Ma’lumotlarning modellari. Ma’lumotlarni tashkil etishni mantikiy usuli ma’lumotlar tuzulishining foydalanilayotgan turi hamda dastur vositalari orkali ta’minlanayotgan model shaklida ifodalanadi.
Ma’lumotlar modeli – uzoro boglangan ma’lumotlar tuzilishi va ular ustida bajariladigan operatsiyalr majmuidir.
Ma’lumotlar modeli kuyidagi tarkibiy qismdan iborat:
1. Foydalanuvchining ma’lumotlar bazasiga munosabatini Namoyish etishga muljallangan ma’lumotlar tuzilmasi. 2.Ma’lumotlar tuzilishida bajarilishi mumkin bulgan operatsiyalar.
3.Yaxlitlikni nazorat qilish uchun cheklashlar. Ma’lumotlar modeli uning yaxlitligini saqlash va ximoya qilishga imkon beruvchi vositalar bilan ta’minlangan bulishi lozim. Kuyida shunday cheklashlarning namunalari keltirilgan:
Ma’lumotlarning ierarxik va tarmoq modellari.Mashina muhitidagi ma’lumotlarning murakkabroq modellari - tarmoqli va ierarxik modellar boʻlib hisoblanadi. Bu modellar ularning oʻzlariga xos turdagi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida ishlatiladi. MBBTda ma’lumotlarni mantiqiy tashkil etish usuli ma’lumotlarning tarmokli yoki ierarxik modeliga mos holda koʻrsatiladi. Bunday model oʻzaro bog’liq ob’ektlarning majmuidir. Ikki ob’ektning aloqasi ularning bir-biriga tobeligini aks ettiradi. Tarmokli yoki ierarxik modelida ob’ekt boʻlib, MBBT kiritilgan ma’lumotlar tuzilmasining asosiy turlari hisoblanadi. Turli MBBTlarda bu turdagi ma’lumotlarning tuzilmasi turlicha aniqlanishi va nomlanishi mumkin.
Modellarda ma’lumotlarning tuzilmalari. Ma’lumotlarning namunaviy tuzilmalariga quyidagilar kiradi: ma’lumotlarning elementi, ma’lumotlarning agregati, yozuv, ma’lumotlar bazasi va h.k. Bu elementlar va agregatlai oʻzaro aloqada boʻlgan tuzilma bilan tavsiflanadi. SHuning uchun yozuvning tuzilmasi ierarxik xarakterga ega boʻlishi mumkin. Bir xil tuzilmaga ega boʻlgan yozuv nusxalari toʻplamining hammasi yozuv turini tashkil etadi.
Ma’lumotlarning elementi- bu ma’lumotlar tuzilmasining nomlangan minimal birligi (faylli tizimlardagi maydonning oʻxshashi).