C ho‘yanning olinishi. Cho‘yan tarkibi asosan temir oksidlaridan iborat bo‘lgan temir rudalaridan domna pechlarida–domnalarda suyuqlantirib olinadi. Domna pechlari o‘tga chidamli g‘ishtlardan qurilgan, balandligi 27–31 ml gacha bo‘ladigan minoralardir. Domnaning yuqori qismidan temir rudasi, koks–C, flyus–ohaktosh va qum aralashmasi beriladi. Domnaning pastki qismidan furmalar–maxsus teshiklar orqali 600–800°C gacha qizdirilgan havo purkaladi. Ko‘pincha havo bilan toza kislorod ham purkaladi (kislorodli purkama). Koksning yonishidan domnada yuqori harorat hosil qilinadi.
Kislorodli purkama haroratning ko‘tarilishiga va cho‘yan suyuqlantirishni tezlashishini ta’minlaydi. Domnada koks harorat va qaytaruvchi vazifasini bajaruvchi SO manbasi bo‘lib xizmat qiladi.
Domnada quyidagi jarayonlar yuz beradi:
koksning bir qismi yonib, CO2hosil qiladi
C O2 CO2 yuqori haroratda CO2 koks bilan ta’sirlashib, CO ga aylanadi
3Fe2O3 CO 2Fe3O4 CO2 Fe3O4 CO 3FeO CO2 FeO CO Fe CO2 rudadagi qo‘shimchalar flyus bilan oson suyuqlanuvchan, yengil moddalar–shlak hosil qiladi
CaCO3 CaO CO2 CaO SiO2 CaSiO3 Rudadan qaytarish natijasida olingan g‘ovak temir CO, koks uglerodi, kremniy, marganes, fosfor, oltingugurt bilan ta’sirlashib, suyuq cho‘yan hosil bo‘ladi. Cho‘yan va shlak domnaning quyi qismi–gornga oqadi. Gornda ikki suyuq qatlam–yuqorida shlak, pastda cho‘yan qatlami hosil qiladi. Shlak qatlami cho‘yanni oksidlanishdan himoya qiladi. Cho‘yan va shlak davriy ravishda mahsus tirqishlar orqali domna pechidan chiqarib turiladi.
Domna pechi 10 yilgacha uzluksiz ishlatiladi. So‘ngra pech ta’mirlanadi. Domna pechida sutkasiga 10000 t atrofida cho‘yan olish mumkin. Keyingi yillarda domnaga kislorod bilan tabiiy gaz ham purkash yo‘lga qo‘yildi. Тabiiy gaz tarkibidagi metan yonib, karbonat angidrid va suv bug‘larini hosil qiladi, ular esa cho‘g‘langan ko‘mir bilan ta’sirlashadi, natijada domna gazi is gazi va vodorod–kuchli qaytaruvchilar bilan boyiydi:
CH4 2O2 CO2 2H2O