Anorganik kimyo



Yüklə 12,56 Mb.
səhifə49/52
tarix26.11.2023
ölçüsü12,56 Mb.
#135697
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Trening kurs Anorganik kimyo

Kimyoviy xossasi: nikel havo va suv, ayrim kislotalarga, barqaror, chunki uning sirtida barqaror himoya parda hosil bo’ladi.Nikel suyultirilgan kislotada oson eriydi, qizdirilganda barcha galogenlar va oltingugurt bilan raksiyaga kirishadi.Ni o’z birikmalarida +2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
Ishlatilishi:Nikeldan idishlar sirtini himoyalashda va qotishmalar olishda ishlatiladi. XIX asrda Evropada nikelning yangi qotishmasi (neyzilber) olingan bo’lib u kumushga o’xshash bo’lgan.Uning tarkibida mis, nikel bo’lib, undan qoshiq, vilka, samovar, mashina qismlari yasalgan.
Nikel metallarni oksidlovchilardan saqlash uchun qoplanadi. Uni elektr toki yordamida amalga oshirilib “nikellash” deyiladi. Nikelning mis va ruxdan iborat boshqa qotishmasi nikelin deb ataladi. U katta elektr qarshilikka ega bo`lib, reostatlar. Etalon qarshiliklarga ishlatiladi.
Nikel, xrom, temir va marganes qotishmasi (nixrom) yuqori temperaturada katta elektr qarshilikka ega bo`ladi va elektr isituvchi asboblar (plitalar, dazmollar va qaynatgichlar) tayyorlashda qo`llaniladi.
Nikelni temir, marganes va uglerod bilan hosil qilgan qotishmasi-invar (o`zgarishga uchtamaydigan) juda kichik temperaturaviy kengayish koefisiyentiga ega bo`lib, aniq o`lchov asboblari (mayatniklar, uzunlik o`lchagichlari) tayyorlanadi. 68% nikel, 28% mis, 2,5 % temir va 1,5 marganes tarkibli qotishma yuqori kimyoviy turg`unlikka ega bo`lib kimyoviy zavodlar apparaturalari va qismlarida qo`llaniladi.
Platiniy qotishmasi tarkibida nikel va uglerod bo`lib, shisha singari kichik issiqlikka kengayish koefisientiga ega.
Tabiatda nikel mishyak yoki oltingugurt bilan birikmalar holida uchraydi. Bularga kupfernikel NiAs, mishyak-nikel yaltirog`i NiAsS kabi va boshqa minerlalarni ko`rsatish mumkin. Nikel konlari Kanada, Rossiya, Qozog`istonda uchraydi.

Nikel konlari va nikelning yer yuzida joylashgan qatlamlari


Nikel xalq xo`jaligida keng qo`llaniladi. Uning ko`pgina qotishmalari olingan. Temir, mis, rux va boshqa metallar bilan hisil qilgan qotishmalari qotishmalarni mustahkam, korroziyaga berilmaydigan va issiqlikka bardoshli qiladi. Invar, platinit, nixrom, nikilin kabi va boshqa qotishmalar sanoat ahamiyatiga ega materiallardir. “Alni”, “alniko” kabi qotishma. Nikel oksidlaridan NiO , Ni2O3 lar, gidroksidlaridan Ni(OH)2 va Ni(OH)3, tuzlaridan NiSO4∙ 7H2O ahamiyatlidir.
Pd-palladiy.
1902 yilda nemis astronomi G. Ol’bers birinchi marta kichik planeta Sererunida aniqladi, ikkinchi kichik planetani Palladiy deb nomladi.
Bir qancha yildan so’ng V .Vollaston platina oilasiga mansub yangi elementni aniqladi va uni palladiy deb nomladi. Palladiy platina rudalari va oltinli qum tarkibida bo’ladi.Palladiyning suyuqlanish temperaturasi 1550 C, zichligi 12g/ml. Agar kolbaga vodorod va kislorod to’ldirilsa, reaksiyaga kirishmaydi, lekin palladiy kiritilsa, suv hosil bo’ladi.
Palladiy boshqa platina oilasi elementlariga qaraganda kimyoviy ta’sirlarga chidamsiz. Palladiy va oltin qotishmasi zargarlik buyumlari olishda keng qo’llaniladi. Uning o`ziga xos xususiyati ko`p miqdordadagi vodorodni yutishidir. 1 hajm palladiy 900 hajm vodorodni yutadi. Bunda metall o`z ko`rinishini saqlagan holda hajmi ortadi, sinadigan bo`lib qoladi. Yutilgan vodorod atomar holatda bo`lganligidan faolligi bilan ajraladi. Vodorodni yutgan palladiy plastinkasi xlor, brom va yodni galogenvodorodlarga o`tkazadi, uch valentli temir tuzlarini ikki valentlilarga o`tkazadi, sulfit angidridni oltingugurt va vodorodga o`tkazadi.Go`zal ko`rinishga egaligi sababli u zargarlikda qo`llaniladi.
Kimyoviy jihatdan o`z guruhchasidagi elementlarga qaraganda faolroq hisoblanadi. Qattiq qizdirilganda oksidi PdO ga o`tadi, nitrat kislotada qaynoq sulfat kislota va zar suvda eriydi.



Yüklə 12,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin