Anorganik kimyo



Yüklə 12,56 Mb.
səhifə14/52
tarix26.11.2023
ölçüsü12,56 Mb.
#135697
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   52
Trening kurs Anorganik kimyo

Kadmiy galogenidlar: CdF2, CdCI2, CdBr2, CdI2 sun’iy yo’l bilan hosil qilinadi. Kadmiy ftorid CdF2 suvda oz eriydi. Kadmiy xlorid CdCl · 2,5H2O suvda yaxshi eriydi. Kadmiy bromid CdBr2 texnik jihatdan juda barqaror modda. 7000C da parchalanmay bug’lanadi. Kadmiy yodid CdI2 suvda yaxshi eriydigan rangsiz qattiq modda, fotografiyada ishlatiladi. Kadmiy yodid komplekslar hosil qiladi, masalan, K2[CdI4].


Ruxning amfoterlik xossalari
Metalmaslarning va ba’zi metallarning gidroksidlari o’zlarining kimyoviy xossalari jihatidan gidroksidlarga qarama-qarshi bo’lgan birikmalar sinfi-kislotalar qatoriga kiradi. Shunday gidroksidlar ham borki, ular ham kislota, ham asos xossalarini nomoyon qiladi. Ular amfoter gidroksidlar, bu hodisaning o’zi esa amfoterlik deyiladi.
Amfoter gidroksidlarga Al(OH)3, Cr(OH)3, Zn(OH)2, Pb(OH)2 va boshqalar kiradi.
Amfoter gidroksidga misol sifatida rux gidroksidning ayrim xossalarini ko’rib chiqamiz. Zn(OH)2 boshqa asoslar singari kislotalarda erib tuz hosil qiladi va asos xossalarini nomoyon qiladi:
Zn(OH)2+ 2H+ = Zn2++ 2H2O
Ammo Zn(OH)2 ishqorlarda ham eriydi va sinkatlar hosil qiladi:
H2ZnO2↓+ 2OH- = ZnO22- + 2H2O
Rux gidroksidning ortiqcha miqdordagi ishqorda erishi quyidagi tenglama bo’yicha boradi:
Zn(OH)2↓+ 2OH-→[Zn(OH)4]2-
ya’ni kompleks anion hosil bo’ladi.
Kislotali eritmalarda rux ionlari asosan, Zn(OH)2 kationlari holida, ishqorlar muhitda esa ZnO22- anionlari holida bo’ladi.
Agar ZnO22- ioni Zn2+ kationlariga aylantirish kerak bo’lsa, eritmaga kislota qo’shish zarur. Bunda avval Zn(OH)2 cho’kmasi hosil bo’ladi, so’ngra u ortiqcha qo’shilgan kislotada erib ketadi:
ZnO22 + 2H+→ Zn(OH)2
Zn(OH)2+ 2H+→Zn2+ + 2H2O
Umumiy holda quyidagicha yozish umkin:
ZnO22-+ 4H+↔Zn2+ + 2H2O
1.O’yuvchi ishqorlar NaOH, KOH va ammoniy gidroksid rux ioni bilan kislota va ishqorlarda eriydigan (amfoter) oq rangli iviqsimon gidroksid cho’kmasini hosil qiladi:
ZnCl2+2KOH = Zn(OH)2↓+2KCl
Zn(OH)2+ HCl = ZnCl2+2H2O
Zn(OH)2+2NaOH = Na2[Zn(OH)4]
Zn(OH)2↓+2H+→Zn2++2H2O
H2ZnO2+2OH→ZnO22- +2H2O
Sinkat ionlari ZnO22- alyuminatlaridan farqli ravishda NH4Cl ta’sirida Zn(OH)2 cho’kmasini hosil qilmaydi, chunki Zn(OH)2 ammoniy tuzlarda erib ketadi.
Ammiak NH4OH Zn2+ ioni bilan Zn(OH)2 cho’kmasini hosil qiladi. Bu cho’kma mo’l NH4OH da[Zn(NH3)4]-2 rux ammikat kompleks ioni hosil qilib eriydi:
Zn(OH)2↓+6NH4OH→[Zn(NH3)6 [2+ +2OH + 6H2O
Rux gidroksidning eruvchanlik ko’paytmasi ancha katta EK Zn(OH)2=7,1∙10-18 bo’lgani sabbabli ammoniy tuzlarida ham eriydi. Shuning uchun Zn2+ ioni ammoniy tuzi ishtirokida gidroksid holida cho’kmaydi.
2. Vodorod sulfid H2S rux ionlari Zn2+ ni sulfidning oq cho’kmasi ZnS holida cho’ktiradi:
ZnCl2+H2S=ZnS↓+2HCl
Zn2++H2S=ZnS↓+2H+
Hosil bo’lgan cho’kma xlorid kislotada qisman erigani uchun cho’ktirish to’liq bo’lmaydi. Eritmaga natriy asetat CH3COONa qo’shilganda rux sulfid kuchli kislotani eritmaydigan sirka kislotaga aylantirishi mumkin.
HCl + CH3COONa = CH3COOH + NaCl
Ba’zan tarkibida Zn2+ ioni bo’lmagan eritma orqali vodorod sulfid o’tkazilganda ham oq loyqa hosil bo’ladi:
2H2S + O2=2H2O+2S↓
Zn2+ ioni H2S ta’sirida cho’kish tufayli III-gruppaning vodorod sulfid ta’sirida cho’kmaydigan hamma kationlaridan farq qiladi va bu jihatdan IV gruppa kationlariga yaqin turadi. Zn2+ ning cho’kishiga sabab shuki, ZnS ning eruvchanlik ko’paytmasi qolgan III gruppa kationlari sulfidlarning eruvchanlik ko’paytmasidan ancha kichik. Tajriba va hisoblashlarning ko’rsatishicha Zn2+ ioni, hatto pHi 2 dan kam bo’lmagan kislotali eritmalarda ham deyarli to’liq cho’kadi.
pH=2 bo’lganda H2S ta’sir ettirib III gruppa (shuningdek, II va I gruppaning ) qolgan barcha kationlari ishtirokida ham Zn2+ ioni topish mumkin. Reaksiyaga faqat Fe3+ ionigina halal beradi, chunki u H2S ni ZnS ga o’xshash oq cho’kma holida cho’kaydigan erkin oltingugurtgacha S oksidlaydi. Bunda eritmada hech qanday boshqa oksidlovchilar, masalan, MnO4; Cr2O72- ionlari H2O2 va boshqalar bo’lmasligi kerak.
3.Ditizon xloroform yoki uglerod (IV) xloridda eritilgan holatida qo’llaniladi, Zn2+ ioni bilan pushti qizil rangda ichki kompleks tuz-rux ditizonat hosil qiladi:
Reaksiyaning bajarilishi. Soat oynasiga tekshirilayotgan eritmadan 3 tomchi tomizib, unga ozroq qattiq Na2O2 qo’shiladi. Shiddatli reaksiya to’xtaganidan keyin kapilyar yordamida filtr qog’oz yuzasiga bir tomchi eritmadan tomiziladi. Cho’kma atrofida kengligi bir necha millimetrli ho’l zona hosil bo’lmaganicha kapilyar uchini qog’ozdan olmay turish kerak. So’ngra ho’l dog’ining atrofi ditizon eritmasi olingan kapilyar bilan aylantirib chiziladi. O’ziga xos qizil alanganing paydo bo’lishi eritmada Zn2+ ioni borligini ko’rsatadi. Agar Zn2+ bo’lmasa, ishqoriy muhitda ditizonga os to’q sariq tusli halqa hosil bo’ladi.
4. Mikrokristalloskopik reaksiya. Ozroq CH3COOH qo’shilgan rux tuzi eritmasidan shisha plastinkaga bir tomchi tomizib, unga (NH4)2[Hg(CNS)4] eritmsidan bir tomchi qo’shiladi. Zn [Hg(CNS)4] kristallari mikroskopda ko’riladi. Ular o’ziga xos xoch shaklida bo’ladi.
Mineral kislotalar qo’shilgan yoki suyultirilgan rux tuzi eritmasidan kristallar tomonlari teng bo’lmagan uchburchak va ponalar shaklida cho’kadi.
Metallarning kuchlanishlar qatorida ruxning tutgan o’rni quyidagicha: Bu metallarning aktivligiga bog'liq, masalan, qo'rg'oshinning biror tuzi eritmasiga bir bo'lak rux tashlansa rux eriy boshlaydi., eritmadan qo'rg'oshin ajralib chiqadi:
Zn  Pb(NO3)2 Zn(NO3)2  Pb
Ushbu reaksiyada rux o'zining valent elektronlarini qo'rg'oshin ioniga beradi. Bunda, rux oksidlanadi, qo'rg'oshin esa qaytariladi. Yuqoridagi reaksiyalarda ta'sirlashuv jarayoni metallarning sirtida sodir bo'ladi. Rux metali bilan mis (II)- sulfat eritmasi orasida boradigan reaksiyani quyidagi sxemada ko'rsatilgan asbobda o'tkazilsa, asbobning galvanometrik reaksiya natijasida elektr toki hosil bo'lishini ko'rsatadi.
CuSO4  Zn  ZnSO4  Cu
Cu2  ZnO  Zn2Cu0
Cu2  2e-  CuO
Zn0 - 2e-  Zn2

Yüklə 12,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin