Elementlarning fizik-kimyoviy xossalari Rux och kul rang geksagonal shaklda kristallanadigan metall, nam havoda oksidlanib, sirti oksid parda bilan qoplanadi, hosil bo’lgan parda ruxni yana oksidlanishdan saqlaydi. Rux kislotalar, kuchli ishqorlar, yuqori haroratda suv bilan reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda galogenlar, oltingugurt, fosfor va boshqa metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi.
2Zn +O2 = 2ZnO
Zn +CI2 = ZnCI2 Zn +S = ZnS
3Zn +2P = Zn3P2 3Zn +2NH3 = Zn3N2 + 3H2 Zn +H2O = ZnO +H2 Zn +H2S = ZnS +H2 Rux amfoter xususiystga ega:
Zn + 2HCl+ 4H2O = [Zn(H2O)4]Cl2 + H2 Zn + 2NaOH + 2H2O = Na2[Zn(OH)4] + H2 Zn + 4NH4OH = [Zn(NH3)4] + H2 + H2O
Rux suyultirilgan nitrat kislotada erib, HNO3 ni NH3 ga, konsentrlangan kislotada esa azotni oksidlariga qadar qaytaradi:
0 +5 +2 -3 4Zn + 10HNO3(suyul) = 4Zn(NO3)2 + NH4NO3 + 3H2O
0 +5 +2 +2 3Zn + 8HNO3(kons) = 4Zn(NO3)2 + 4H2O + 2NO
4Zn + KNO3 + 7KOH + 6H2O = 4K2[Zn(OH)4] + NH3 Kadmiyoq rangli, yumshoq yaltiroq metall geksagonal shaklda kristallanadi. Kadmiyning normal elektrod potensiali -0,4 volt bo’lib, ruhikidan (-0,76 volt) katta, shu sababli rux kadmiyni birikmalaridan siqib chiqaradi.
Kadmiy suyultirilgan kislotalardan (HCl, H2SO4 kabi) vodorodni siqib chiqara oladi. Kadmiy havoda oksidlanganda uning sirti oksid parda bilan qoplanadi, cho’g’lantirilganda esa qo’ng’ir tusli oksid parda hosil qiladi. U yonganda CdO bilan birga oz miqdorda CdO2 ham hosil qiladi, u yuqori haroratda juda aktiv metalldir.
CdSO4 + Zn = ZnSO4+Cd
Kadmiy oksid CdO kadmiyni havoda yondirilganda qo’ng’ir kukun kislorod oqimida qizdirilsa, qizil rangli kristall modda holida hosil bo’ladi. U suvda kam eriydi, kislotalarda yaxshi eriydi.
Kadmiy gidroksid Cd(OH)2 kadmiyning suvda eriydigan tuzlariga ishqor ta’sirida oq cho’kma holiday hosil bo’ladi. U ortiqcha ishqorda erimaydi, konsentrallangan ishqorlarda uzoq qaynatilganda Na2[Cd(OH)4] va Ba[Cd(OH)6] kabi kadmatlarni hosil qiladi. Cd(OH)2kuchsiz asos, ammiakdan erib, [Cd(NH3)4](OH)2 va [Cd(NH3)6(OH)2] kabi kompleks birikmalarni hosil qiladi. Kadmiy yumshoq yaltiroq metall, geksoganal shaklda kristallanadi.
Cd(OH)2 + 4NH3→ [Cd(NH3)4](OH)2