Angren universiteti



Yüklə 55,48 Kb.
səhifə3/3
tarix10.12.2023
ölçüsü55,48 Kb.
#139293
1   2   3
Nutq uslublari

5. Badiiy uslub.
Badiiy U. — tilning kommunikativ va estetik vazifalari birligi bilan boshqa U.ga xos unsurlardan keng foydalanishi, ekspressiv va tasviriy vositalarning koʻp ishlatilishi, soʻzlarning obrazli, koʻchmametaforik qoʻllanishi va sh.k. belgilari bilan ajralib turadi. Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud boʻlgan barcha lugʻaviy birliklarning ishtirok etaverishi va ularning muhim bir vazifaga — estetik vazifani bajarishga xizmat qilishini badiiy nutq U.ining oʻziga xos xususiyati deb qarash kerak boʻladi. Chunki ana shunday imkoniyat boshqa vazifaviy U.da chegaralangandir. Adabiy tilda dialektizmlar, jargonlar, varvarizmlardan, dagʻal soʻzlardan foydalanish maqsadga muvofiq boʻlmagani holda ularni badiiy U.da oʻrni bilan qoʻllash mumkin. Vazifaviy U.ning hech birida til oʻzining tuzilish jihatlari, lugʻat tarkibi, yaʼni soʻzning maʼno boyligi va rang-barangligini, toʻgʻri va koʻchma maʼnolarni badiiy nutq U.idagichalik namoyish qila olmaydi, grammatik qurilishi, yaʼni gaplarning barcha tiplari bilan ishtirok eta olmaydi. Badiiy adabiyotning barcha janrlarida soʻz ishlatish va soʻz tanlash imkoniyatlariga bir mezon bilan yondashib boʻlmaydi. Har qaysi adabiy janrning tasvir usuli, soʻz tanlash yoʻsini shu janrdagi asarning umumiy mavzusiga, janr turiga boglik boʻladi. Mas, bayon shaklida yozilgan roman, hikoyaning til vositalari bilan satirik yoki yumoristik asarning til vositalari bir xil emas. Bulardan tashqari, sinonim soʻzlarning u yoki bunisidan foydalanish ham badiiy asar janriga bogʻliq. Mac, bashar, samo, oraz, mujda soʻzlari, asosan, nazmda qoʻllanadi. Nasrda yoki soʻzlashuv nutqida esa bularning sinonimlari — odam, osmon, yuz, shamol, xushxabar soʻzlari keng qoʻllanadi. Badiiy nutq U.ida yozilgan asarlarni tasviriy vositalarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Uslubiy figuralar deb ataluvchi tasvir vositalari — inversiya, takror, oʻxshatish, sifatlash, metafora, jonlantirish, antiteza, gradatsiya, ellipsis, ritorik soʻroqlarning badiiy U.da faol qoʻllanishi bu U.ning oʻziga xos tarkibi mavjudligini koʻrsatadi. Til vositalarining vazifaviy chegaralanishi ularning nutq jarayonida ham farqlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Hulosa.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko‘rinishi nutq uslubi hisoblanadi. So‘zlar ma’lun nutq uslubiga xoslanish – xoslanmaslik belgisiga ko‘ra uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlarga bo‘linadi. Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo‘llanadigan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlar uslubiy xoslanmagan yoki betaraf so‘zlar deyiladi.
Tovush, urg‘u, bo‘g‘in, undalma, morfema, omonim, sinonim, uslubiyat kabi qator so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlardir. Chunki bu so‘zlar asosan tilshunoslik fani doirasida qo‘llaniladi.
Osmon, xalq, bayram, o‘quvchi, dars, tushlik, salomatlik, odam kabi so‘zlar barcha nutq uslublari doirasida birdek qo‘llanish imkoniga egaligi sababli uslubiy betaraf so‘zlar qatoriga kiradi. Ya’ni, so’zlashuv uslubida ham, kitobiy uslubda ham ishlatiladigan so’zlar uslubiy bеtaraf so’zlar hisoblanadi: suv, tog’, bola, xat.


Foydalangan adabiyotlar.



  1. Barkamol avlod orzusi. T., “Sharq”, 1999.

  2. I.A.Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T., “O`zbekiston”, 2000.

  3. R.Qo`ng`urov va b. Nutq madaniyati va uslubiyot asoslari. T., “O`qituvchi”, 1992.

  4. A.G`ulomov, B.Qobilova. Nutq o`stirish mashg`ulotlari. T., “O`qituvchi”, 1995.

  5. G`.Abduraxmonov, S.Mamajonov. O`zbek tili va adabiyoti. T., “O`qituvchi”, 1995.

Yüklə 55,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin