Fizik xossalari : Skandiy oqish kul rang metall. Bu guruhda skandiy eng yuqori suyuqlanish haroratiga ega. Juda mo‘rt metall. Suyuqlanish harorati 1539°C.Kimyoviy xossalari. S kandiy ko‘p metallaslar bilan ta’sirlashadi. Suyultirilgan xlorid, sulfat va nitrat kislotada yaxshi eriydi. Uning oksidi Sc2O3 form ulaga ega. Gidroksidi bo'lsa Sc(OH)3 tarkibli.
Skandiy oksidi va gidroksidi amfoter xossaga ega:
Sc2O3+ 2 NaOH = 2NaScO2+ H2O
NaScO2 natriy metaskandatlar hosil b o 'ladi. ScF3 kompleks a n io n hosil qilish qobiliyatiga ega bo'lib, bunday komplekslar ftorskandatlar deyiladi:
ScF3+ 3NaF = Na2[ScF6]
Eritmada juda oson gidrolizga uchraydigan akva — ion hosil bo 'lishi ma’lum:
[ Sc(H2O)6]3+ Skandiy gidridi ScH 2 formulaga ega bo'lib, qora kukun, metallsimon tarkibli gidrid. ScF3 suvda erimaydi. Skandiyning xloridlari, bromidlari bo'lsa suvda yaxshi eriydi. Suvdagi eritmalardan kristallogidratlar holida ajraladi Sc2(SO4) 3·5H 2O .
Skandiy oson qo'sh tuzlar hosil qiladi, masalan, Sc2(SO4) 3-K2SO4. Xossalari jihatidan skandiy s elementlarga o'xshab ketadi, d va s- elementlar orasidagi holatni egallaydi.
Ishlatilishi. Skandiy metllarning sifatini yaxshilash uchun ishlatilib, yadro texnikasida neytronlar harakatini sekinlashtiruvchi modda sifatida qo'llaniladi. Skandiy guruhi elementlarining amaliy aham iyati hali batafsil o'rganilmagan.
Kashf qilinishi: (lot. Scandia, elеmеnt kashf etilgan joy - Skandinaviya nomidan). D. I. Mеndеlеyеv davriy sistеmani tuzganda bu elеmеnt topilmagan bo‘lsada, u o‘zining davriy qonuniga asoslanib, 21-joyni bo‘sh qoldirdi va bu elеmеntning borligini oldindan aytdi, butun xossalarini ko‘rsatib, unga ekabor dеb nom bеrdi. Haqiqatan ko‘p o‘tmay (1879-yilda Skandinaviyada) bu elеmеnt topildi va D. I. Mеndеlеyеvning aytganlari to‘g‘ri chiqdi.