim belgilarini xisobga olib , u mustaqil bo’lim sifatida ajralgan . Eng muhim belgilari qatoriga quyidagilar kiradi: xarakatchan vakillarida shakli va uzunligi xar xil bo’lgan ikkita xivchin bo’lib, uzun shoxlangan, qisqasi esa silliq bo’ladi.Tuban tuzilgan vakillarining hujayra po’sti periplastdan , ko’pchilik turlarida pektindan , bazi vakillarida esa sellulozadan tashkil topgan . Bazan ikki qatordan tashkil topgan hijayra poo’sti qum tuproqli bo’ladi. Hujayraning yaltiroq sitoplazmasida bitta yoki juda mayda yadrosi ,disksimon , plastinkasimon , yulduzsimon yoki kosachasimon xramotofora bo’ladi. Xramatafora ko’pincha pirenoidsiz, ayrim hollarda pirenoid uchraydi. Xromotoforada xlorofil ”a” , ”c”, a va в - karotin hamda uch xil ksantafil : lyutein, violaksantafil pigmentlari uchraydi. Bu pigmentlarning turli nisbatlarda qo’shilishidan ularning rangi oqish sariqdan -qorqmtir sariq , bazilari yashil va hatto havorangda bo’lishi mumkin. Hujayrada kraxmal to’planmay , balki yo’g’ tomchilari, bazan volyutin va xrizolaminarin to’planadi. Harakatchan vakillarida xramotoforning uch tomonida qizil ko’zcha joylashadi . Monad shakldagi vakillarining old qismida bitta yoki ikkita qisqaruvchan vakuolaasi bo’ladi. Hujayrada mayda kristalchalar tarzidagi mayda tanachalar bo’lib , ularning tabiati va ahamiyati haligacha aniqlanmagan.
2.Vegetativ ko’payishi hujayraning teng ikkita bo’linishi vositasida boradi. Jinssiz ko’payishi zoosporalar yoki oplana sporalar hosil qilish yo’li bilan sodir bo’ladi. Jinsiy ko’payish ayon, ba’zi vakillarida izo yoki oogamiya. Noqulay sharoitda sista hosil qiladi.
Har hil xivchinlilarni sistemaga solishda ularning tarixiy taraqqiyot davrlari etiborga olinadi. Evolyutsiya jarayonida ularda vegitativ tana turlicha shakllangan (monad amyobid yoki rizopodial, palmelloid, kokkoid, ipsimon, plastinkasimon va sifonsimon ).
3.Bu bo’lin quyidagi sinflarga bo’linadi: ksantomonadsimonlar (Xanthomonadophyceae), ksantopodsimonlar (Xanthopodophyceae)
tokokksimonlar (Xanthococcophyceae), ksantotrixsimonlar (Xanthotrichophyceae) va ksantosifonsimonlar (Xanthosiphonophyceae).
Ksantomonadsimonlar --Xanthomonadophyceae Bu sinf faqat geteroxlaridlilar tarkibidan Heterochloridales iborat. Bu tartibning vakillari bir hujayrali bo’lib , sho’r va chuchuk suvlarda o’sadi.
Hujayrasi dorzoventral ko’rininshda bo’ladi, mustaxkam periplast bilan qoplangan. Vegetativ tana bir biriga teng bo’lmagan ikkita xivchinlar yordamida harakatlanadi. Ba’zan xivchinlilarning bittasi reduksiyaga uchrashi mumkin.
Bu tartiibning tipik vakillariga geteroxloris misol bo’lishi mumkin. U sohta oyoqlar chiqarib harakatlanishi mumkin. Bu hususiyat tartibning ko’pchilik vakillariga xos bo’lib, hayvonlarga o’xshab oziqlanadi. Geteroxloris hujayrasida bir necha xromotofora, qisqaruvchi vaquola , bitta yadro , yog’ tomchilari hamda fotosintez mahsuloti xrizolaminarin bo’ladi. Vegetativ ko’payishi hujayraning teng ikkiga bo’linishi hisobida boradi.
Ksantopodsimonlar--- Xanthopodophyceae Bu sinf bitta rizoxloridlar tartibidan iborat . bu tartibning vakillari bir hujayrali va kollonial organizmlar bo’lib , erkin va ipsimon suvo’tlar tallomiga yopishib o’sadi. Asosan, chuchuk suvlarda tarqalgan. Ularning eng harakterli belgilari soxta oyoqlar chiqarib , qattiq jismlarni ushlab oziqlanishdir.ba’zi turlarida bir necha hujayralar bir biri bilan sitoplazmatik tortmalar bilan birikib, murakkab tuzilishga ega bo’lgan to’r hosil qiladi. Boshqa turlari mayda amyobasimon tanachalarni qo’shib , shilimshiqlarga o’xshab plozmodiy hosil qiladi.
Toza suv havzalarida rizoxlariz turkumi vakillari uchraydi. Ular ipsimon oyoqlar chiqarib harakat qiladi. Ko’payish vaqtida hujayra uzunasiga teng ikkiga bo’linadi.bo’lingan qiz hujayralar ajralmasdan, sohta oyoqlar vositasida birikib , sohta oyoqlilar guruhini tashkil qiladi.
Torf hosil qiluvchi yo’sinlarning barg hujayralari orasida mikroxloris yashab, ko’p yadroli plozmadiy hosil qiladi.
Ksantokapsimonlar--Xanthococcophyceae Ksantaksimonlar sinfi tabiatda kam tarqalgan. Ular kopincha chuchuk suvlarda , ayrim vakillari esa sho’r suvlarda uchraydi. Vegetativ hujayra palmelloid shaklda bo;lib kolloniya hosil qiladi. Shilimshiq ichida tartibziz joylashgan protoplast bo’lib, unda hujayra devori bo’lmaydi. Ba’zan pal’melloid kolloniya shilimshiqdan tashkil topgan ustunchalarda o’rnashadi. Shilimshiq ichidagi hujayra bo’linish yo’li bilan ko’payadi., shu sababli kolloniya yiriklashib boradi. Qarigan kolloniyaning bo’laklarga bo’linishi yoki zoosporalar hosil qilishi natijasida yangi yosh kolloniya hosil bo’ladi. Ba’zan yosh kolloniya shilimshiqlardan tashqariga chiqib , mustaqil rivojlanadi.
Xulosa Hozirgi vaqtda ko‘pchilik botaniklar eukariotlarni qizilqo‘ng‘ir suvo‘tlar, yashil suvo‘tlar, oltin tusli suvo‘tlar, sa-riq-yashil yoki har xil xivchinlilar, diatom suvo‘tlar, piro-fit suvo‘tlar, yevglenofit suvo‘tlar, shilliqlar, zamburug‘-lar va lishayniklarga bo‘lib o‘rganadilar.
Tuban o‘simliklar quyidagi taksonomik kategoriyalarga bo‘linadi: tur, turkum, oila, sinf va bo‘lim. Sistematikada eng kichik taksonomik kategoriya tur hisoblanadi.
V. L. Komarovning iborasi bilan aytganda, tur tushuncha-si «tirik mavjudotlarning nayel sari takrorlanib turishi» hodisasini ifoda qiladi. Turlar doimiy bo‘lib qolmasdan, ular o‘zaro bog‘langan holda rivojlanishda va o‘zgarishda bo‘-ladi. Tur tashqi muhit bilan bog‘langan bo‘lib, yuksaladi va evolyutsiya jarayonida halok bo‘ladi hamda yangi turlar hosil bo‘ladi. Shu sababdan tur o‘z arealiga ega.
Tuban o‘simlik turlari tabiatda o‘zgaruvchan har xil mahalliy populyatsiyadan iborat. Masalan, zamburug‘larning ko‘pchilik turlari fiziologik va virulentlik4 xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Jumladan, zang zamburug‘i Puccinia turkumiga kiradi. Bu turkumda juda ko‘p turlar bo‘lib, bug‘doyga zarar keltiruvchisi Pnccinia graminis zamburug‘i hisoblanadi. Tabiatda bug‘doy zang zamburug‘ining turlari ichida morfologik jihatdan farq qilmaydigan, le-kin faqat ma’lum bir tur o‘simlikda parazitlik qiladigan shakllari ham uchraydi. Shuning uchun ham bunday shakllarni taxassuslashgan shakl (forma) Forma specifies deb ataladi.
Taxassuslashgan shakllar yana ham kichikroq individlarga1 va biotiplarga2 bo‘linadi. Bir-biriga yaqin bo‘lgan turlar tur-kumlarg'a va sinflarga, sinflar esa bo‘limlarga bo‘linadi. Bir-biriga yaqin bo‘lgan turlar turkumlarga birlashtirila-di. Turkumlar oilalarga, oilalar tartiblarga va sinflarga, sinflar esa bo‘limlarga bo‘linadi.
Sistematikada eng yirik taksonomik kategoriya bo‘lim hi-soblanadi. Usimlik bo‘limlari uzoq davom etgan evolyutsiya jarayonida ma’lum bir tana (shajara) dan ajralib, tashqi muhitga moslashib rivojlangan. Tuban o‘simliklar dunyosi bir qancha ilmiy fanlarga bo‘lib o‘rganiladi. Mikrobiologiya3, mikologiya4, virusologiya5, algologiya6 va lixonologiya7.
Keyingi yillarda ko‘pchilik sistematiklar bu fanlarni yana ham aniqroq fanlarga bo‘lishni tavsiya etadilar. Masalan, mikologiya. Bu fan o‘z navbatida quyidagi fanlarga bo‘-linadi: zamburug‘larning sistematika, geografiya, biologiya, fiziologiya, genetika, ekologiya va evolyutsiyasini o‘rganadigan fanga mikologiya deb ataladi. Usimlik va hayvonlarga zarar yetkazadigan zamburug‘lar va ularga qarshi kurash tadbirla-rini o‘rganadigan fanga qishloq xo‘jalik mikologiyasi deyiladi.
Foydali zamburug‘larni o‘stirish, parvarish etish va ular-dan foydalanish, dori-darmonlar olish usullarini texnik mikologiya fani o‘rganadi. Bundan tashqari, tuproq va suv tarkibidagi zamburug‘larni o‘rganadigan mikologiya fani ham mavjuddir.
Hozirgi zamon tuban o‘simliklar sistematikasi o‘z tadqi-qotlarini solishtirishda morfologik metoddan tashqari ultra va elektron mikroskopdan keng miqyosda foydalanadi. Ontogenez va filogenez metodi yordamida turli sistematik taksonlarning rivojlanish yo‘llarini o‘rganadi. Hujayra-larning bioximiyaviy va fiziologik xususiyatlarini o‘rganish-da ular maxsus idishlarda tayyorlangan sun’iy oziq muhi-tida o‘stirib, tekshiriladi.