ANTIK DAVR OLIMLARINING SINKRETIK QARASHLARI
Izzat Ikramovich Yuldashev
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada Antik davr va qadimgi yunon olimlarining
sinkretik-ilmiy va madaniy-sinkretik qarshlari haqida mulohazalar ochib berilgan.
Maqolada antik davr sinkretik qarashlarining madaniy va ilmiy aspektlari ilmiy-tahliliy
tarzda yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: sinkretizm, madаniyat, antik davr.
SYNCRETIC VIEWS OF ANCIENT SCIENTISTS
Izzat Ikramovich Yuldashev
Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: This article discusses the syncretic-scientific and cultural-syncretic
opposites of ancient and ancient Greek scholars. The article scientifically analyzes the
cultural and scientific aspects of syncretic views of antiquity.
Keywords: syncretism, culture, antiquity.
KIRISH
“Falsafa qomusiy lug‘ati” kitobida “sinkretizm” - yunoncha “synkretismos” -
birlashtirish, qo‘shish ma’nosi bildirilishi o‘laroq, biron bir hodisani qismlarga
bo‘linmasligini, rivojlanmaganligini ifodalovchi tushuncha sifatida qayd etilgan
[2. B-
369.]. Lekin ushbu lug‘atda qayd etilgan izoh Antik davr ilm-fanida tadqiq etilgan
nazariy qarashlardan, madaniyatshunoslikda o‘rganilgan sinkretizm haqidagi
mulohazalardan u yoki bu darajada farq qiladi.
Miloddan avvalgi V-VI asrlarda tabiat to‘g‘risidagi bilimlar va falsafa hali bir-
biridan ajralmagan edi
[1. B-29.]. Garchand antik davr falsafasinng, madaniyatining ilk
bosqichida olam haqidagi ilmiy-nazariy mulohazalar hali asotiriy qarashlardan to‘liq
ajralmagan bo‘lsa ham, odamlar tomonidan narsa-hodisalar o‘zlashtirilishi orqali,
salohiyat va bilimlar madaniy jihatdan jamoa va jamiyat ehtiyojlarini, manfaatlarini
ta’minlash uchun qo‘llanilganini hamda egallangan bilimlarning endigina
differensiallashuv, konkretlashuv, aniqlashtirilish tarzda qaror topish uchun muhim
imkoniyatlar, sharoitlar sifatida yuzaga kelganini alohida ta’kidlash lozim.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Yunon faylasufi Parmenid fikricha, borliq ko‘plik, o‘zgarish bo‘lib kelmagan,
boshqa narsalardan kelib chiqmagan holda, u yakkadir
[3.B-223.]. Parmenidning
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
26
http://oac.dsmi-qf.uz
bilishda aql maqomiga alohida e’tiborni qaratgani o‘laroq, uning butun real jarayonlar
to‘g‘risidagi qarashlari ko‘p jihatdan, noilmiy, mifologik xususiyatga ega ekani
ma’lum [4. B-257.]. Garchi Parmenid olamni o‘zgarish, ko‘p tomonlama hodisalar
bilan kelishiga e‘tibor qaratmagan bo‘lsa ham, lekin u borliq deganda, narsalar
butunlikka yakkalik va ajralmas tarzda jam bo‘lishini ishora etgan.
Pifagor olamda narsa-hodisalar voqe bo‘lish mohiyatini sonlarning mavjudligi,
zaruratligi, birlamchi ekani, garmonik tarzda voqe bo‘lishi sifatida tushunib, ularning
koinot, tabiat va estetik qarashlardan ajratib bo‘lmasligiga ishora etadi.
Madaniyatshunos O.Xateyeva raqamni garmonik prinsipi, dialektik sintez sifatida
tushungan Pifagorchilarni butun koinotda sonning ijodiy mohiyati haqidagi ta’limotni
ishlab chiqqanlariga bejizga urg‘u bermagan edi
[9. B-19.]. Bu borada, L.Jmud
Pifagorning musiqiy ohanglar bilan koinot jismlari o‘rtasida garmonik birligi haqidagi
qarashlarini ilmiy jihatdan atroflicha tadqiq etgan edi [6. B-219.].
Anaksimandr moddiy borliqdagi narsa-hodisa, holatlar bir-biriga aloqador, biri
ikkinchisiga o‘tishi tarzda qarama-qarshilikni, yakka asosda birikishni yuzaga keltirib,
ularning hammasi apeyronda mujassamlashganini va undan ajralib chiqishini
ta’kidlagan edi [3. B-16.]. Anaksimandrning apeyron to‘g‘risidagi ta’limoti
butunlikning doimiyligi va organik tarzda birlashayotgan hodisalarning qarama-
qarshiliklar bilan birga ajralmas bo‘lib kelishiga ham ishora etadi.
Anaksagor fikricha, jahon “aqli” (“nus”) - eng yengil va nozik modda bo‘lib, u
barcha narsalar to‘g‘risidagi bilimga hamda buyuk qudratga ega bo‘lib, ularni
harakatga keltiradi va tartibga soladi, turli xil unsurlarni bir-biridan ajratadi, ularning
bir xillarini esa qo‘shadi [3. B-27.]. Anaksagorning “umum hamma narsada”, degan
g‘oyasi Kvant fizikasi nazariyasiga u yoki bu darajada muvofiq kelgan holda, ushbu
nazariyadagi elementar zarrachalarning bir-biriga ta’siri, bog‘lanishi ko‘p tomonlama,
tasodif tarzda butunlikda voqe bo‘lishi ifodalaniladi. Anaksagor ta’kidlagan
substansional aspekt - hodisalarning bir-biridan ajratish, ularning ba’zilarini qo‘shish
sifatida ifodalangani bilan birga, u Anaksimandr tomonidan izohlangan narsalar
qarama-qarshiligi va birikishi voqeiy umumiyat tarzda ajralmasligi haqidagi
tushunchaning aynan o‘zi emas edi. Chunki Anaksagor ta’sirlarning natijasiga
signifikativ, differensial va integratsiya xususiyatiga ko‘ra ko‘proq e’tibor bergan
bo‘lsa, Anaksimandr borliqning butunlikda hodisalarning ajralmasligi tarzda alohida
urg‘u qaratgan.
Suqrot esa, bilim - umumiylik haqidagi fikr, tushuncha sifatida to‘xtalib,
tushunchalarni ta’riflar orqali ochilishiga, induksiya orqali umumlashtirilishiga urg‘u
qaratib o‘tgan edi [4. B-296.]. Suqrotning o‘z axloq-odob tushunchalarini ta’riflashga
va umumlashtirish namunalariga urg‘u qaratishida uning yondashuvi ma’lum darajada
tartibli, sinkretik-tizimli bo‘lgani ifodalaniladi.
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
27
http://oac.dsmi-qf.uz
Aflotun insoniyat yashab turgan g‘oyalar dunyosini haqiqiy dunyo sifatida urg‘u
qaratgan holda, u bunda insondagi faoliyatlar, harakatlar, undagi yagona maqsad
axloqiy idealga qayta-qayta o‘tib borish tarzda amalga oshirilib, shu g‘oyalar olamiga
qo‘shilib ketishini nazarda tutgan edi [3. B-226-227.]. Aflotun hech qanday g‘oyalar
rol o‘ynamaydigan butunlikda, umumiyatda bir narsani ikkinchisidan ayirish mumkin
emasligini, bunda har qanday narsa-hodisalar qandaydir shaklsiz, anglab bo‘lmas xaos,
betartiblik ekaniga urg‘u berib o‘tgan, shu bilan birga, narsalarning g‘oyasi ularning
zaruriy elementlari birligi tarzda voqe bo‘ladi deb e’tibor qaratgan [3. B-226.].
G‘oyalar dunyosi haqidagi ta’limot umumiylik tushunchasiga tayanilib, ba’zan u
butunlikda jismlarning metafizik tarzda differensiallashuvini va mutlaqlashtirilishini
ham nazarda tutadi.
Arastu fikricha, Aflotunning g‘oyalar to‘g‘risidagi ta’limotining chalkashlikka,
qiyinchilikka olib kelishi sababi umumiylikni yakkalikka nisbatan mutlaqlashtirishi
hamda umumiylikni yakkalikka qarama-qarshi qo‘yilganligida [10. B-88.]. Arastu
Aflotunning xatosini umumiylikni tan olishi emas, balki g‘oyalarning alohida mavjud
deb tan olishida hamda umumiylikni yakkalikka qarama-qarshi qo‘yilishida, deya
urg‘u berib o‘tgan ekan [10. B-88.]. Faylasuv S.Yuldashev Arastuning mulohazasini
yakkalikdan umumiylikka borar ekanmiz, xususiy bilimni umumiylikka va
zaruriylikka aylantirib, xususiy holatlardan qonunga sakrashga urg‘u qaratgan [10. B-
102.].
Epikur esa, Aflotunning g‘oya, Arastuning “birinchi dvigateli - birinchi
harakatlantiruvchi kuch” haqidagi qarashlarini qattiq tanqid qilib, u bu borada
atomistik qarashlardan kelib chiqib yondashgan, jismlarning birikishi va ajralishi
atomlarning miqdor jihatidan qo‘shilishi va kamayishidan iboratdir [10. B-139.].
Epikurning ushbu fikri boshqa ilmiy-sohaviy qarashlariga ham o‘ziga xos ta’sir
o‘tkazgan. Epikurning ijtimoiy qarashlaricha, davlat boshqaruvida faoliyat
yuritayotgan odamlar konsensusga kelishi aktual hisoblanadi. Bunda kelishuv
(konsensus) u yoki bu darajada garmonik xarakterga ham ega bo‘lib, insonlar
o‘rtasidagi munosabatlar bir-biriga ziyon qilmaydigan, bir-birini qo‘llab-
quvvatlaydigan, pragmatik, tashabbuskor harakatlar, faoliyatlar va ishlar orqali,
umumiy tarzdagi konsensusning voqe bo‘lish g‘oyasi nazarda tutilgan edi. Ushbu
umumiy kelishuv g‘oyasi ijtimoiy qarashlarning sinkretik xususiyatlaridan kelib chiqib
yondashilishiga ishora etadi.
Akademik A.Losev sinkretizm haqida antik davrdagi gnostitsizm talimotiga
tayanib mulohaza bildirgan holda, gnostik qarshlarni nasroniylik e’tiqodidagi ilohiyot
bilan birga qayd etib, ularni sezgi bilan biriktirilganiga hamda inson, tabiat, dunyo,
ilohni tubdan shaxsiy bo‘lmagan tushuncha sifatida ahamiyat qaratilganiga urg‘u
beradi [7. B-185-186.]. Biroq A. Losevning gnostiklar sinkretizmi haqidagi qarashlari
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
28
http://oac.dsmi-qf.uz
bilan L.Tixomirov tadqiq etgan gnostitsizm sinkretizmi to‘g‘risidagi xulosalarning
mazmun-mohiyat jihatidan ayrim o‘xshash va yaqinlik tomonlari ham mavjud.
L.Tixomirov eng hilma-xil sinkretik birlashmalarni antik yunon gnostitsizmi
orqali egallanganini, qadimgi misrliklar, bobilliklar, hindlar, qisman yahudiylik va
nasroniylik falsafiy qarashlari bilan birlashtirilganini tahliliy jihatdan o‘rganib chiqqan
edi [8. B-196.]. L.Tixomirov yangi pifogorizm, har xil gnozis, filonizm, keyinroq yangi
platonizm, germetizm, manixeyizm va boshqalarni turli e’tiqodlarda qabul qilingan
bilimlarning turli xil qismlariga ko‘ra sinkretik tarzda birlashish istagining namoyon
bo‘lishi sifatida urg‘u qaratib o‘tgan [8. B-196.]. Manbalarda gnostitsizm yunoncha
“gnosis”, “gnostikos” so‘zi tarzda qayd etilib, bu fenomen bilish ma’nosini
anglatadigan tushunchadir [3. B-92.]. “Falsafa: ensiklopedik lug‘ati”da gnostitsizm
antik davr oxirlarida yuzaga kelgan falsafiy-diniy yo‘nalish deb qayd etilib, moniylik,
o‘rta asr dualizmini o‘z ichiga oluvchi “gnostik dinlar” oqimining birinchi bosqichi
sifatida ta’kidlangan [3. B-81-82.]. Ushbu manbada gnostitsizm turli sharq dinlari
(iudaizm, zardushtiylik, Misr va Bobil dinlari), xristianlik, yunon falsafasi va
boshqalarni umumlashtirib sintez qilishga uringani, xristian aqidalarini Sharq
mamlakatlaridagi diniy-falsafiy bilimlar bilan bog‘lashga intilgani va olamni dualistik
nuqtayi nazardan tushuntirishga harakat qilgani urg‘u berilgan [3. B-82.]. Gnostiklar
turli falsafiy va ba’zi sharqona e’tiqodiy qarashlar xususiyatlarini shuchaki
birlashtirishni emas, balki ular ayni shunday xususiyatlar bilan nasroniylik
kontekstlarini sinkretik tarzdagi, garmonik darajadagi diniy-irratsional ta’limot qaror
topishini ko‘zlashgan edi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
S.Gutova antik davr oxiridan ХХ asrning birinchi yarimigacha ilmda sezilarli
ta’sirni ta’kidlagan holda, neoplatonizmning nazariy va uslubiy tamoyillari, tizimli
ifoda shakllari umumiy birlik tizimlarini qurishga asos bo‘lganini ta’kidlaydi [5. B-21-
22, 310.]. Antik davr faylasuvlari olamdagi narsa-hodisa, predmet va jarayonlarni
o‘zlari ishlab chiqqan, ilgari surgan ta’limotlari asosida ularni o‘zlaricha (ammo, ilmiy-
mulohaza asnoda) mantiqiy jihatdan birlashtirishga, sinkretik-ilmiy tarzdagi tuzilmaga
keltirishga urinishgan edi. Ayni shunday urinishlar antik davr ilmiy qarashlarining
mifologik sinkretik tafakkurdan yangicha ilmiy-nazariy ta’limotlar va “sinkretik
qoliplar”ning qaror topib, rivojlanib, so‘ngra kengayib (murakkablashib) borishida o‘ta
muhim rol o‘ynagan edi. Faylasuf va madaniyatshunos Yu. Arxipova birlikka qaytish,
dunyoning asl garmoniyasiga o‘tmish g‘oyalarini aktuallashtirish sifatida ta’kidlagan
holda, qadimgi insonning sinkretik tafakkurini mantiqiy asos sifatida qadimgi yunon
falsafasi, o‘rta asr diniy madaniyati, an’anaviy xalq madaniyati, zamonaviy kosmizm
falsafasini olam asoslarini anglashda birlashganiga urg‘u berib o‘tgan [1. B-119.]. U
ilmiy bilimlar rivojlanishining zamonaviy bosqichi, ixtisoslashuvi va
differensiallashuvi ko‘proq fanning birligiga tobora moyillik bilan tavsiflamilishini
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
29
http://oac.dsmi-qf.uz
qayd etgani o‘laroq: “Barcha ilmiy bilimlarni integratsiyalashuvining asosiy omillari
umumiy metodlar, nazariyalar, tadqiqot tamoyillar - matematik, kibernetik, tizimli,
shuningdek, ularni differensiallash orqali bilimlarni sintez qilish - mavjudlari tutashgan
joyda yangi fanlarni yaratishdir” - deya ta’kidlaydi [1. B-107.].
Tarixiy jarayonlar silsilasi shuni anglatadiki, insonlarning munosabatlari qolipida
ba’zan eklektik qarashlardan chiqib, kritik-analitik va argumental-kreativ to‘xtamga
kelish, sinkretik qarashlar tomon tartibga tushish, tizimlashib borish, garmoniya,
birlashish (hatto nihoyasiga yetmagan tarzda ham) amalga oshgan bo‘lsa, ba’zan
obyektga munosabat qilishda notekis-nomutanosib, abstraktiv-nohaqqoniy tarzda
sinkretik qarashlardan chetga chiqib, eklektik qarashlarga moyilliklar kuzatilganiga
ham ishora etadi. Dunyoviy munosabatlarda inson butunlikning ikki qarama-qarshi
yo‘lidan birini o‘zi tanlab kelgan, u o‘z madaniy-umuminsoniy, ruhiy-gumanistik,
ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy-haqqoniy qarashlari qay darajada rivojlanganiga qarab,
(ba’zida mutlaq bo‘lmasa ham) o‘zicha ma’qul topgan yo‘nalishda ketavergan. Inson
mana shunday tanlovlarda ba’zan adashgan bo‘lsa, ba’zan boshqa paytda tegishli
xulosalar chiqarib o‘zini-o‘zi takomillashtirib, hayotini tartib-intizom asosida
qurishga, pragmatik, ijobiy tomonlama tizimli turmush kechirishga, narsa-hodisalarni
obyektiv o‘rganish uchun haqqoniy bo‘lishga o‘z e’tiborini qaratib kelgan ongli
xilqatdir.
XULOSA
Antik davr va qadimgi yunon falsafiy ta’limotlariga ko‘ra, narsalar yaxlitligi va
eklektik holati haqidagi qarashlar bir-biridan imkon qadar (kamchiliklari bo‘lsa ham)
sekin-asta, o‘ziga xos tartibli, tizimli tarzda farq etib borganini, o‘sha zamon eklektizmi
bilan sinkretizmi ko‘pincha muayyan ehtiyoj va manfaatlar uchun bir-biriga
qorishtirilib qo‘llanilganini, butunlik-mushtaraklikka qaratilgan ilmiy-ratsional
pozitsiyalarning konsensusi masalasi hali ancha bahsli va ilmiy munozarali tarzda
umumiy yechim topmaganini, ba’zida chalkashliklari kuzatilib turilganini ifodalaydi.
Lekin antik davrdagi atoqli olimlarning butunlik, yaxlit olam, narsa-hodisalar haqida
umumiyatni u yoki bu substansiya tarzda nazarda tutib ilgari surgan mulohaza va
ta’limotlari zarurat bo‘lib turgan yangicha sinkretik qolipdagi g‘oyalar qaror topishi
uchun (ayniqsa, intensiv-ratsional jihatdan) ijobiy ta’sirni ko‘rsatmasdan qolmagan
edi.
Dostları ilə paylaş: |