Angliya sertifikatlashtirish faoliyati Fransiya sertifikatlashtirish faoliyati



Yüklə 135 Kb.
səhifə1/4
tarix13.12.2023
ölçüsü135 Kb.
#139953
  1   2   3   4
Xorijiy mamlakatlarda


Mavzu: Xorijiy mamlakatlarda sertifikatlanish tizimi


Reja:




  1. Amerika Qo’shma SHtatlari sertifikatlashtirish faoliyati
  2. Angliya sertifikatlashtirish faoliyati

  3. Fransiya sertifikatlashtirish faoliyati


  4. Germaniyada sertifikatlashtirish faoliyati

  5. Yaponiya sertifikatlashtirish tizimi faoliyati

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Evropa davlatlari, Amerika, Angliya, Germaniya, Fransiya, Turkiya, Xitoy, va Rossiya davlatlari sertifikatlashtirish tizimlari va ularning faoliyati. Butun dunyoda mahsulotning sifati, xavfsizligi nazorat tekshiruv xizmatlari tomonidan olib boriladi. Xavfsizlikni nazorat qilish usullari bir qancha usuliyatlarga asoslanib ko’pgina idora va tashkilotlar orqali amalga oshiriladi. Davlat tekshiruvlari asosan standart talablari to’g’ri bajarilganligi, sanitariyagigiena qoidalari bajarilganligi ustidan nazoratni va boshqa ko’rsatkichlarni tekshirishlar esa iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tashkilotlari tomonidan olib boriladi.


Davlat nazorat idoralari umumiy tekshiruvlarni bajarishmay, faqatgina nomuvofiq mahsulotlar bo’yicha huquqiy choralar ko’rishadi. Ko’pgina davlatlarning qonunlari mahsulotlarning talablarga javob berishi to’g’risida alohida texnik reglamentlardan iborat.
Evropa davlatlari ma’lumotlariga ko’ra Fransiya standartlashtirish assotsiatsiyasida (AFNOR) va Evropa assotsiatsiyasida (EACT) 5000 dan ortiq nomdagi mahsulotlar sertifikatlashtirilib, sertifikatlashtirish bo’yicha 300 ta tizim faoliyat olib boradi, bu ishda 7000 dan ortiq sertifikatlashtirish idoralari faoliyat ko’rsatadi.
Sertifikatlashtirish azaldan sanoatda va rivojlangan davlatlarda foydalanilgan. Bu esa o’z navbatida ushbu davlatlar bozorida nomuvofiq va standart talablariga, me’yoriy texnik hujjatlarga javob bermaydigan mahsulotlarining paydo bo’lishidan himoya qilgan.
Bitta mahsulotga har xil standart va texnik me’yorlar belgilanishi jahon bozorida xalqaro savdo-sotiqqa sun’iy to’siqni vujudga keltiradi. SHuning uchun sertifikatlashtirish, teng hamkorlik bilan standartning uyg’unligini va sertifikatlashtirishning qoidalariga mos kelishligi savdo-sotiqda hamkorlik qilishda muhim o’rin tutadi.
Sertifikatlashtirish idoralaridan tashqari bir qancha davlatlarda bojxona chegaralarida alohida Davlat xizmat ko’rsatish idoralari joylashgan bo’lib, ular hududga kirib kelayotgan mahsulotlarning (veterinar xayvonlar, usimliklar, oziqovqat mahsulotlari va tez buziladigan mahsulotlar) talablarga javob berishini ta’minlash bo’yicha ish olib borishadi.
Keyingi bandlarda ba’zi bir davlatlarda mavjud bo’lgan shunday xavfsizlik xizmatlari haqida ma’lumotlar keltirilmoqda.

Amerika Qo’shma SHtatlari sertifikatlashtirish faoliyati


AQSHda iste’molchilarning huquqini muhofaza qilish qonuni asosida ish yuritiladi. Masalan, u erda «Milliy transport va avtomobillarning xavfsizligi», «Pestitsidlar va rodentitsidlar» haqida qonunlar mavjuddir.


AQSHning Federal hukumati sertifikatlashtirish bo’yicha uchta asosiy darajadagi dasturlarni qabul qilib tasdiqlashgan.
Birinchi darajali dastur majburiy sertifikatlashtirilgan mahsulot uchun tayyorlangan bo’lib, bularning iste’molchi uchun sog’liqqa ziyon keltirilishi mumkin bo’lgan hollarda ishlatilishi mumkin. Bu sertifikatlashtirish dasturi aviatexnikada, kemasozlikda, avtomobilsozlikda, konteynerlarda va truboprovodlardagi faoliyatlar kiradi.
Ikkinchi darajali dastur bu Davlat mudofaa departamentlari, transport, savdosotiq, elektrofikatsiya orqali mahsulotni sertifikatlashtirish ko’zda tutiladi.
Uchinchi darajali dastur mahsulot sifati, narxi va uning kelib chiqish jarayonlari ko’zda tutiladi.
Bu sertifikatlashtirish dasturlari ixtiyoriy ravishda ishlatiladi.
AQSHda alohida Qonun asosida belgilangan sertifikatlashtirish milliy boshqarmasi mavjud emas. Amerika milliy standart texnologiyalar instituti (NIST) qoshida sertifikatlashtirish komiteti ish olib boradi va sertifikatlashtirish qoidalarini ishlab chiqadi, uning reestrini olib boradi va muvofiqlikni tasdiqlash faoliyati bilan shug’ullanadi, hamda shu bilan birga sertifikatlashtirish idoralarining faoliyatini nazorat qilish faoliyati bilan shug’ullanadi.
Sertifikatlashtirishning me’yoriy bazasi bo’lmish standartlarni quyidagi tashkilotlar ishlab chiqishadi:
A merika materiallarni sinash bo’yicha jamiyati (ASTM) – keng ko’lamdagi iste’mol tovarlari uchun;
Elektr qurilmalarini tayyorlash milliy assotsiatsiyasi (NEMA) – elektr qurilmalari va elektr texnikalari uchun;
Ko’p ehtiyojdagi tovarlarning xavfsizligi bo’yicha Kengash (CPSC) – ko’p ehtiyojdagi tovarlar uchun;
Atrof-muhitni himoyalash bo’yicha Federal agentligi
( ERA) – ichki yonuv dvigatellari, er osti, suv va havo transportlari va hokazo turli xil ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish uchun; Texnologiya va standartlar milliy instituti (NIST) - majburiy standartlarni ishlab chiquvchi standartlashtirish bo’yicha hukumat idorasi.

Yüklə 135 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin