Anorganik kimyo



Yüklə 12,56 Mb.
səhifə9/52
tarix26.11.2023
ölçüsü12,56 Mb.
#135697
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52
Trening kurs Anorganik kimyo

Nazorat savollari:
KEYS
Bugungi kunda shaharlarimiz va ayniqsa kasalxonalar atrofida juda ko’p archalarni uchratamiz. Archa va o‘rmonlar havosida bir gaz to'planadi. Bu gaz bilan sil kasaliga uchragan bemorlar nafas olsa, ularning sog‘ayib ketishi tezlashar ekan. Bu gazning 4,48 litri kumush sirg’a bilan ta’sirlashib sirg’a qora rangli birikmaga aylanib qoldi?
Topshiriqlar:

  1. Qaysi gaz ajralgan?

  2. Nima sababdan kasallar bu gaz bilan nafas olganda sog’aygan?

  3. Qora rangli birikma nima?

  4. Qancha qora rangli birikma hosil bo’lgan?

Keys yechimi:
1) Aniqlanishicha, archa o‘simligi havoga ozon (O3) gazi chiqarar ekan.
2) Ozon gazi esa beqaror bo’lib molekular va atomar kislorodga parchalanadi. Ozon aralashgan havo bilan nafas olinganda atomar kislorod ta’sirida kasallik tez tuzalar ekan.
3) Kumush sirg’a havodagi ozonni o’ziga biriktirib oksidlanadi.
2O3 + 2Ag = (AgIAgIII)O2 + 2O2
4) 24,8 g
3-MAVZU
XII GURUH ELЕMЕNTLARI
Bu guruhchaga rux, kadmiy va simob metallari kirib, rux guruhchasi nomi bilan ataladi. Ushbu guruhchadagi elementlar atomlarida faqat tashqi elektron qavatdagi elektronlargina valent elektronlar hisoblanadi, shu jihatdan mis guruhchasi elementlaridan farq qiladi. Bu guruh metallarning elektron konfiguratsiyalari quyidagicha:
Zn;[Ar]3d104s2;
Cd;[Kr]4d105s2;
Hg;[Xe]4f145d106s2;
Bu elementlarning hammasi og’ir metallardir, simob odatdagi haroratda suyuq bo’ladi. Bular havoda kam oksidlanadi, odatdagi haroratda suyuq bo’ladi, odatdagi haroratda suv bilan reaksiyaga kirishmaydi, gidroksidlari kuchsiz asoslardir. Rux gidroksid esa amfoterdir. Ruxdan simobga o’tgan sari yadro zaryadi ortishi bilan qaytaruvchanlik aktivligi kamayadi, metallarning bog’lanishi osonlashadi, metallik xossalari esa zaiflashadi.

Yüklə 12,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin