Chet el talim tizimida o`kuv dasturlarini moxiyati.
Xulosa. Chet o'qitish metodikasining predmeti. Chet til muallimligi kasb-u kor sifatida tanlaganlar zimmasiga ushbu tilni o'qitish nazariyasidan mukammal xabardor bo'lishdek vazifa yuklanadi. O'qitish ilmini metodika fani yoritadi , "metodika" so'zi yunoncha so'z bo'lib,"biror ishni maqsadga muofiq bajarish usullari majmuyi" ma'nosini bildiradi.
Chet til o'qitish metodikasi, prof. Mixail Vasilyevich Lyaxovitskiy ta'riflashicha, ta'limning maqsadlari, mazmuni, vositalari, shuningdek, chet til yordamida ta'lim tarbiya berish berish usullarini tadqiq etuvchi fandir. Metodika fani, asosan, quyidagi uch yirik mavzuni o'rgatadi: chet til o'rgatishning nazariy muammolari, nutq faoliyati turlarini o'rgatish va chet til o'gatishning tashkiliy masalalari. (Lyaxovitskiy, 1975).
Boshqacha qilib aytganda , metodika chet til o'gatish ilmi bo'lib , "chet til" ni o'quv predmeti sifatida belgilaydi, muallim va o'qituvchi faoliyatini o'rganadi va boshqa fanlar yutuqlarini o'zlashtirish va o'z qonuniyatlarini ishlab chiqish yo'llarini tadqiq etadi. Metodikada asosiy tushunchalar. Har bir fanda o'z tushunchalar yig'indisi mavjud. Chet til o'qitish metodikasida qabul qilingan asosiy tushunchalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: ta'lim sistemasi, ta'lim metodi, ta'lim prinsipi, ta'lim vositasi, metodikusul.
Pedagogika voqeligi hodisalarini sistemali-strukturali yo'nalishda o'rganishi munosabati bilan "talim sistemasi" termini keng tarqaldi. Ushbu metodik kategoriya ma'nosiga muvofiq ta'lim jarayoni sistema deb qaralmoqda. Muayyan zamon va makon doirasida amalga oshiriladigan chet til o'quv jarayoni ochiq (aniq chegara qo'yilmagan) sistema hisoblanadi va nashr etilgan chet til "o'quv metodik kompleksi"da o'z ifodasini topadi. Ta'lim sistemasida ko'zlanadigan maqsad, shakllanadigan mazmun va qo'llanadigan metod singari kategoriyalardan iborat (ularning har biri alohida boblarda yoritiladi). Ta'limni tadqiq etadigan fanlar (ta'limshunoslik va xususiy metodika)da "prinsip termini ham o'ziga xos tushunchalarni ifodalaydi . Prof. Y.I.Passov ta'biricha "prinsipo'qitish jarayoni atalmish binoning poydevoridir". Tabiatda prinsiplar yo'qligi, faqat qonunlar borligi haqida bilish nazariyasida ma'lumotlar keltiriladi. Prinsip "asos bo'ladigan yo'l- yo'riq, qonun- qoida" ma'nosida ishlatiladi. Ta'limshunoslikda xilmaxil prinsiplar tizmasi bayon etiladi. Chet til o'qitish metodistlari ta'limshunoslar tadqiqotlaridan samarali foydalanishadi, biroq ularning borligini o'zgarishsiz, befarq holda tan olaverilmaydi, ya'ni o'quv predmetini hisobga olib, ularni tadbiq etishadi. Chet til o'qitish metodikasida turli mualliflar tomonidan bir necha ilg'or prinsiplar olg'a surilgan. (Passov, 1991).
Chet tillar o'qitish metodikasida prinsiplarni tadbiq etish, ularni ilmiy-nazariy asoslab berish masalalari ko'plab metodistlar etiborini tortib keladi. Chet el va mamlakatimiz metodikasi manbalarida bu sohada munozarali fikriar yoritilgan. Avvalan, chet til o'qitish metodikasi prisiplarini olg'a surish mezonlari haqida fikr yuritiladi. Birinchisi - bu mezon chet tildan boshqa o'quv predmeti metodikasiga tatbiq etish o'rinsizligi, ya'ni predmetning o'zigagina xosligi mezoni. Ikkinchisi -chet til metodikasida shakllangan prinsipga oid ilmiy tushunchalarning hatto yaqin fanlarga ham daxli yo'qligi, mazkur sohanigina ask ettira olish mezoni. Mas. qiyinchiliklarni cheklash prinsipi boshqa fanlarni o'qitishda ham ishtirok etishi mumkin. Shu bois ta'limshunoslik yoki ruhshunoslik prinsiplari chet tilmetodikasida ushbu fanning xususiyati inobatga olgan holda tadbiq etiladi, xolos. Birgina misol: qiyinchiliklarni cheklash prinsipining chet tilda boshqa tomoni ham namoyon bo'ladi, ya'ni osondan qiyinga prinsipi bevosita qabul qilinmasdan (tish oralig'i undoshini eslang), qiyinchiliklarni taqsimlab berish orqali royobga chiqariladi.
Mazkur mezonlar asosida metodik prinsiplar tadqiq etiladi. Chet til o'qitish metodikasi prinsiplari mazmunan va shaklan bir xil emas. Ayrimlari umumlashgan (mas. nutqiy yo'nalganlik prinsipi) qo'llanadi, qolganlari esa ushbu predmet mohiyatiga o'ta xosligi bilan (mas. gramatikani