Kompitentlikni aniqlash uchun materiallar: 13. Ohakli suv Ca(OH)2 orqali karbonat angidrid o’tkazildanda 50g oq cho’kma hosil bo’ladi. Necha litr CO2 reaksiyaga kirishgan?
A.22,4l B) 2,24l C) 11,2l D) 1,12l
14. Oshqozon shirasi tarkibida bo’ladigan kislotani ko’rsating
A) H2SO4 B) HNO3 C) HCl D) H2CO3
15. Quyidagi moddalardan qaysi biri qurilishda keng ishlatiladigan qum
formulasini ifodalaydi?
A) CaO B) SiO2 C) NO2 D) HNO3
Savol
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
Javob
bal
Sana Ball Imzo 7-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Anorganik birikmalarning eng muhim sinflariga oid bilimlarni
umumlashtirish yuzasidan masalalar yechish.
Ishdan maqsad: Noorganik moddalarning asosiy sinflari orasidagi bog`lanishi orqali o`tilganlarni mustahkamlash.
Kerakli jihozlar va reaktivlar: Probirkalar, pipetka, shishga yozish uchun qalam kaliy gidrooksid, natriy korbanat, ammoniy xlorid, bariy xlorid eritmasi, sulfat kislota, tiqin, stakanlar.
Ishning borishi:Noorganik birikmalarning eng muhim sinflariga doir tajribaviy masalalar yechishda har bir masala uchun zaruriy jihozlar va reaktivlar tayyorlab olinadi. Mehnat xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda tegishli tajribalar bajariladi.
1-masala. Тemir va mis qirindilarining aralashmasidan misni fizikaviy usulda ajratib olishni bilganingiz holda, ushbu aralashmadan misni kimyoviy usulda ajratib oling. Reaksiya tenglamlarini yozing.
2-masala. Sizga rangsiz eritmalar quyilgan 3 ta raqamlangan probirkalar berilgan. Qaysi probirkada natriy xlorid, sulfat kislota, o‘yuvchi natriy borligini qanday aniqlash mumkin? Reaksiya tenglamalarini yozing.
3-masala. Sizga uchta probirkada soda, suyuq shisha, kaustik soda eritmalari
berilgan. Тegishli reaksiyalar yordamida har bir moddani aniqlang. Reaksiya
tenglamalarini yozing.
4-masala.Kaliy karbonat, alyuminiy xlorid va natriy sulfat berilgan. Faqat bitta reaktivdan foydalanib ularni ajratish yo‘lini toping. Reaksiya tenglamalarini yozing.
5-masala. Uchta probirkada natriyning xlorid, bromid va yodid tuzlari eritmalari bor. Qaysi probirkada qanday tuz eritmasi borligini aniqlashning ikki usulinitoping.
Xulosa.____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Sana Ball Imzo