Andijon mashinasozlik instituti iqtisodiyot fakulteti jumayev tohirjon “MA’lumotlar bazalari va katta xajmdagi


Maʼlumotlar bazalari va ularni yaratish modellari



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə2/19
tarix02.12.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#137744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Andijon mashinasozlik instituti iqtisodiyot fakulteti jumayev to

1. Maʼlumotlar bazalari va ularni yaratish modellari.
Axborot texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez oʻzgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni oʻz vaqtida qayta ishlash choralarini qidirib topishga undaydi. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasi (MB) ni yaratish, soʻngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb boʻlib qolmoqda.
Ma’lumotlar bazasi – bu oʻzaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi boʻlib, u koʻrilayotgan ob’ektlarning xususiyatini, holatini va ob’ektlar oʻrtasidagi munosabatni ma’lum sohada tavsiflaydi. Ma’lumotlar bazasi - axborotlar tizimlarining eng muxim tarkibiy qismi. Oxirgi foydalanuvchi va ma’lumotlar bazasi ma’murining ishini yengillashtirish uchun mbbt yaratilgan edi. Bu tizimlar ma’lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratadi. Ehm xotirasiga yozilgan ma’lumotlar tuplamiga ma’lumotlar bazasi deyiladi.
Ma’lumotlar bazasini tuzishda ma’lum qoida va qonunlarga amal qilish lozim.
Biz bundan buyon "axborot" suzini "ma’lumot" suzidan farklaymiz: "axborot" suzini umumiy tushuncha sifatida olib, "ma’lumot" deganda narsa yoki xodisaning anik belgilangan sifatlarini nazarda tutamiz.
Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MBda kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muhim rol oʻynaydi. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik oʻzimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur boʻlamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasi.
Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli koʻrinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina oʻrinli boʻlardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur:

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin