Anorganik kimyo



Yüklə 12,56 Mb.
səhifə44/52
tarix26.11.2023
ölçüsü12,56 Mb.
#135697
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   52
Trening kurs Anorganik kimyo

Birikmalari:
Osmiy (VIII)-oksid OsO4-bu elementning barcha oksidlari ichida eng barqaroridir, osmiy havoda saqlagandayoq sekin-asta OsO4 hosil bo’ladi.Bu oksid oson suyuqlanuvchan (suyuqlanish temperaturasi 400 ga teng), och sariq tusli kristallik moddadir.Osmiy (VIII)-oksid bug’i o’tkir hidga ega bo’lib nihoyatda zaharli.
Osmiy (VIII)-oksid suvda ancha yaxshi eriydi, shu bilan birga, uning eritmasiga lakmus tushirilsa, kislotali reaksiya namoyon bo’lmaydi.Ammo L.A.Chugayev jahonda birinchi bo’lib (1918 yilda), osmiy (VIII)-oksid kuchli ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib, beqaroq kompleks birikmalar hosil qilishini topdi. Osmiy (VIII)-oksidda kuchli oksidlash xossalari bo’lganligi uchun, u organik moddalar bilan shiddatli suratda reaksiyaga kirishib, o’zi qora tusli osmiy (IV)-oksid OsO2 gacha qaytariladi.
O sO4 ning mikroskopik preparatlarni bo’yash uchun ishlatilishi ana shunga asoslangan.
OsS2-to’q-qoramtir tusli kristall, suvda, ishqorlar kuchsiz va konsentratlangan kislota (HNO3, H2O2, HClO4) larda erimaydi, zar suvida parchalanadi. Organik moddalarni sintez qilishda ishlatiladi.
OsCl4—qizg’ish-qoramtir tusli kristall, gigroskopik, suv va vodorod xloridda gidrolizlanib, kompleks birikmalar hosil qiladi, organik erituvchilarda erimaydi.
OsCl4+2H2O=OsO2+2H2[OsCl4]
OsO2 — jigarrang-qoramtir tusli modda. Osmiy metalini NO bilan yoki OsO4 ni qizdirib hosil qilinadi. OsO2 qizdirilganda OsO4 va O2 hosil qilib disproporsiyalanadi.
OsO4rangsiz uchuvchan kristall, o’tkir hidga ega, juda zaharli modda. Organik moddalar ta’sirida oson qaytariladi. Bu oksid kislotalarda oz miqdorda eriydi, kuchli oksidlovchi, ishqorlarda erib [OsO4(OH2)3]-2 tarkibli ionlar hosil
qiladi:
OsO4 + 2NaOH = Na2 [OsO4 (OH)2]

Yüklə 12,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin