Aniq faoliyat turiga ko’ra psixologiyaning quyidagi turlari mavjud: mehnat psixologiyasi



Yüklə 223,5 Kb.
səhifə16/20
tarix01.01.2022
ölçüsü223,5 Kb.
#107220
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
PSIXOLOGIYA 2

Laboratoriya (kolinika) metodi. Ko’pincha individual (goho guruh va jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo’l-yo’riqlar, tavsiyalar, ko’rsatma va ilovalardan foydalanadigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari (displey)lar, qurilmalar, moslama va jihozlar mavjud. Ko’pincha detektorlar, elektron va radio o’lchagichlar sekundamir, refleksometr, xronarefleksometr, lyuksmetr, anomatoskob, taxistoskop, audiometr, eksesteziometr, elektromognograma, elektroensefalogramma kabilardan foydalaniladi.

Laboratoriya metodi yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurning xususiyatlari, emotsional hamda irodaviy va aqliy zo’riqish singari murakkab psixik holatlartekshiriladi. Ko’pincha laboratoriya sharoitida kishilar (uchuvchi, shavyor, operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlari (halokat, portlash, izdan chiqish, shovqin ko’tarilishi)ning modellari yaratiladi. Asboblarning ko’rsatilishi bo’yicha o’zgarishlar, rivojlanish dinamikasi, jismoniy va aqliy toliqish, emotsional irodaviy, asabiy zo’riqish, jiddiylik, tanglik qanday sodir bo’layotganligini ifodaviy ma’lumotlar olinadi.

Tajriba (eksperiment) aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi) va tekshirish (nazorat) qismlarga bo’linadi. Eksperimentning aniqlovchi qismida psixik xususiyat, jarayon yoki holat, o’yin, mehnat, o’qish kabi faoliyatlar tadqiq qilinadi. Tadqiqot ob’ektining aynan shu paytdagi holati, imkoniyati aniqlanadi, lekin tekshiruvchi sinaluvchiga sub’ektiv taxsir o’tkazmaydi. Shu pallada sinaluvchiga, xatto yo’lovchi savollar ham bermaslik eksperimentningg prinsipi hisoblanadi.

Tarkib toptiruvchi (shakllantiruvchi) eksperimentda (tajribada) sinaluvchilarda biror fazilatni shakllantirish,shuningdek, ularga maqsadga muvofiq muayyan malaka, yo’l yurish va usulni o’rgatish rejalashtiriladi. Eksperiment yakka, guruh va jamoa tarzida o’tkazilishi mumkin. Buning uchun tajriba materialining hajmi, ko’lami, qancha vaqtga mo’ljallanganligini, nimalar o’rgatilishi, sinaluvchilarni qancha vaqtga mo’ljallanganligi, nimalar o’rgatilishi, sinaluvchilarni psixologik jihatdan tayyorlash oldindan belgilab qo’yilishi shart.

Tekshirish yoki nazorat eksperimentida (tajribasida) tarkib toptiruvchi (shakllantirauvchi) bosqichda shakllantiruvchi usul, vosita, yo’l-yo’riq, ko’nikma, malaka va shaxs fazilatlarining darajasining barqarorligini aniqlash, topshiriqlar beriladi. Tekshirish (nazorat) tajribasi orqali tarkib toptiruvchi sinaluvchiga mutlaqo yordam berishi mumkin emas, aks holda tadqiqot o’tkazish prinsipi buziladi.

Aniqlovchi, tarkib toptiruvchi va tekshiruvchi (nazorat) tajribalarda yig’ilgan ma’lumotlar, miqdorlar matematik statistik metodlardan foydalangan holda ishlab (hisoblab) chiqiladi, shuningdek, miqdoriy tahlil o’tqazishga tayyorgarlik ko’riladi. Statistik metodlar yordamida insonning bilish jarayonlari (sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, hayol) bilan uning individual tipologik xususiyatlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqligi va ta’xsiri (koppelyaksiyasi) bilish jarayonlarining his-tuyg’u bilan boshqarilishi, aql-zakovat omillarini tahlil qilish amalga oshiriladi.

Hozir injener psixologlar matematiklar bilan hamkorlikda inson psixikasining modelini yaratish ustida tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar, shuningdek, mediklar, fiziologlar, kibernetiklar psixikani dasturlashtirishni nihoyasiga etkazmoqdalar. Ishlab chiqarishdagi “sun’iy intellektlar”, robotlar, EHMlar ana shu izlanishlarning dastlabki samarasi hisoblanadi. 


Yüklə 223,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin