Rolli o‘yin - bog‘cha yoshidagi bolalarning yetakchi faoliyatidir. Rolli o‘yin mazkur yosh davridagi bolalarning eng muhim faoliyati bo‘lib, ular bunday o‘yinda guyo katta yoshdagi odamlarning barcha vazifalari va ishlarini amalda bevosita bajaradilar. Shu boisdan o‘yin faoliyati uchun maxsus yaratiladigan sharoitlarda ijtimoiy muhit voqealari, oilaviy turmush hodisalari, shaxslararo munosabatlarini umumlashtirgan xolda aks ettirishga harakat qiladilar. Bolalar kattalarning turmush tarzi, his-tyygusi, o‘zaro muomala va muloqotlarining xususiyatlarini, o‘ziga va o‘zgalarga, atrofmuhitga munosabatlarini yaqqol voqelik tarzida ijro etish uchun turli o‘yinchoqlardan, shuningdek, ularning vazifasini o‘tovchi narsalardan ham foydalanadilar. Ammo shuni ham alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy va maishiy voqelikning barcha jabhalarini qamrab oladigan rolli o‘yin ularda birdaniga emas, balki turmush tajribasining ortishi, tasavvur obrazlarining kengayishi natijasida vujudga keladi, mohiyati va mazmuni jihatidan oddiydan murakkabga qarab takomillashib boradi.
Foydalanilgan adabiyotlar. Nishonova Z.T., Alimova G.K. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostiasi T.: TDPU 2017 – 264 b.
G‘oziyev E. Ontogenez psixologiyasi Nazariy- eksperimental tahlil T.: Noshir 2010. – 356 b.
Do‘stmuhamedova Sh.A., Nishonova Z.T.va boshqalar Yosh davrlari va pedagogik psixologiya T.: Fan va texnologiyalar 2013 – 343 b.
Shapovalenko I.V. Vozrastnaya psixologiya (Psixologiya razvitiya i vozrastnaya psixologiya): uchebnik dlya studentov vuzov. – M.: Gardariki, 2007. –349 s.
О‘zbekiston Respublikasi Konstitutiyasi. T.,О‘zbekiston. 1992.
О‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Ta’lim tо‘g‘risida»,
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T. “Ma’naviyat” 2008 y.
Karimov I. A. Barkamol avlod О‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.,