Anorganik kimyo



Yüklə 12,56 Mb.
səhifə51/52
tarix26.11.2023
ölçüsü12,56 Mb.
#135697
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Trening kurs Anorganik kimyo

Birikmalari:
H2[PtCl6]-platinaning zar suvida erishidan gesaxlorplatinat kislota hosil bo’ladi; bu kislota eritma bug’latilganda H2[PtCl6]∙6H2O tarkibli qizg’ish-qo’ng’ir kristallar holida ajralib qoladi.Bu modda platinaning sotiladigan odatdagi preparatidir.Bu kislotaning kaliyli tuzi kaliyning eng qiyin eruvchan tuzlaridan biridir.Shu sababli, kaliyni topish uchun qilinadigan kimyoviy analizlarda ana shu tuzning hosil bo’lishidan foydalaniladi. H2[PtCl6] xlor oqimida 3600C gacha qizdirilsa, bu modda ajralib, HCl chiqaradi va platina (VI)-oksid PtCl4 hosil bo’ladi.Agar geksoxlorplatinat kislotaning eritmasiga ishqor quyilsa, qo’ng’ir cho’kma Pt(OH)4 hosil bo’ladi. Bu modda platinat kislota deb ataladi, chunki u mo’l ishqorda eritilsa, tuz hosil qiladi.
Platina (II)-xlorid-PtCl2- kukunga aylantirilgan platina ustidan xlor o’tkazilganda hosil bo’ladi. PtCl2 yashilroq tusga ega bo’lib, suvda erimaydi.
Ikki valentli platina ko’pdan-ko’p kompleks tuzlar hosil qiladi.Ulardan eng muhimlari tetrasianoplatinat kislota H2[Pt(CN)4] ning tuzlaridir.Bu kislotaning bariyli tuzi Ba [Pt(CN)4] ga ultrabinafsha nurlar va rengen nurlari ta’sir ettirilsa, u ravshan fluoressensilanadi va rengenoskopiyada fluoressensilanuvchi ekranlarga yurirish uchun ishlatiladi.
PtO2- to’q qizg’ish-qoramtir tusli kristall, suvda, kislotalarda erimaydi. Termik beqaror, 200 °C dan yuqori temperaturada parchalanadi. Bu oksid Pt(OH )2 ni termik parchalab olinadi.
Pt(OH)2 — qora rangli cho’kma, suvda erimaydi, kislotalar ta’siriga chidamli, suyuqlantirilgan ishqorlar bilan qisman reaksiyaga kirishadi.
Pt(OH)4 —to’q-qo’ng’ir rangli cho’kma, suvda erimaydi, amfoter xossaga ega. Kislota va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib, anion kompleks birikmalar hosil qiladi:
Pt(OH)4 +6HCl = H2[PtCl6] +4H2O
Pt(OH)4 + 2NaOH = Na2[Pt(OH)6]

Yüklə 12,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin