Anorganik kimyo



Yüklə 12,56 Mb.
səhifə31/52
tarix26.11.2023
ölçüsü12,56 Mb.
#135697
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52
Trening kurs Anorganik kimyo

Davriy sistemadagi o’rni: Volfram (lat . Wolframium) Mendeleev davriy sistemasining VI gruppasida , VI davrida joylashgan kimyoviy element . Uning nisbiy atom massasi 183,85 , yadro zaryadi esa +74 ga teng .
Fizik xossasi:Yaxlit W oq-kumushrangli modda.Uning suyuqlanish harorati +3410C (quyosh sirtidagi kabi ), qaynash harorati esa +5900C Volfram juda og’ir (qo’rg’oshindan 1,7 marta og’ir) yaltiroq toq kulrang metall. Qiyin eriydigan mеtall; zichligi 19,3 g/sm3; W 20000C qizdirilganda uning qarshiligi 14 marta ortib ketadi.
Kimyoviy xossasi: Kub shaklidagi kristall kumushday oq, og‘ir mеtall, suvda erimaydi, konsеntratlangan qaynoq KOH da eri­maydi, NH3 da HNO3 da va zar suvida oz eriydi.
Volfram barcha metallar orasida eng qiyin suyuqlanadigan metalldir.U birikmalarda 0, +2, +3, +4, +5, +6 oksidlanish darajalarini namayon qiladi.W odatdagi haroratda barqaror.Yuqori haroratda havoda oksidlanib WO3 ga o’tadi.Suv bug’i cho’g’ holatdagi volframga ta’sir etganda vodorod bilan WO2 hosil bo’ladi.Kukun holidagi W odatda ftor bilan reaksiyaga kirishadi.Azot hatto 15000C da ham reaksiyaga kirishmaydi, W vodorodni ham yutadi.Nitrat kislota (zar suvi) volframni faqat sirt qisminigina yemiradi.W nitrat kislota bilan ftorid kislota eritmasida asta-sekin eriydi.Lekin W soda bilan selitra aralashmasida qizdirilsa, oson yemiriladi.
O linishi:Volframli rudalar tarkibida WO3 55-65% bo‘l­gunga qadar gravitatsiya, flotatsiya yoki magnitli sеparatsiya usullari bilan boyitiladi. So‘ng ikki xil usul bilan – volframli boyitma soda bilan kuydirilib yoki avtoklavda eritma yordamida qayta ishlanadi. Ikkinchi usuli boyitma kislotalar yordamida eritiladi. Olingan volframit natriy turli qo‘shimchalardan tozalangach, HCl yordamida volfram kislotasi H2WO4 olinadi. 500-6000C da toblash natijasida toza (III) oksid volfram olish mumkin. Paravolframit olish uchun esa ammiakli usul bilan unga qayta ishlov bеriladi. Volfram (III) oksidi vodorod yordamida qaytarilib, (700-9000C) sof volfram kukuni olinadi. Toza volfram mеtalini olish uchun olingan volframli kukunlar shtabik holatiga kеltirish uchun zichlanadi. So‘ng ular elеktr nurlash usuli bilan eritib olinadi.
Ishlatilishi:Har qanday elektr lampochkada qizdirilgan volfram tola nur chiqaradi. Lekin elekrotexnika maqsadlari uchun volframning nisbatan kam miqdori sarflanadi Taxminan 20000 lampa tayyorlash uchun 1 kg volfram kifoya Volfram karbidi WC qattiqligi jihatidan olmosga yaqinlashadi, yedirilishga chidamli va qiyin suyuqlanadi. Volfram, nikel va mis qotishmasi radioaktiv moddalar saqlanadigan konteynerlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Bu qotishmaning himoya ta’siri qorg’oshinnikidan ancha yuqori.

Volfarma xalq xo’jalaigining turli sohalarida qo’llaniladi

Yüklə 12,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin