Arxivda faoliyat olib borayotgan tajribali arxivchilarning ish tajribalarini o’rganish maqsadida ulardan nazariy hamda amaliy ishlarini kuzatdim. Amaliyot o’tash davrida kerakli hujjatlarni qanday sharoitda saqlash, aholiga xizmat ko’rsatish bo’yicha ham amaliy bilimlarga ega bo’ldim. Bunda, albatta, arxivdagi soha xodimlarining yordamlari katta madad bo’ldi. Kelajakda ish faoliyatimni aynan shu sohada davom ettirmasamda amaliyot davrida egallagan bilimlarim ilmiy sohadagi manbaimiz arxivdan erkin va oson foydalanishimga zamin bo’lishiga ishonaman.