Angliya sertifikatlashtirish faoliyati Fransiya sertifikatlashtirish faoliyati


Xitoy sertifikatlashtirish tizimi



Yüklə 135 Kb.
səhifə3/4
tarix13.12.2023
ölçüsü135 Kb.
#139953
1   2   3   4
Xorijiy mamlakatlarda

Xitoy sertifikatlashtirish tizimi

Xitoy Xalq Respublikasi (XXR)da standartlashtirish faoliyati davlat qonunlari va qarorlari orqali boshqariladi va takomillashtiriladi, bu qonun va qarorlar Xitoy xalq vakillar yig’ilishida (XXVY) yoki Xitoy yuqori tashkilotlar idoralari huquq doirasida qabul qilinadigan farmoyish va buyruqlar asosida bajariladi. Metrologiya, standartlashtirish, mahsulotning sifatini nazorat qilish, eksport va import mahsulotlari bo’yicha qabul qilingan qonunlarda o’z aksini topgan. 1991 yil may oyida Xitoy Xalq Respublikasida (XXR) sertifikatlashtirish, mahsulotlarni sifatini aniqlash bo’yicha qoidalar ishlab chiqilgan. Mahsulotning sifatini aniqlovchi eng asosiy tashkilotlardan biri Davlat texnik nazorat byurosi (DTNB) va Davlat import-eksport tovarlarining boshqarmasi (DIETB) eksportga chiqariladigan va import bo’yicha olib kiriladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirishni nazorat qiladi.


Xitoyda milliy standartlarga amal qilish, sog’liqni saqlashdagi talablar, ekologiya va insonlarni muhofaza etish talablari majburiydir.
Qolgan standartlar faqatgina qo’llanishga tavsiya etilib, ammo sertifikatlashtirish tizimi talablariga ko’ra import bo’yicha mamlakatga mahsulotlarni olib keluvchi shaxslarda sifat sertifikati bo’lishi shartligi belgilangan. Bu hollarda mahsulot tekshiruvdan o’tgandan so’ng talablarga javob berganligi tasdiqlansa unga sertifikat beriladi.
Xitoyda import va eksport mahsulotlar uchun quyidagi belgilar mavjud:

  • Sog’liq uchun xavfli emas belgisi – CCIB uning rangi havo rangda bo’lib, H indeksi bilan belgilangan bo’lsa «sog’liq» belgisi sifatida qabul qilinadi.

  • Xavfsizlik belgisi - CCIB harflari sariq rang bo’lib, S indeksi bilan belgilangan bo’lsa «xavfsiz» deb qabul qilinadi.

  • Sifat belgisi - CCIB harflari qizil rangli bo’lib, Q indeksi bilan belgilangan bo’lsa «sifat» li deb qabul qilinadi.

YUqorida aytib o’tgan belgilarimizni ishlatishga ruxsat, mahsulot o’rnatilgan tartibda tekshiruvdan o’tgandan so’ng beriladi.

Rossiya Federatsiyasida sertifikatlashtirish milliy tizimini yaratilishi


Rossiya davlat standartining sertifikatlashtirish va akkreditlash tizimlarini tashkil etish bo’yicha Butunrossiya standartlashtirish ilmiy tadqiqot instituti (Vserossiyskiy nauchno-issledovatelskiy institut standartizatsii - VNIIS) bosh tashkilot bo’lib hisoblanadi.


VNIIS dunyodagi sertifikatlashtirish sohasidagi ilg’or tajribalarni mujassamlashtirib, Rossiyani dunyo bozorida mahsulot savdo sotig’i bo’yicha teng huquq bilan qatnashishiga asos solmoqda.
Institut Rossiya davlat standarti (Rosdavstandart) tashkilotining akkreditlash sohasi bo’yicha vakolatli tashkiloti hisoblanib, shunga asoslangan holda u akkreditlangan sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalarining ustidan nazoratni ham amalga oshiradi.
Bu tashkilot tomonidan korxonalarni sertifikatlashtirish sohasiga taalluqli etarli axborot va uslubiy materiallar bilan ta’minlash, malaka oshirish maqsadida sanoat xodimlari uchun maxsus o’quv kurslari tashkil qilinib, shu bilan birga ularga bu sohalar bo’yicha turli maslahat xizmatlari ko’rsatilmoqda.
Rossiyada sertifikatlashtirish tizimi "GOST" sertifikatlashtirish tizimi" deb yuritiladi. Bu ochiq tizim bo’lib, har bir tashkilot yoki korxona, agar uning qoidalari bilan rozi bo’lsa va ularga amal qilsa, unga kira olishi mumkin.
"GOST" tizimiga asos qilib, ISO va MEKlarning me’yoriy hujjatlari, shuningdek EN 45000 seriyali Evropa norma (standart)lari olingan. Tizimning asosiy qonun-qoidalari, tuzilishi va tartiblari 1991 yilda davlat standartlari tomonidan belgilangan.
Rossiyada sertifikatlashtirishni maxsus akkreditlangan Idoralar, sinov laboratoriyalari amalga oshiradi.
Sertifikatlashtirishni o’tkazish bilan bog’liq barcha harajatlar murojaat qilgan tomon hisobidan bo’ladi.
Harajatlarni to’lash yo’li har xil bo’lishi mumkin: sertifikatlashtirish xizmati uchun bir yo’la to’lash orqali, hamda sertifikatlashtiriluvchi mahsulot (sifat tizimlari) ni nazorati uchun vaqti-vaqti bilan yoki muvofiqlik belgisidan foydalanganligi uchun to’lash orqali.
Etakchi mamlakatlarning amaliy tajribalarini qo’llagan holda, quyidagi xizmatlar uchun bir yo’la haq to’lash qabul qilingan:

  • talabnomalar va boshqa sertifikatlashtirish bo’yicha taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizalari uchun;

  • mahsulot sinovlarini o’tkazish uchun;

  • sifat tizimlarini baholash va (yoki) sertifikatlashtiriluvchi mahsulot chiqaradigan korxonani attestatlash uchun;

  • muvofiqlik sertifikatini berish haqidagi qaror qabul qilinganligi, uni rasmiylashtirish va ro’yxatdan o’tkazish uchun.

Mustaqil davlatlar hamdo’stligini (MDX) tashkil qilinishi munosabati bilan sobiq Ittifoqdagi standartlarning ishlatishni chegaralash muddatlari 1992 yildan bekor kilinishiga kelishilgan. SHu maqsadda ilgarigi ba’zi standartlar hozirda ham o’z kuchlarini yo’qotgani yo’q.
Rossiya davlat standarti qumitasi va VNIIS ko’pgina, dunyoda obro’li, sertifikatlashtirish bo’yicha tan olingan mamlakatlar tizimlari bilan aloqalarni yaxshilash yo’lida ish olib bormoqdalar. Ular bu sohadagi ishlarini rivojlantirish bilan bir qatorda, mamlakatdagi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sertifikatlashtirilishini boshqa mamlakatlarda tan olishligiga harakat qilmoqdalar. SHu maqsadda VNIIS sifat tizimlarini sertifikatlashtirish bo’yicha juda ko’p chet el davlat tashkilotlari va xalqaro darajada tan olingan tashkilotlar bilan o’zaro aloqada ishlash bo’yicha bitimlari mavjud.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida bir-birining ish natijalarini tan olish maqsadida Buyuk Britaniya, Fransiya, SHvetsariya, Kanada va boshqa mamlakatlar bilan ham ikki tomonlama kelishuv imzolangan bo’lib, bunga ko’ra quyidagilar ko’zda tutilgan:

  • sertifikatlashtirish bo’yicha ekspert-auditorlar tayyorlovchi yagona maktab yaratish;

  • sertifikatlashtirish maqsadida o’tkaziladigan baholash auditlarida birgalikda tekshiruv o’tkazish;

  • sifat tizimlarini sertifikatlashtirish idorasining "sifat tizimlarini sertifikatlashtirishda javobgar bo’lgan sertifikatlashtirish idoralari uchun umumiy mezonlar" ISO\MEK 65 raqamli me’yoriy hujjatga muvofiq alohida tashkilotni tuzish bo’yicha ish boshlash.

Bundan tashqari metrologiya, standartlashtirish, akkreditlash masalalari va bu soha uchun mutaxassislar tayyorlash va boshqa shunga o’xshash masalalar ham shu kelishuvlarda ko’zda tutilgan.
YUqoridagi qayd qilingan uchta masalalardan bugungi kunda ikkitasi to’liq amalga joriy qilingan.
Bu kelishuvlar doirasida muntazam ravishda ekspert-auditorlarni tayyorlash ishlari olib borilmoqda, hamkorlikda tayyorlangan sertifikatlashtirish bo’yicha mutaxassislarning hammasi o’qish yakuniga qarab Rosdavstandart qarori bilan ekspert-auditor sifatida ro’yxatga olindi.
Rossiyada sertifikatlashtirish milliy tizimining vujudga kelishini turli tizimlar majmui holida yoki aniq mahsulot bo’yicha sertifikatlashtirishda yoxud majburiy va ixtiyoriy tus olgan sinovlarning turlari bo’yicha ifodalash mumkin.
Xulosa

Xulosa qilib shuni aytamanki,hozirgi vaqtda "Iste’molchi xuquqlarini himoyasi haqida" Qonuniga binoan havfsizlik va ekologik parametrlar bo’yicha mahsulotning sertifikatlashtirish tizimlari yanada takomillashtirilmoqda. YUqoridagi qayd qilingan uchta masalalardan bugungi kunda ikkitasi to’liq amalga joriy qilingan. Bu kelishuvlar doirasida muntazam ravishda ekspert-auditorlarni tayyorlash ishlari olib borilmoqda, hamkorlikda tayyorlangan sertifikatlashtirish bo’yicha mutaxassislarning hammasi o’qish yakuniga qarab Rosdavstandart qarori bilan ekspert-auditor sifatida ro’yxatga olindi. Rossiyada sertifikatlashtirish milliy tizimining vujudga kelishini turli tizimlar majmui holida yoki aniq mahsulot bo’yicha sertifikatlashtirishda yoxud majburiy va ixtiyoriy tus olgan sinovlarning turlari bo’yicha ifodalash mumkin.




Yüklə 135 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin