Angren universiteti


Bola shaxsini tarbiyalashning shart - sharoitlari



Yüklə 164,5 Kb.
səhifə3/7
tarix13.12.2023
ölçüsü164,5 Kb.
#139961
1   2   3   4   5   6   7
Bolalar shakillanishida taqlidning o‘rni xaqida.

Bola shaxsini tarbiyalashning shart - sharoitlari.
Bolalar jamoasini shakllantirish uchun ma’lum shart - sharoitlar zarur hisoblashadi. Bular:
bog‘cha xodimlarining о‘zaro xamjihat bо‘lishi;
bolalar hayotini tashkil etish;
о‘yinchoqlarning bolalar yoshiga, qiziqishiga mos kelishi hamda mikdor jihatdan ham bolalar soniga tо‘g‘ri kelishi;
bolalarda о‘zaro ahillik, g‘amxurlik, jamoatchilik, insoniylikni tarbiyalashga yordam beruvchi mashg‘ulotlar;
bolalar uchun har xil qiziqarli faoliyatlarni tashkil etib borish;
oila bilan mustahkam aloqa о‘rnatish,
bolalarga xulq - atvor meyorlari va qoidalarini о‘rgatib borish.
- bolalar о‘rtasida ijobiy xayrixohlik muhitini yaratish.
Demak, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jamoasiga har doim katta odam rahbarlik qiladi. Bunda bolalarning harakatlari ma’lum tomonga yо‘naltiriladi, boshqariladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda . jamoatchilik munosabatlarining boshlangich belgilari axloqiy sifatlarning murakkab guruhidir.
Bunga bolalarning dо‘stlashishi, birga о‘ynash va mehnat qilish xohishi, qobiliyati, boshqalarning xohishi qiziqishi bilan hisoblashishi, bir-biriga yordam bera olishi, topshiriqni vijdonan bajarishi, narsa va buyumlarni asrashi kabi axloqiy sifatlar majmuasi kiradi.
Bunday his - tuygu, tasavvur, tushunchalar bola shaxsining ijtimoiy yо‘naltirilgan hodda takllanishiga yordam boradi, bolada insonparvarlikning dastlabki namunalari shakllanishiga ta’sir etadi.
Bolalarda tarbiyalanadigan axloqiy xususiyatlar, xulh-atvor qoidalari orasida insonparvarlik muhim о‘rin tutadi. Insonparvarlik hissi axloq meyorlari va qoidalarini о‘rgatish asosida rivojlanadi. Buning uchun bolalarni yaxshi ishlarni qilishga о‘rgatib borish zarur. Tarbiyachi kichkina bolalarga ayrim xatti-harakatlarni syujetli о‘yinchoqlar bilan о‘ynash orqali kо‘rsatadi. Shuningdek, tarbiyachi bolalarni tengdoshlari bilan salomlashishga, hammalarini yangi kelgan kishining salomiga javob berishiga odatlantiradi, kasal bolaga xat yozishni, unga rasmlar yuborishni yoki telefon qilishni taklif etadi.
Bogchada bolalarning tug‘ilgap kunlarini nishonlash an’anasi о‘zaro munosabatlarga samimiylik kiritadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda xarakterning irodaviy xususiyatlari о‘z oldiga maqsad qо‘yib, unga erishish uchun esa har qanday qiyinchilikni yengib, boshlangan ishni oxiriga yetkaza olish, biror ishdan о‘zinii tiya bilish, ishda dalillikni tarbiyalash zarurdir.
Bolalarning kayfiyati kо‘p jihatdan bog‘cha va uyda ular hayotining tashkil etilishi va mazmuniga bog‘liq. Sog‘lom bola kattalar singari о‘zining jismoniy kuchiga va umumiy rivojlanishi darajasiga qarab tо‘laqonli yashashga harakat qiladi. U xilma - xil kechinmalar, yangi tushuncha va tasavvurlarga tashna bо‘ladi. Buning uchun tarbiyachi bolalarni sira ishsiz va mashg‘ulotsiz qoldirmasligi kerak.
Bog‘cha yoshi davrida ta’lim - tarbiya ishi tо‘g‘ri amalga oshirib borilsa, bolalarda avvalo intizomlilikni shakllantirishga yordam beradi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda intizomlilikni va xulq madaniyatini tarbiyalashda quyidagi shart - sharoitlar muhim.
tarbiyachi ota - onalarning xulq madaniyati, ma’naviy yetukligi, obrо‘ –e’tibori hamda ularning о‘zaro munosabatlari;
bolalar yashaydigan xona asbob-anjomlarning tо‘g‘ri joylashtirilishi;
bolalar guruhida, ularning rivojlanishi, yosh xususiyatiga mos bо‘lgan о‘yinchoqlarning yetarli bо‘lishi, tarbiyalashda bolaning ongliligiga asoslanishi;
tarbiyachining bolalar guruhida iltifotlilik xarakterini shakllantirish, ularni va tozalik hamda ozodalikka о‘rgatib borishi.
Demak, ta’lim-tarbiya ishini tо‘g‘ri amalga oshirib borilsa, bolalarda bunday sifatlarning hammasi muyaaffaqiyatli shakllantiriladi.

Yüklə 164,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin