Anorganik kimyo



Yüklə 12,56 Mb.
səhifə40/52
tarix26.11.2023
ölçüsü12,56 Mb.
#135697
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52
Trening kurs Anorganik kimyo

C ho‘yanning olinishi. Cho‘yan tarkibi asosan temir oksidlaridan iborat bo‘lgan temir rudalaridan domna pechlarida–domnalarda suyuqlantirib olinadi. Domna pechlari o‘tga chidamli g‘ishtlardan qurilgan, balandligi 27–31 ml gacha bo‘ladigan minoralardir. Domnaning yuqori qismidan temir rudasi, koks–C, flyus–ohaktosh va qum aralashmasi beriladi. Domnaning pastki qismidan furmalar–maxsus teshiklar orqali 600–800°C gacha qizdirilgan havo purkaladi. Ko‘pincha havo bilan toza kislorod ham purkaladi (kislorodli purkama). Koksning yonishidan domnada yuqori harorat hosil qilinadi.
Kislorodli purkama haroratning ko‘tarilishiga va cho‘yan suyuqlantirishni tezlashishini ta’minlaydi. Domnada koks harorat va qaytaruvchi vazifasini bajaruvchi SO manbasi bo‘lib xizmat qiladi.
Domnada quyidagi jarayonlar yuz beradi:

  1. koksning bir qismi yonib, CO2 hosil qiladi

C  O2  CO2

  1. yuqori haroratda CO2 koks bilan ta’sirlashib, CO ga aylanadi

CO2  C  2CO

  1. CO temir rudasini erkin temirgacha qaytaradi

3Fe2O3  CO  2Fe3O4  CO2
Fe3O4  CO  3FeO  CO2
FeO  CO  Fe  CO2

  1. rudadagi qo‘shimchalar flyus bilan oson suyuqlanuvchan, yengil moddalar–shlak hosil qiladi

CaCO3  CaO  CO2
CaO  SiO2  CaSiO3
Rudadan qaytarish natijasida olingan g‘ovak temir CO, koks uglerodi, kremniy, marganes, fosfor, oltingugurt bilan ta’sirlashib, suyuq cho‘yan hosil bo‘ladi. Cho‘yan va shlak domnaning quyi qismi–gornga oqadi. Gornda ikki suyuq qatlam–yuqorida shlak, pastda cho‘yan qatlami hosil qiladi. Shlak qatlami cho‘yanni oksidlanishdan himoya qiladi. Cho‘yan va shlak davriy ravishda mahsus tirqishlar orqali domna pechidan chiqarib turiladi.
Domna pechi 10 yilgacha uzluksiz ishlatiladi. So‘ngra pech ta’mirlanadi. Domna pechida sutkasiga 10000 t atrofida cho‘yan olish mumkin. Keyingi yillarda domnaga kislorod bilan tabiiy gaz ham purkash yo‘lga qo‘yildi. Тabiiy gaz tarkibidagi metan yonib, karbonat angidrid va suv bug‘larini hosil qiladi, ular esa cho‘g‘langan ko‘mir bilan ta’sirlashadi, natijada domna gazi is gazi va vodorod–kuchli qaytaruvchilar bilan boyiydi:
CH4  2O2  CO2  2H2O

Yüklə 12,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin