Andishali kelinchak
1-sahna
Xo’roz qichqirig’i, Olmaxon hovli supuryapti.
KELIN- Arslonbek aka, hoy arslonbek aka!
A-Hozir
KELIN- Bo’laqoling, hozir oyim turadilar
A- ho’p hozir, mana chiqdim.
KELIN- sal tezlashing, uyg’onib qolishadi hozir
A-Yakshanba kuni ham sigir sog’amilar-a? Axir bugun dam olish kuni bo’lsa
KELIN- Bu safar o’zim sog’aman, siz dumi bilan oyog’ini ushlab tursangiz bo’ldi.
A-Har kun shu ahvol, har kun
Qaynotasi chiqadi: Menam eding seningdek, senam bo’lasan meningdek (kuladi)
A-Voy dadajon, Assalomu alaykum
Q: valeykum assalom. Kelin bugun dam olish kuni bo’lsa, barvaqt turib olibsiz?
KELIN- Axir allaqachon tong otgan bo’lsa...
Q: Onasi, hoy onasi!
Ona: voy, voyay, voy voyey (kelinning xonasini mo’ralaydi, qilingan ishdan gap topmoqchi bo’lib, ayb qidiradi) Ana, supurgini yana oyoq tagiga qo’yibdi. Ayttim-a necha bora ayttim. O’rgataverib o’zimda qolmaydi shekilli!
(Olmaxon dasturxon yozadi)
KELIN- Assalomu alaykum, oyijon!
Ona: voy mazam yo’q kechasi bilan uxlolmadim.
KELIN- Voy oyi, dorilarizni olib kelaymi?
Ona: yo’q, voy voyey! Xo’sh ko’chalarni supurdingizmi? Suv sepdizmi? Gullarga suv quydizmi, qo’shnilarga salom berdizmi? Sigir sog’dizmi, yem-pem berdizmi, tovuqlarga don...
KELIN- voy berdim (qaynona orqasiga jahl bilan qaraydi)
Ona: uring, uring, ha uring meni!
KELIN- yo’g’ey oyijon, nimaga uraman sizni?
Ona: voy, shunda gapimni tugatmasdan og’zimga urmang-da, kelinposhsha!
KELIN- Voy kechiring oyijon!
Ona: kechirdim
KELIN- Rahmat, oyijon! (qaynotasi chiqadi)
Ona: uyda bitta mehribonim qolmadi meni (yig’lamsirab) o’g’lingiz kuni bilan uxlaydi, siz mahallaga chiqasiz, mehribonim yo’q meni!
A-Bugun nonushta qilamizmi o’zi?
Ona: bu uyda choy ichiladimi, yo’qmi?
KELIN- Oyijon, choy damlab qo’yganman, hozir olib chiqaman!
Ona: eee, sovub qolgandir!
KELIN- yo’q yo’q oyijon, hozir damladim, bostirib qo’yganman
A: Voy, keliningizni aqlliligini qarang dada. Sovimasin deb bostirib qo’yibdiya!
Ona: kelinposhsha, chaqqon-chaqqon qimirlang! Ish ish qilganizni ko’zim ilg’amay qolsin!
KELIN- Xo’p bo’ladi oyijon!
Q: Shu kelinga yopishganing yopishgan!
Ona: voy o’rgatyapman! (kelin shirchoy olib keladi)
Q: Voy shirchoyni qarang! Ko’rinishidan mazaliya! (kulib)
KELIN- mana oyijon!
Ona: qo’ying!
KELIN- xo’p bo’ladi oyijon! (qani, oling, oling hamma bir biriga)
Ona: Voybo’, hamma shammasini yig’ib menikiga solibdi.
KELIN- Oyijon choy iching!
A-oling, oyi, oling.
Ona: voy voyaay, kelinposhsha! Har kun bir xilda choy uzatasiz-ha! Uyizda kelinlik darsidan saboq berishganmi, yo’qmi? (kelin turib, aylanib kelib pastdan uzatadi, egilib)
KELIN-Oyijon, choy iching! (qaynota va Arslonbek choyga termulib qoladi)
Ona: rahmat, baraka toping!
Voyeey, tuz uzating!
KELIN-voy xo’p bo’ladi, oyijon, mana!
Ona:dasturxonga qo’ying!
KELIN-kechirasiz oyijon!
Ona: kechirdim
KELIN-rahmat oyijon (xursand bo’lib)
Ona: murch uzating
KELIN-hozir oyijon, mana!
Ona: yerga qo’ying!
KELIN-kechirasiz oyijon!
Ona: kechirdim!
KELIN-rahmat oyijon! (kulib)
Ona: shakarniyam uzating
KELIN- xo’p mana oyijon (dasturxonga qo’yadi)
Ona: Iye, qo’limga olib bering!
KELIN- kechirasiz, oyijon
Ona: kechirdim
Q:Onasi, birinchi marta ko’rishim tuz, murchdan keyin shakar solinishini (kuladi)
Ona: ko’rmayapsizmi, men kelinimni tarbiyalayapman!
A-Voy oyi, keliningiz tarbiyasizmikanlar, oyi?
Ona: sen jim o’tir!
Q: oling kelin, non bilan olib yeng!
Ona: ha , ha, h, hay keliningiz non yemaydi, chimxo’r (kuladi)
KELIN-mayli osh bo’lsin (turadi)
A: Voy ovqat-chi?
Kelin-men to’ydim
Q: ovqat yegani qo’ymisan-a, qo’ymisan!
Ona: to’yibdi-ku (kuladi)
Q: Xa seni qarayu!, Qani omin!... (duoga qo’shilib)
Ona: Ko’p bersin, xo’p bersin, ko’pi bilan birga o’g’limga insof bersin!
Insof bilan birga beshik to’ylar qilish nasibi ro’za aylasin! (yig’laydi)
A-Voy oyijonim hali ko’rasiz, nevaralariz shu yerda chopqillab yurishadi. Ozgina mizg’ib olay oyijon!
Ona: hmmm, bor mayli, uxla! (eriga qarab)
Voy dadasi men mahallada bosh ko’tarib yurolmaydigan bo’lib qoldim bu keliningizni dastidan.
Q: voy nega?
Ona: mana to’yiga 9 oy bo’ldi, hali yangilik yo’q.
Q: hali 7 oy bo’ldi-ku
Ona: eee, qarindosh urug’lar qachon beshik to’yga boramiz deb gapi bilan o’yib-o’yib oladi. Bo’ldi (turadi) ajratib olib boshqasini olib beraman.
Q: iye, buncha besabrsan? Odamlar 9 oylab emas, 9 yilllab kutadi.
Ona: sabr kosam to’lib bitdi.
Q: senga insof bersin! Men mahallaga ketdim.
2-sahna
Ona: voy kelin qani? Ana shunaqada birpas hovlida ko’rinmasam u ham lip etib xonasiga kirib oladi. Kelin!
KELIN- chaqirdizmi oyijon!
Ona: Nima qilyapsiz xonangizga kirib olib, cho’zilib yotibsizmi?
KELIN- yo’g’ey oyijon, tikish tikayotgandim.
Ona: Hmm, bichish-tikish deng! Olib chiqing buyoqqa, o’zim o’rgataman sizga olib chiqing
Dinora: opa, hu, opa (qo’shiq yangraydi, o’ynab keladi) Assalomu alaykum, yangilikni eshittizmi?
Ona: tinchlikmi?
Dinora: Astag’frillah deb gapiring! Hu nariroqda yashaydigan qo’shnimiz boru, artis
Ona: xo’sh unga nima qildi?
Dinora: Voy tovba qildim, tovba qildim. Ersiz tug’ibdi ha, ha, ha (kuladi)
Ona: E, tovba, tovba! U ersiz tuqqan bo’lsa, xursand bo’lasizmi? Tovba deng qo’shni, siz ham qiz katta qilyapsiz.
Dinora: voy meni qizimni birovlarnikiga o’xshatmang. Birovlarning boshiga kulfat tushsa ayb mendami-a?
Ona: yo’q yo’q!
Dinora: e bolasi boshida qolsin! Qiz boqquncha sigir boqmiysanmi-a?
Ona: qani dasturxonga qarang qo’shni
Dinora: Ha, mayli qo’ymadiz-qo’ymadiz (kelin choy quyib uzatadi)
Voy, olib o’tiring, opa (kelin qaynonasiga pastdan choy uzatadi)
Dinora: Voy (hayron bo’lib)
Kelin: Kechirasiz, oyijon (yig’lamsirab)
Dinora: “O’tgan kunlar” bo’lib ketibsizlarmi?
Ona: yo’g’ey bu haligi... o’g’limni tarbiyasi
Dinora: Bu deyman, ko’chada nimaga ko’rinmay qoldiz desam, hali yotvolib choy ichyapman deng. (ha, ha, ha kuladi) Voy gap bilan bo’lib o’tirib qoldim, opa! Keliningiz qizimni ko’ylagini tikibmikanlar deb kelgandim.
Kelin: Mana, tayyor bo’ldi.
Dinora: voy hali kecha beruvdimaa, Darrov tayyor bo’ldimi? Voy biram chaqqon keliningiz borey (kesatib bosh oyog’iga qarab) Voy darrov bitdimi-a? Voy menam darrov pulini berib qo’yay (pul qidiradi kiyimlarini qoqib) Ha esimga tushdi. Zapasda bor zapasda (kovushi ichidan olib beradi) Mana, olib qo’ya qoling!
Kelin: ha, mayli (pulni oladi)
Dinora: oyizga beraymi yo?
Kelin: voy oyimga beraqoling
Dinora: voy hozirgi yoshlareey, Mumday qilib ilib olaman deydiyeey! Oyijonisi, mana!
Ona: qo’l mehnati o’ziga bering
Dinora: voy, o’ziga beraymi? Hmm, o’zizni mehnatiz ekan, mayli, mana olib qo’ya qoling.
Kelin: rahmat.
Dinora: voy, yana chiqaman-a. Voy, menga ham shunday chiroyli ko’ylak tikib bering!
Kelin: xo’p bo’ladi opaon, bajonidil tikib beraman.
Dinora: hmm, Qunduz opa, kliniz muncha ozib qolibdi. Ovqat bermaysizmiyo?
Ona: Voy, tovba, kelinni tinch qo’ying. U bilan o’zim razbo’r qilib olaman.
Dinora: voy, bo’ldi gap yo’q razbo’rchi bo’b ketibsizda-a! (ko’ylak bilan yelpig’ichni olib qochadi)
Ona: yo’talib qo’yadi 2 marta
Dinora: Xaloyiq, eshitmadim demanglar eee, kimga razbo’rchi kerak bo’lsa kelaverasizlar ee, mahallamizda razbo’rchi boor! Chiqarsizlaraaaa?
Ona: yo tovba har kelganda bittadan yelpig’ichimni olib ketadi. Hey tovba, baraka topishsin! Mayli-mayli. Kelin!
Kelin: labbay, oyijon!
Ona: nechi pul beribdi?
Kelin: ha mana sanaganim yo’g’idi, mana 15 ming ekan oyijon.
Ona: past, menga bering ro’zg’orga ishlataman!
Kelin: ha, mana oyion!
Ona: e past, qancha mehnat ketadi bunga! (chiqib ketadi)
3-sahna
(2-chi qo’shni musiqasi ostida kirib keladi.)
Ra’no: Assalomu alaykum, kim bor Qunduz opa!
Ona: valeykum assalom. Keling qo'shni keling
Ra’no: qani omin shu uylarda ham beshik to'ylar bo'lsin. (Kesatib)
(Kelin choy olib keladi, choy uzatadi, qaynona rad etadi.)
Ra’no: gapni cho’zmasdan aytsam, opajon, eng yaqin qarindoshim ya’ni o’gay ammajonimni katta qizini ovsinini singlisini qaynisinglisini singlisi beshik to’y qilayotgan ekan.
Ona: haaa, judayam yaqin qarindoshingiz ekan-a?
Ra’no: judayam yaqin. O’shanga mana shu atlasni tiktirmoqchi edim, shunday tikib bersin, to’yda ko’rganlarning og’zi ochilib qolsin! Mana kelin!
Ona: to’yga ayttilarmi o’zi
Ra’no: voy opajon, esdan chiqqandirmanda. Eshittim deb boraveramanda! Yqinda bitta qarindoshimni to’yiga borgandim.
Ona: ha
Ra’no: dasturxonda odamni jonidan boshqa hamma narsalar bor! Haligi anqo degan qushni bilasizmi?
Ona: ha eshitganman
Ra’no: ana o’sha qushni tuxumini qaynatilganidan, qovrilganidan, damlanganidan, tuzlanganidan, eee tuzlatganidan tortibdiyaaa
Ona: mazasi qanaqa ekan?
Ra’no: voy u tuxumni mazasimi nimaga o’xshaydi, ha qulupnaygamiyeeey...
Kelin: opajon, sizni o’lchavoray.
Ra’no: to’ydachi bir qo’shiqchi 2 soat qo’shiq aytti (o’lchangan holatda)
Ona: jonlimi yo fonogrammami?
Ra’no: voy opa jonli. Shundoq qo’lini ko’tarib menga qarab nimalardir dedi. Biram o’ynadim, biram o’ynadim, opajon, bilganlar Sumbulaxon deyishdi.
Ona: bilmaganlar-chi?
Ra’no: voy, bilmaganlar nima derdi opa, Sherali jo’rayevni o’yinchisi deyishdi, opa! Ha, ha, ha, ha, ha. Sher akani tanisizmi kelin?
Kelin: voy tanimas ekanman, opajon.
Ra’no: voy opa, Sher akani tanimas ekan-a?
Ona: haligi zamonaviysini taniydi, Ummon, Ketmon deganday
Kelin: voy uniyam tanimiyman. Haligi televizor ko’rmayman. Mana televizor.
Ra’no: nimaga ko’rmisiz? A? Ha mayli, men ketaqolay!
Ona: yaxshi boring!
Ra’no: ha aytganday, narigi mahallada egizak tug’ilibdi (kesatib) shuni beshik to’yi bor ekan olib boraymi?
Ona: ha egizak ekanmi? (baland ovozda)
Ra’no: ha, egizak, egizak. Mayli ketdim opajon!
Ona: ha mayli, kelib turing To’ychixon!
Ra’no: ha aytgancha opajon! Mahallada Qunduzxon keliniga ovqat bermas ekan degan gap chiqdi, opa! Nega buncha qiltiriq bu keliningiz desam, hali ovqatdan qisdim deng!
Ona: yo’g’ey, hali bu gap ham bormi? Voy sho’rim...
Ra’no: ha mayli, ketdim, opa!
Ona: voy tovba, hali shunaqa gap ham bormidiyaa?
Kelin: oyijon!
Ona: gapirmang, gapirmang. Ovozizni o’chiring. O’zi hammasiga siz aybdorsiz. Hammasi sizni deb bo’lyapti. Esiz, shunaqa kelin tushiraman deb sira o’ylamagandim. Afsus. Dod, sizning dastingizdan dod! 7 mahallaga dod, sharmanda, voydoood! Voydoood!
A-voy oyijon tinchlikmi?
Ona: tinchlikmas. Ana, mana (kelinni qo’lidan itarivorib)
A-Voy nima bo’ldi gapirsangiz-chi?
Ona: o’zidan so’ra
A-Olmaxon? Nima qildiz-a? Nima bo’ldi gapiring!
Ona: hey, erkak! Xotiningni sizlama. Sen degin sen!
A-xotimimniyaa?
Ona: ha
A-Olmaxonniya?
Ona: voy ha.
A-Nima qilding (jahl bilan) Hech narsa qimadizmi (mayin ovozda)
Kelin: yo’q
A-mana oyi, hech narsa qilmabdiku
Ona: o’ziz eshitdiz-a kelin, sharmanda, sharmanda. Meni ovqat bermay qo’yipti keliniga deb chiqishibdi. Hammasiga shu aybdor. Nega hamma bilan bir o’tirib dasturxonda ovqat yemaysiz-a? A?
Kelin: kechiring oyijon, tovba qildim.
A-voy oyijon uyaladilar
Kelin: ha, oyijon, uyalaman.
Ona: sharmanda, qaynonasi non bermaydi, suv bermaydi deyishgandi. Sharmanda, voy o’lib qolay!
Kelin: kechiring oyijon oxirgi marta!
Ona: kechirmayman, hech qachon kechirmayman (qaynona chiqib ketadi)
4-sahna
A-uyalsangiz ham hamma bilan ovqat yesangiz bo’lar ekan, Olmaxon!
Kelin: hozirgi kunda ko’nglim behuzur bo’lib, faqat qotgan nonga mayiz, turshak solib yeb yuradigan odat chiqardim.
A-Ha, ana, andishani nomini qo’rqoqqa chiqarib qo’yibsiz, Olmaxon!
Kelin: voy (kelinni ko’ngli behuzur bo’ladi, chiqib ketadi)
A-voy Olmaxon! (kelin boshi aylanib chiqadi)
Ona: Heey, (tuyunchuk ko’tarib) mana marsh!
Kelin; voy oyijon, marsh nima degani?
Ona: uyizga jo’nang degani
A-Voy oyi siz meni o’yladizmi? Olmaxonsiz qanday yashayman oyi!
Ona: senga onasi o’pmagan qizni olib beraman!
A-Rostanmi onaginam (kulib) voy bu nima deganiz menga boshqa hech kim kerakmas! (jiddiy)
Ona: olib beraman
Kelin: Niyatiz shu ekanda oyijon (ho’rsinib)
Ona: meni niyatim bilan sizni nima ishiz bor? A? Nima ishiz bor?
A-oyi axir!... (ona o’g’liga jahl bilan qarab gapini kesadi) Arslonbek jim qoladi. Kelin tunchuk ko’tarib keta boshlaydi.
A: Olmaxon!, Oyi! Olmaxon!, Oyi! (bir xotiniga bir onasiga qarab) Olmaxon ketmang men sizsiz yasholmayman!
Ona; hey nodon o’g’il! Senga ona mas xotin kerak-a?
Kelin: oyijon haydashingiz sababini ayting! Men ham sababini bilib ketay (yig’lab)
A: ha bilib ketsinlar! (yig’lamsirab)
Ona: man sababini aytaman, menga tug’mas kelin kerak emas, (nay nolasi qo’yiladi)
Kelin yig’lab chiqib ketayotganda qo’shni ayol keladi.
A: Olmaxon, ketmang Olmaxon!
Ona: Hoy senga ona kerakmi yo xotin? Ona kerakmasmi?
A: kerak, oyi.
Ona: voydood, kelinim kelganiga 1 yil bo’lmay o’g’limni burnidan ip o’tkazib olibdi-da, voydod. Onani yomon ko’rsatib qo’ydi.
Dinora: voy qo’shnilar yaxshimisizlar, Kelinga ko’ylak uchun mato olib kelgandim. Voy nima bo’ldi? A? Nima bo’ldi? (kelin hushidan ketadi) Voy, voydod! (Dinora kelinni telefonda rasmga oladi)
Dinora: voy kelin, nima bo’ldi?
Ona: artistlik qilyapti.
A: voy, birpas oldin mazalari bo’lmay turgandi.
Kelin: ko’z oldim qop-qorong’u bo’lib, boshim aylanib ketdi.
Dinora: haa, nima yegiz kelyapti?
Kelin: haligi sho’r, nordon narsalar yegim kelib turibdi (uyalib)
Dinora: voy voyeeey jonizdan aylanay. Opa, kelinizni boshi qorong’i bo’lib qolibdi.
Ona: qayoqdan bilaqoldiz, uzimisiz?
Dinora: MCHS man. Voy hozir hamma mahalladagilardan suyunchi olaman, ketdim. (kelin tyunchugini ko’tarib keta boshlaydi, ona oldini to’sadi)
Ona: aytdim-a kelinim turshaklarimni yeb qo’yadigan bo’lib qoldi deb.
(nay nolasi qo’yiladi) (Kelinni qo’lidan tyunchugni olib o’zini supaga o’tqazadi. Kelinni quchoqlaydi/
Ona: O’zimni andishali kelinimdan aylanay, meni hamma hunarimga chidadiz, men nodon sabr-qanoat nimaligini unitibman. Kechiring meni, qizim!
Kelin: voy, kechirdim oyijon!
Ona: Xudoyimga shukr, ming shukr! Shu kunlarga ham yetkazyapti. (ona kelinni quchoqlaydi) O’g’lim, sen ota bo’lasan.
A: rostanmi? (quvonib)
Qo’shnilar, qaynota keladi, qo’shiq sadosida sahna tugaydi!
Dostları ilə paylaş: |