Andijon mashinasozlik instituti iqtisodiyot fakulteti jumayev tohirjon “MA’lumotlar bazalari va katta xajmdagi



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə9/19
tarix02.12.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#137744
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Andijon mashinasozlik instituti iqtisodiyot fakulteti jumayev to

Ma’lumotlar agregati - bu ma’lumotlar elementlarning quyi toʻplami yoki yozuvlar ichidagi boshqa agregatlarning nomlangan quyi toʻplami.
Yozuv - umumiy holda agregat boʻlib, u boshqa agregatlarning tarkibiga kirmaydigan tarkibli agregatdan iborat.
Ob’ektlarning modellardagi aloqasi. Ma’lumotlar modeli bir necha turidagi yozuvlarni (obьektlarni) oʻz ichiga olishi mumkin. Ma’lumot modeli ob’ektlar oʻrtasida aloqalar oʻrnatadi. Qandaydir bir predmet sohasi uchun modelning oʻzaro bog’langan muayyan ob’ektlar toʻplami ma’lumotlar bazasini tashkil qiladi.
Ikki turdagi yozuvlarning (model ob’ektlari) oʻrtasidagi aloqalar, ularning nusxalari oʻrtasidagi guruh munosabatlari bilan aniqlanadi. Guruh munosabati - bu ikki turdagi yozuvlar oʻrtasidagi kat’iy ierarxik munosabat boʻlib, ular asosiy yozuvlar toʻplami va tobe yozuvlar toʻplamidan iboratdir.
Ierarxik modellarda kalit boʻyicha bevosita kirish odatda, faqat boshqa ob’ektlarga tobe boʻlmagan eng yuqori pog’onadagi ob’ektgagina mumkin. Boshqa ob’ektlarga kirish modelning eng yuqori pog’onasidagi ob’ektdan aloqalar boʻyicha amalga oshiriladi. Tarmoqli modellarda esa kalit boʻyicha bevosita ixtiyoriy ob’ektga kirish (uning modelda joylashgan pog’onasidan qa’tiy nazar) ta’minlanishi mumkin.. SHuningdek, aloqalar boʻyicha har qanday nuktadan kirish ham mumkin. Tarmokli modellarda ob’ekt (yozuv, fayl)ning tuzilmasi koʻpincha chiziqli va kamroq hollarda esa ierarxik boʻladi. Quyi pog’onadagi ma’lumotlarning tuzilmasi ham oʻz xususiyatga va nomiga ega boʻlishi mumkin. Masalan, atribut bu ma’lumotlar elementining analogi. CHiziqli tuzilmaga ega boʻlgan ob’ekt faqat oddiy va kalit atributlardan iborat. Ierarxik modellardagi ob’ekt (yozuv, segment) tuzilmasi ierarxik yoki chiziqli boʻlishi mumkin.
Turli predmet sohalari uchun ma’lumotlarning tarmokli modeli ierarxik modeliga nisbatan mashinaning ish muhitida axborot tuzilmalarini aks ettiruvchi umumiy vosita hisoblanadi. Koʻplab predmet sohalarining maьlumotlari oʻrtasidagi aloqalar tarmoqli koʻrinishga ega. Bu esa ma’lumotlarning ierarxik modeliga ega boʻlgan MBBTdan foydalanishni cheklab qoʻyadi. Tarmoqli modellar, ma’lumotlarning ierarxik aloqasini ham aks ettirishga imkon beradi. Bundan tashqari, tarmoqli modellar bilan ishlash texnologiyasi foydalanuvchi uchun qulaydir, chunki ma’lumotlarga kirishni amalga oshirishda hech qanday cheklashlar yoʻq va bevosita ixtiyoriy pog’onadagi ob’ektlarga kirish imkoni mavjud.
Ierarxik ma’lumotlar bazasida - ma’lumotlar ierarxiya (daraxt) koʻrnishida saqlanadi. Uning koʻrinishini quyidagicha tasvirlash mumkin.






А12





Маълумотларнинг iyerarxik модели
Masalan, bu yerda A12 tugunidagi ma’lumotni olish uchun, oldin MBdan A tugun, keyin A1 tugun va undan keyin A12 topiladi.
Tarmoq ma’lumotlar bazasi - ichki ma’lumotlar strukturasi, biri ikkinchisiga boqliq ravishda boʻladi. Uning koʻrinishini quyidagicha tasavvur qilish mumkin.

Ierarxik va tarmoq modellarida ma’lumotlar tasvirining murakkabligi va bu ma’lumotlar orasidagi aloqani MBni loyihalashda aniqlash kerak boʻlib, bu esa MBga soʻrov berilganda rellyatsion MB jadvallari orasida aloqa oʻrnatishni taminlab beradi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin