Anorganik kimyo


Kadmiy, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik-kimyoviy xossalari, muhim birikmalari, ishlatilishi



Yüklə 12,56 Mb.
səhifə15/52
tarix26.11.2023
ölçüsü12,56 Mb.
#135697
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   52
Trening kurs Anorganik kimyo

Kadmiy, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik-kimyoviy xossalari, muhim birikmalari, ishlatilishi.

Kadmiyning yadro zaryadi (Z = 48) ga teng bo’lib, uning 8 ta tabiiy va 14 sun’iy izotopi bor. Kadmiy hamma vaqt rux rudalari tarkibida CdCO3 holida 1% gacha uchraydi. Tabiatda kadmiy faqat birikmalar holida rux rudalari bilan birga uchraydi. Kadmiyning CdO va CdCO3 tarkibli minerallari tabiatda CdS ga qara ganda juda oz bo’ladi.
Kadmiy texnikada rux bilan olinadi. Rux changida kadmiyni miqdori 5 % gacha bo’ladi, undan quruq va ho’l usullar bilan kadmiy ajratib olinadi. Quruq usulda rux changiga koks qo’shib qizdiriladi, bunda hosil bo’lgan bug’ni bir necha marta haydab toza kadmiy olinadi. Ho’l usulda esa tarkibida kadmiy bo’lgan rux changi xlorid yoki sulfat kislotada eritilib, eritmadan kadmiy rux bilan qaytariladi:
CdSO4 + Zn = ZnSO4 + Cd
Toza kadmiy olish uchun kadmiy vakuumda yoki vodorod oqimida bug’lantirilib, elektroliz usulda tozalanadi.
Kadmiy oq rangli, yumshoq yaltiroq metall, geksoganal shaklda kristallanadi. Kadmiyning normal elektrod potentsiali-0,4 volt bo’lib, ruxnikidan (-0,76 volt) katta, shu sababli rux kadmiyni birikmalaridan siqib chiqaradi.
Kadmiy suyultirilgan kislotalardan (HCl, H2SO4 kabi) vodorodni siqib chiqara oladi. Kadmiy havoda oksidlanganda uning sirti parda bilan qoplanadi, cho’g’lantirilganda esa qo’ng’ir tusli oksid parda hosil bo’ladi. U yonganda CdO bilan birga oz miqdorda CdO2 ham hosil qiladi, u yuqori haroratda juda aktiv metalldir.
Kadmiy oksid CdO- kadmiyni havoda yondirilganda qo’ng’ir kukun kislorod oqimida qizdirilsa, qizil rangli kristall modda holida hosil bo’ladi. U suvda kam eriydi, kislotalarda yaxshi eriydi.
Kadmiy gidroksid Cd(OH)2 -kadmiyning suvda eriydigan tuzlariga ishqor ta’sirida oq cho’kma holida hosil bo’ladi. U ortiqcha ishqorda erimaydi, konsentrlangan ishqorlarda uzoq qaynatilganda Na2[Cd(OH)4] va Ba[Cd(OH)6] kabi kadmatlarni hosil qiladi. Cd(OH)2 kuchsiz asos, ammiakda erib, [Cd(NH3)4] (OH)2 va [Cd(NH3)6(OH)2] kabi kompleks birikmalarni hosil qiladi. Kadmiy yumshoq yaltiroq metall, geksoganal shaklda kristallanadi.
Cd (OH)2 + 4NH3 → [Cd(NH3)4](OH)2


Yüklə 12,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin