Aniq faoliyat turiga ko’ra psixologiyaning quyidagi turlari mavjud: mehnat psixologiyasi


Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 223,5 Kb.
səhifə17/20
tarix01.01.2022
ölçüsü223,5 Kb.
#107220
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
PSIXOLOGIYA 2

34.Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

T.I. psixika, yangi davr va psixologiya, maqsadi, vazifasi

Psixologiya – grekcha «psyche» - jon, rux va «logos» - ta’limot, ilm so’zlaridan iborat bo’lib, inson ruxiy dunyosiga aloqador barcha xodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil qiladi.

Biroq hozirgi davrda “jon” tushunchasi o’rniga “psixika”ni qo’llashda davom etmoqdamiz. Lingvistik nuqtai nazardan jon, psixika tushunchalari aynan bir xil ma’noni bildiradi. Lekin psixika tushunchasi bugungi kunda jondan kengroq ko’lamga ega bo’lib ham ko’zga ko’rinuvchi ham ko’zga ko’rinmovchi tomonlarini o’zida aks ettiradi. Dеmаk, qisqа qilib, psiхоlоgiyaning prеdmеti kоnkrеt shахs, uning jаmiyatdаgi хulq-аtvоri vа turli fаоliyatlаrining o’zigа хоs tоmоnlаridir, dеb tа’riflаsh mumkin.

Psixologiya fan sifatida psixikaning faktlarini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini o’rganadi desak to’g’ri bo’ladi. Hozirgi vaqtda psixologiya o’zi o’rganadigan alohida predmetiga, o’zining alohida vazifalariga, o’zining maxsus tadqiqot metodlariga egadir; uning psixologik muassasalar tarmog’i (institutlari, labororiyalari, psixolog kadrlarni tayyorlovchi o’quv yurtlari), ixtisoslashtirilgan kitob nashiriyotlari mavjud. Psixik faoliyat mexanizmlari u yoki bu psixik jarayonni amalga oshiradigan konkret anatomik-fiziologik apparatlarning ishlashini taqazo qilgani uchun ham psixologiya bu mexanizmlarning tabiati va harakatini boshqa fanlar (fiziologiya, biofizika, bioximiya, kibernetika va boshqalar) bilan birgalikda ochib beradi.

Psixika to’g’risidgi dastlabki tasavvurga ega bo’lish uchun dastavval psixika mohiyati bilan tanishamiz. Odatda, psixik xodisalar deganda ichki, sub’ektiv tajriba faktlarining (voqelikning) namoyon bo’lishi tushuniladi, boshqacha aytganda psixika hayotning sezgi, idrok, xotira, tafakkur, hayol kabi har bir olingan yaqqol shakllaridan iboratdir. Ichki, sub’ektiv tajribaning o’zi nimani anglatadi? Insondagi quvonch yoki zxerikish tuyg’ulari, uning nimalarinidir esga tushirishi, biron bir hohish yoki intilish kechinmalari, xotirjamlik yoki hayajonlanish, xadiksirash hislarining barchasi shaxsning ichki dunyosi tarkibiy qismlaridir, ya’ni ularning hammasi sub’ektiv psixik hodisalar sanaladi.

Sub’ektiv hodisalarning asosiy xususiyati – ularning bevosita sub’ektga taalluqliligidir. Agar inson idrok qilsa, sezsa, fikrasa, eslasa, xohish bildirsa, albatta ana shu hodisalarni bir davrning o’zida tushunib (kuzatib) ham turadi. Inson intilsa, ikqilansa, bir qarorga kelsa, biz ularning barchasini sodir bo’layotganligini anglab turamiz ham shuning uchun psixik hodisalar bizning ruhiyatimizda sodir bo’lishidan tashqari, ular bevosita ko’z o’ngimizda namoyon bo’lib turadi. Obrazli qilib aytganda, odamning ichki dunyosida turli hodisalar vujudga keladi, kechadi, odatda, shaxs bunday hodisalarni harakatlantiruvchi kuchi hamda ularning tomoshabini hisoblanadi.

Yuqorida ta’kidlab o’tilgan sub’ektiv hodisalar xususiyatidan kelib chiqqan holda ayrim psixologlar psixologiya fani sub’ektiv kechinmalarning paydo bo’lishi va ularning kechishi bilan shug’ullanishi zarur, uning asosiy metodi o’zini-o’zi kuzatish (shaxsning o’z fikrlari, xis-tuyg’ulari, xatti harakatlarini o’zi kuzatishi) bo’lmog’i kenrak, degan xulosaga keladilar. Lekin psixologiya fanining keyingi davrdagi taraqqiyoti bunday cheklanganlik fanni mutlaqo ta’minlay olmasligini tasdiqladi.

Psixologiya fanining o’z oldiga vazifa qilib qo’yadigan muammolari juda xilma-xil bo’lib, u eng avvalo, psixik faoliyatning asosiy qonunini belgilash, uning rivojlanish yo’llarini aniqlash, xar-bir psixik jarayonning asosida qanday mexanizm borligi, uning o’zgarish jarayonlarini ochib berish masalalarini o’rganadi. Shuning uchun ham ilmiy psixologiya boshqa barcha o’rganilayotgan fanlar orasida eng asosiy fanlardan hisoblanadiki, uning jamiyat rivojlanishi bilan ahamiyati yanada ortib va takomillashib boraveradi.

Psixologiya – inson ruhiy olamini o’rganuvchi fan. Psixika – ruhiy holatlar yig’indisi.

Psixologiyani o’rganish insonlar tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni jamiyatdagi ilg’or g’oyalar va ta’limotlarni ta’lim –tarbiya, falsafa, huquk nafosat, adabiyot va shuningdek o’quvchi yoshlarning kasbiy ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idroki, xullas insonparvar psixologiyaning barcha qonuniyatlarini o’z ichiga oladi. Mustabid tuzum rahbarlari uzoq yillar davomida insonning haq-huquqlarini cheklashga, eski andozalarga asoslangan ijtimoiy tarbiya – milliy psixologiyamizni so’zsiz itoatkorlikka moyillik ruhida totalitar mavko’raning ta’siri bilan yashashga odatlantirib keldi. Shuning uchun ham ular milliy psixologiya va umumpsixologik qonuniyatlarni jamiyat a’zolaridan mutassil sir to’tishga harakat qildilar. Shunga qaramasdan istiqlol sharofati bilan Respublikamizning etachi psixolog olimlari E. G’oziev, G’. SHoumarov, V. Karimova, B. Qodirov, M. Davletshin, A.Jabborovlar amaliy psixologiyani keng ko’lamda rivojlantirishga munosib hissa qo’shdilar.

Psixologiya fani oldiga hayot va turmush tomonidan yangi-yangi vazifalar qo’yila boshladi. Bu yangi vazifalar, birinchidan, respublikamzda yuzaga kelgan yangi ijtimoiy muhit, mustaqillik sharoiti tufayli bo’lsa, ikkinchidan, mamlakatimiz xalqlari ongidagi sifatiy o’zgarishlar istiqlol mafkurasi tufayli sodir bo’ldi. Bu ikki hol insoniyat tarixida yangi mazmundagi o’zaro munosabatlarni va yangicha faoliyat formalarini vujudga keltirdi.

Psixologiya fanining boshqa fan sohalaridan farqli tomoni shundan iborat uning amaliy-tadbiqiy jihatlari mavjud bo’lib, ijtimoiy turmushning barcha javhalarida bevosita qatnashadi, muayyan darajada ta’sir o’tkazadi. Psixologiya boshqa fanlardan farqli o’laroq o’z tadbiqiy ma’lumotlari natijalarining ko’p qira ko’p yoqlama ekanligi bilan tubdan ajralib turadi va mutlaqo boshqa sifat ko’rsatikichiga ega. Ayniqsa bu borada o’zini o’zi boshqarish alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun u tabiatni o’rganish ilmidan tafovutlanib o’zining psixik jarayonlari, funksiyalari, holatlari, xissiyoti, irodasi, xarakteri, temperamenti kabilarni boshqarishda o’z aksini topadi. Inson o’zini anglab borib, o’z insoniy hislatlari, xususiyati, sifati xulqini o’zartirish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Xozirgi kunda zamon psixologiyasi fani o’zini o’zi boshqarish va takomillashtirish, o’zini o’zi qo’lga olish, o’ziga o’zi buyruq berish, o’zini o’zi tarbiyalash bo’yicha boy materiallar to’plagan, bu esa o’z navbatida inson munosabati, maqsadi, holati, kechinmalari o’zgarishi va yangidan yaralishi haqida ilmiy tadbiqiy ma’lumotlar beradi, kundalik turmush psixiologiyasi rang-barangligini ta’minlab turadi. Psixologiya inson psixikasining aniqlash, shakllantirish, yangi sharoitga ko’chirish, takomillashtirish, rivojlanish dinamikasini ta’minlash, yangi sifat bosqichiga o’tishini qayd qilish imkoniyati borligi bilan o’ta amaliy, tadbiqiy fanga aylangandir.

Umumiy psixologiya boshqa sohalar kabi shartli ravishda qabul qilingan nomdan iborat. Psixologiya fanining ilmiy tushunchalarini, kategoriyalari (Shaxs, motivatsiya muomala, ong)ni, tadqiqot metodlarini umumiy psixologiyada umumlashtirish uchun uning boshqa sohalaridagi tekshirish natijalarini mavhumlashtirish maqsadga muvofiq.

Umumiy psixologiya fani asosiy kategoriyalar, tushunchalar, psixik jarayonlar, xolatlar, xodisalar, individual tipologik hususiyatlarni o’z ichiga oladi. 1.Psixik jarayonlar: sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, hayol va boshqalar. 2.Irodaviy jarayonlar: motiv, motivatsiya, extiyojlar, intilishlar, qaror qabul qilish kabilar. 3.Xissiy jarayonlar: emotsiya his-tuyg’ular kayfiyat, emotsional ton, stress, affekt singarilar.

Psixik holatlarga psixik jarayonlarning ma’lum bir sifatlarining ko’rinishlari kiradi. Masalan, hissiy jarayonlardan psixik holat isfatida kayfiyat, psixik hususiyatlarga qobiliyatlar va boshqalar kiradi.

Psixik holat tushunchasi psixik xolatlarga nisbatan nisbiy statikligini anglatadi. Psixik hususiyat tushunchasi esa tadqiq qilinaytgan xodisaning mustahkamligini, qaytaruvchanligini aks ettiradi va bu narsa shaxs tuzilishida o’z ifodasini topadi.



Yüklə 223,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin