Nazorat savollari Topshiriq-1. G. Brand 1735 yilda yangi kimyoviy elementni topdi. Bu metalldan shisha uchun chiroyli bo’yoq olish mumkinligini aniqladi uni oksidi asosida olinadigan bo’yoqlar hozirgacha keng qo’llaniladi.Shuni eslatib o’tish kerakki G.Branddan avval ham ko’k shisha va emallar mavjud bo’lgan. Misr fravni Tutanxomon qabridan ko’k shisha buyumlar jumladan 1 ta Cu bilan emas balki…..bo’yalgan buyum topilgan.Bu qaysi element.
Topshiriq-2. Bu metallning tuzlari o’zining rang-barang tovlanishi bilan ajralib turadi. Nomi grek mifologiyasida kamalak ma’budasi sharafiga atalgan. Hozrigi kunda bu metalldan xotira-fleshka tayyorlanadi. Sun’iy fotosintez hosil qilishda u metalga murojaat etiladi. Metallni toping?
Topshiriq-3. Bu og’ir metall oq rangda tovlanadigan O’rta asr konchilari va metalurglarining dushmani bo’lgan afsonaviy makkor mitti odamsimon mavjudot gnomlar nomiga qo’yishgan.O’sha vaqtda Ag ga o’xshash ruda qayta ishlanganda Ag chiqmagan undan zaharli tutun chiqar edi. Bu yangi element ……….topishga erishildi.
11-MAVZU X-guruh elеmеntlari
Ni-nikel. Kashf etilishi: nikelni mustaqil kimyoviy element sifatida 1751 yilda shvedsiyalik mineralog va kimyogar A.Kronshtedt rudadan yangi metall ajratib oldi. Uning nomi konchilar rivoyatidagi “Stariy Nik” laqabli jinning nomidan olingan.U mis rudalarini unga o’xshash mineralga almashtirib qo’yish bilan konchilarni chalg’itishni yoqtirar edi. O’rta asr metallurglari bu mineralni suyuqlantirib, hech narsa ololmagan edilar. Shuning uchun uni nikel deb atadilar nikel “yolg’onch mis“ degan ma’noni anglatadi. Nikel metallining xossalarni XIX asr boshlaridagina nemis texnologi va kimyogari I.Rixter sinchiklab o’rgandi.
“Yolg’ochi mis” namunasi
Tabiatda tarqalishi: Erkin holda nikel metioritlar tarkibida uchraydi. Yer po’stlog’ida nikel har doim kobalt kabi asosan mishiak va oltingugurt bilan birikkan holad uchraydi. Nikel Kanadada, Uralda , Krasnoyarskiy va Kol’skom yarim orolidagi birikmalar tarkibida uchraydi.
Rossiyada birinchi nikel ishlab chiqaradigan zavod 1984 yil qurilgan avallari chetdan olib kelingan.
Fizik xossasi:Toza nikel- kumushsimon –oq rangli, yengil , yaxshi egiluvchan, korroziyaga chidamli. Nikelning xossalari kobaltga juda o’xshash, zichligi 8,9g/ml, atom og’irligi 0,25 ga kam(kichik) qiladi, suyuqlanish temperaturasi 1455 ◦ C, issiqlikni yaxshi o’tkazadi, magnitga yaxshi tortiladi.