Anorganik kimyo



Yüklə 12,56 Mb.
səhifə6/52
tarix26.11.2023
ölçüsü12,56 Mb.
#135697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Trening kurs Anorganik kimyo

O ltin. Nodir metall, tabiatda tug’ma holda uchraydi. Tellur bilan birikmasi bor. AuAgTe4 – silvanit deyiladi. Klaverit tarkibida Au2Te dan iborat.
Toza oltin sariq tusli yumshoq metall, zichligi 19,3 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 1063ºC, juda plastik. Undan qalinligi 0,0002 mm bo’lgan zarqog’oz tayyorlash, yoki 1 g oltindan uzunligi 3 km bo’lgan ip tayyorlash mumkin.
Tabiatda 19779Au 100 % holatda uchraydi. Oltinnig radioaktiv izotopi 19879Au, uning yarim yemirilish davri 2,7 kun. Bu izotop radioaktiv indikator sifatida ishlatiladi.
Oltin suv, kislotalar, kislorod, nitrat kislota, sulfat kislota ta’sirida oksidlanmaydi. Oltin galogenlar bilan odatdagi sharoitda juda oz ta’sirlashadi, lekin ftor bilan 300- 400 °C da ta’sirlashadi. Xlorning suvdagi eritmasi uni oson oksidlaydi:
2Au + 3Cl2 → 2AuCl3
Bu reaksiya xlor ioni ishtirokida tezlashadi. Bunda suvda eruvchan H[AuCl4] kompleksi hosil bo’ladi. Oltin sianid ionlari ishtirokida tez oksidlanadi:
4Au + 8NaCN + O2 + 2H2O = 4Na[Au(CN)2] + 4NaOH
Oltin zar suvida eriydi:
Au + 3HCl + HNO3 = H[AuCl3] + NO + 2H2O
Olinishi. Oltin rudalarni yuvish orqali olinadi. Yoki uning simob bilan amalgamasini parchalash orqali olinishi mumkin.
Hozirgi kunda oltin olishning sianidli usuli bor. Bu usulga ko’ra ruda kaliy sianid yoki natriy sianid bilan yuviladi:
4Au + 8NaCN + O2 + 2H2O = 4Na[Au(CN)2] + 4NaOH
Eritmadan oltin boshqa biror metall (Zn, Fe) bilan ajratib olinadi:
2K[Au(CN)2] + Zn → K2[Zn(CN)4] + 2Au
Ishlatilishi. Ag va Pt bilan qotishtirilgan holda ishlatiladi. Oltin buyumlar oltin bilan mis qotishmasidan tayyorlanadi. Dunyoda ishlab chiqariladigan oltinning ko’p miqdori davlat omborlarida valyuta zahirasi sifatida saqlanadi. Oltin asosan taqinchoqlar tayyorlash uchun ketadi. 1000 qism qotishmaga nisbatan oltinning massasi ko’rsatiladi. Bu yerda tamg’a bor. 750, 583, 500 va 375 tamg’a qo’yiladi. Ko’rsatigani oltin, qolgani qo’shimchalar. Shu paytgacha topilgan tug’ma oltinning eng katta miqdori 112 kg bo’lib, Janubiy Afrika Respublikasida kavlab olingan.
1800 yilda dunyo bo’yicha 18 tonna, 1900 yilda 400 tonna, 1970 yilda 1500 tonna oltin (sobiq SSSR hisobga olinmagan) ishlab chiqarilgan.

Oltinning hamma birikmalari termik beqaror. Oltin (I) oksidi, oltin (I) sulfidi erimaydigan brikmalar, Au+3 birikmalari ancha barqaror. Oltinning xlor bilan reaksiyasi 150-300°C oralig’ida ketadi. Pastroq haroratda (150°C) AuCl3 yuqori haroratda (300°C) AuCl hosil bo’lishi kuzatilgan.
AuCl och sariq rangli kukun modda, oson parchalanadi:
2AuCl →2Au+Cl2
Kaliy dibromoauratga kuchli ishqorlar ta’sir etganda oltin (I) gidroksidi hosil bo’ladi:
2K[Au(Br)2]+2KOH →2AuOH↓+4KBr
AuOH beqaror brikma, u oson parchalanadi :
2AuOH→Au2O+H2O
Au2O qizdirilsa parchalanadi:
2 Au2O→4Au+O2
Unga vodorod ta’sir ettirilsa, oltin hosil bo’ladi:
H2+ Au2O→H2O+2Au
Au2O disproporsiyalanish reaksiyasiga uchraydi:
2Au2O+ Au2O→ Au2O3+4Au
AuBr, AuJ, Au2S - qora modda, AuCN – jigar rang modda.


Yüklə 12,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin