Ijtimoiy psixologiya - kishilarning ijtimoiy guruhlarga birlashishini, guruhiy tavsifni, shaxsning ruxiy faoliyati va xulq-atvorini, ijtimoiy psixologik qonuniyatlar, holatlar, hodisalar, ijtimoiy ustanovka kabilarni tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Avvallari I.p. da voqelik falsafiy nuqtai nazardan oʻrganilib kelingan, lekin shaxs, guruh, jamoa munosabatlari qamrab olinmagan. I.p. faniga umumiy psixologiya, sotsiologiya, antropologiya, eti., kriminologiya, falsafa kabi fanlar asos boʻlib xizmat qilgan. 19-asrning 2-yarmida I.p. ni fan sifatida rivojlantirishga ilk urinishlar boʻlgan. Jahon jamoatchiligi tomonidan I.p. 1908 y. dan fan sifatida tan olingan. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda AQSH va b. mamlakatlarda psixologiya muammolari yuzasidan tadqiqotlar oʻtkazila boshlandi.