Anorganik kimyo



Yüklə 12,56 Mb.
səhifə5/52
tarix26.11.2023
ölçüsü12,56 Mb.
#135697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Trening kurs Anorganik kimyo

Mis (I)-oksid Cu2O tabiatda qizil tusli ruda yoki kuprit holida uchraydi. Mis tuzi eritmasiga ishqor va kuchli biror qaytaruvchi (formalin yoki uzum shakari) ni ta’sir ettirilsa, Cu2O hosil bo’ladi. Mis (I) tuzlari suvda erimaydigan rangsiz, kuchli qaytaruvchi moddadir.
Mis (II)-oksid CuO qora rangli qattiq modda, tabiatda uchraydi, laboratoriyada kukun yoki donador holida bo’ladi. Mis metalini, uning tuzlarini havoda qizdirish yoki parchalash yo’li bilan olinadi:
(CuOH)2CO3 = CuO +H2O +CO2
CuO salgina qizdirilsa, vodorod yoki ko’mir bilan qaytariladi:
CuO + H2 = Cu + H2O; CuO + C = Cu + CO
CuO kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi, ammo suv bilan reaksiyaga kirishmaydi.
Mis (II)-gidroksid Cu(OH)2 och ko’k rangli iviq cho’kma, kuchsiz asos, uni mis (II) tuzlariga ishqor ta’sirida olinadi:
CuSO4+ 2NaOH = Cu(OH)2↓ + Na2SO4
Mis (II) gidroksid (tuzlari ham) ammiakda erib tarkibida [Cu(NH3)4]2+ ion bo’lgan kompleks birikmalarni hosil qiladi.
Mis (II)-sulfat CuSO4∙5H2O mis kuporosi (yoki to’tiyoyi) misga havo ishtirokida H2SO4 ni ta’sir ettirib olinadi. CuSO4 ∙ 5H2O qizdirilsa, kristallizatsiya suvi yo’qoladi, natijada suvsiz oq kukun hosil bo’ladi. Bu tuz qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda, misni rafinlashda, tibbiyotda, to’qimachilikda, bo’yoqchilikda ishlatiladi.
Cu + H2SO4 = CuSO4 + SO2 + 2H2O
Mis (II)-xlorid CuCl2∙2H2O va mis (II)-nitrat Cu(NO3)2 ∙6H2O - suvda yaxshi eriydi, havodagi namni o’ziga tortadi, qizdirilsa suvni yo’qotib, jigar rangli CuCl2 ni hosil qiladi, Cu(NO3)2 esa oq kukundir.
Mis inson, hayvon va o’simlik uchun oz miqdordagi zarur element. Mis organizmda 10-3-10-4% bo’lib, oqsillar (gemokuperin, seruloplazmin, kuproprotein va boshqalar) va ayrim fermentlar tarkibida bo’ladi, shuningdek mis birikmalari gemoglobin va fosfolipidlarni sintezi uchun zarur bo’lib hisoblanadi.
K umush. Tabiatda kumush juda kam tug’ma holda uchraydi. Muhim tabiiy birikmasi Ag2S, qo’rg’oshin rudalarda va boshqa rudalarda qo’shimcha tarzida bo’ladi. Kukun holiga keltirilgan jinsga natriy sianid eritmasi bilan ishlov berish natijasida kumushning suvda eriydigan kompleks tuzi hosil bo’ladi.
Ag2S + 4NaCN = 2Na[Ag(CN)2] + Na2S
Kumush rux vositasida siqib chiqariladi.
2Na[Ag(CN)2] + Zn = Na2[Zn(CN)4] + 2Ag
Kumush tabiatda ikki xil izotop 10747Ag (51,35 %) va 10947Ag (48,65 %) holatida keng tarqalgan. Uning radioaktiv izotopi 11047Ag bo’lib, yarim yemirilish davri 253 kun.
Toza kumush oq tusli yaltiroq metall, zichligi 10,5 g/sm3 suyuqlanish harorati 960,5ºC ga teng. Yuqori issiqlik va elektr o’tkazuvchanlikka ega. Yumshoqroq bo’lgani uchun 87,5% kumush bilan 12,5% Cu dan iborat qotishma holida ishlatiladi. Yuqori qovushqoqlikka ega. Undan ingichka sim tayyorlasa bo’ladi. Simob bila amalgamalar hosil qiladi:
Ag3Hg3, Ag3Hg2, Ag3Hg4
Kumush kislorod, vodorod va kislotalar bilan oksidlanmaydi. Ozon bilan oksidlanadi. Nitrat va konsentrlangan sulfat kislota bilan yuqori haroratda oksidlanadi:
2Ag + 2H2SO4 = Ag2SO4 + 2H2O + SO2
3Ag + 4HNO3 = 3AgNO3 + NO + 2H2O
Gaz holidagi xlorid kislota bilan yuqori haroratda reaksiyaga kirishadi:
2Ag + 2HCl(g) → 2AgCl + H2
Kumush galogenlar bilan qiyin oksidlanadi. Nam havoda kumush vodorod sulfid ishtirokida havo kislorodi bilan oson oksidlanadi. Kumushdan yasalgan taqinchoqlarni qorayib qolishining sababi ana shundadir:
4Ag + 2H2S + O2 = 2Ag2S + 2H2O
Kaliy sianid ishtirokida kislorod va vodorod peroksidi ham kumushni oson oksidlaydi:
2Ag+H2O2+4KCN=2K[Ag(CN)2 ]+2KOH
2H2O+4Ag+O2+8KCN=4K[Ag(CN)2] +4KOH
Kumushning olinush usullari: 1. Sianid usuli:
AgCl+2KCN=K[Ag(CN)2] +KCl
Ag2S+4KCN=2K[Ag(CN)2] +K2S
Zn+2K[Ag(CN)2] =2Ag+K2[Zn(CN)4]
Amalgamalarni parchalab olinadi:
Ag3Hg=3Ag+Hg
Kumush idishlar, asboblar, taqinchoqlar, jarrohlik uskunalari tayyorlashda ishlatiladi. Taqinchoqlar tayorlashda tamg’a (proba) qo’yiladi. Kumush tamg’asi 800-875 orasida. Bu 1000 tarkibiy qisimda 800 -875 qism kumush, qolganlari qo’shimchalar ekanligini ko’rsatadi. Ko’p miqdorda kumush birikmalari fotografiya maqsadlari uchun sarflanadi.
A g+1 birikmalari. kumushning oksidlanish darajasi +1 bo’lgan birikmalari ko’p uchraydi. Lekin+2 va+3 birikmalari ham bor. Kumush II va III valentligi birikmalar juda beqaror, faqat kompleks birikmalar holida mavjud.
Ag2O qora qo’ng’ir rangli kristall modda:
2Ag2O= 4Ag+O2
H2+Ag2O=H2O+2Ag
H2O2 +Ag2O=O2+2Ag+H2O
Bu reaksiyalarda kumush oksidi oksidlanuvchi. Kumush (I)oksidi ammiakda yaxshi eriydi:
Ag2O+4NH4OH=2[Ag(NH3)2]OH +3H2O
Bu reaksiyalarda kompleks asoslar hosil bo’ladi.
AgOH beqaror birikma bo’lib, kumush nitratga ishqorlar ta’sir qilib olinadi:
2AgNO3+2NaOH=2AgOH ↓+2NaNO3
2AgOH↓=Ag2O+H2O
Kumushning galidlari kumush ftoriddan boshqasi yomon eriydi:
HF+AgF=H[AgF2]
3HF+AgF=H3[AgF4]
Kumush oksidi HF da eriydi va eruvchan tuz AgF ni hosil qiladi:
Ag2O+2HF=2AgF+H2O
AgF ni Ag2CO3 ga HF ta’sir etib ham olish mumkin:
Ag2CO3 +2HF=2AgF+H2O+CO2
AgF∙2H2O yoki AgF∙4H2O rangsiz kristallar hosil qilishi kuzatilgan. AgCl ammiak bilan oson komplekslar hosil qiladi:
[Ag(NH3)2]Cl, Na3[Ag(S2O3)2] Na[Ag(CN)2]
Ag+ ioni kuchsiz kislotali muhitda kuchli oksidlovchi:
Zn+2AgNO3=2Ag+Zn(NO3)2
Kumush xloridi AgNO3ga xlorid kislota tuzlari ta’siridan olinadi:
AgNO3+NaCl =AgCl ↓+NaNO3
Kumush xlorid fotoqog’ozlarda ishlatiladi:
2AgC l=2Ag+Cl2
Kumush bromid fotoplyonkada ishlatiladi. AgBr ishlatilishi uning yorug’lik ta’sirida parchalanib, kukun holidagi Ag metali ajratib chiqarish xossasiga ega:
2AgBr=2Ag +Br2
Kumush galidlari fiksaj ta’sirida eriydigan galogenidlar hosil qilib plyonka va qog’ozdan nur ta’sirida o’zgarishga uchramagan galidlar qavatini yo’qotadi:
AgG+2Na2S2O3=Na3[Ag(S2O3)2]+NaG
AgNO3 ko’zgu ishlab chiqarishda, galvanotexnikada, kumushning boshqa birikmalari hosil qilish uchun dastlabki mahsulot sifatida ishlatiladi. Fotografiyada
2AgBr = 2Ag + Br2
Ag kompleks hosil qilishga moyilligi kuchli;
a) AgNO3 + KCN = ↓AgCN + KNO3
b) AgCN + KCN = K[Ag(CN)2]
Kumushning sianli kompleks birikmalari eritmasi buyumlarni galvanik usulda kumushlash uchun ishlatiladi, chunki buyum sirtida bir tekis, silliq, zich metall qatlami hosil bo’ladi.

Yüklə 12,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin