Aseptika deb , operatsion jaroxatga mikroblar tushishininig oldini olishninig ta`minlaydigan tadbirlar kompleksiga aytiladi.
Shu maqsadda tashkiliy tadbirlar, fizik omillar, ayrim antiseptik va kimyoviy prepetarlardan foydalaniladi.
Kuydirib sterelizatsiya qilish
Kuydirib sterelizatsiya qilish- kuydirishda sterelizatsiya yahshi bo`lmaydi va a sboblarni ishdan chiqaradi. Shu maqsadda sterelizator qopqog`iga yoki tog`orachaga asboblarni qo`yib, ozroq miqdorda 96 % li spirt qo`yiladi va yoqiladi. Spirt yonib bo`lgandan so`ng asboblarni ishlatish mumkin.
Quruq isssiq bilan ster-a qilish - metaldan yasalgan asboblarni ster-a qilishda birmuncha keng tarqalgan. Shu maqsadda quruq issiqlik beradigan shkafdan foydalaniladi. Shkaf bekitiladi va elektr tarmog`iga ulanadi, 10-15 daqiqa o`tkach shkafdagi harorat 120-140 % gacga ko`tariladi. ster-a muddati 30 minut. Bu usulda ster-a ishonchli bo`ladi va asboblar ishdan chiqmaydi.
Avtokavlash
Avtokavlash- bosim ostida bug` bilan ster-a qilishdir.operatsiya uchun choyshablar , bog`lov materiallari , rezina qo`lqoplar asboblar, qon quyish uchun sistemalar va boshqalarni a vtokavlash mumkin. Avtokavlash tuzilishi va turi jihatidan har hil bol`adi.
U odatda qo`sh devorli metall qozondan iborat bol`ib, devorlari oraqsiga suv qo`yiladi. Ster-a qilinadigan materiallar maxsus biksga solinib avtokavlavga qo`yiladi. Bosim bilan bug` harorati orasida uzviy fizikaviy bog`lanish mavjud: ! atm,da 120% gacha, 1.5 atm.da 127% ga, 2 atm.da 134% ga teng.
a) tarkibida 3 xil modda bo`lgan eritmada 3 soat mobaynida ster-yalash
b) 2% li xloramin eritmasida 1 soat mobaynida ster-sh.
g) 1:1000 sulema eritmasida 1 soat mobaynida ster-sh.
g) 1:1000 diotsit eritmasida 3 min. sterillash.
Nur bilan sterillash.
mikrob tushishininig oldini olish uchun gamma nurlari izotoplari kuchli bo`lishi , ya`ni 2.5 mlrd ga teng bo`lishi kerak.
Bu usul katta energetik kuchga ega bo`lib, ster-yaninig kuchi materiallarninig hamma chuqurligiga etib boradi. Amaliyotda beta va gamma nurlanish qo`llaniladi.
Antiseptika va uning turlari
Antiseptika deganda jaroxatdagi mikroblarni yuqotish yoki sonini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar tushuniladi.Antiseptikaning fizik, mexanik, kimyoviy, biologik va aralash turlari farqlanadi.
Fizikaviy antiseptika – vositalariga drenaj, sterial tampon, sharchalar, qizdiruvchi ultrabinavsha lampalar va infraqizil lazer apparatlari kiradi. Bundan fizikaviy vositaviy yordamidajaroxatdagi zahar va yiringlar o`z vaqtida sorish va oqim yo`nalish hosil qilish usullari yordamida chiqarib tashlanadi.
Mexanik ant-ka jaroxat va uning atrofini mexanik yo`l bilan tozalash , yot jismlarini olib tashlash, nekrozga uchrashgan va ulishi muqarrar bo`lgan to`qimalarni kesib olib tashlash, jaroxatga birlamchi ishlov berish va tikish kiradi.
Kimyoviy
Kimyoviy antkada mikroblarni yo`qotish yoki jarohatda uning rivojlanishini to`xtatish xususiyatiga ega bolgan turli kimyoviy yo`l bilan olinadigan turli antiseptik moddalarni ishlatish kuzda tutiladi.
Bunda malhamlar,kukunlar, emulsiyalar, yod, spirt, kimyoviy tarkibga ega bo`lgan va tibbiyot amaliyotiga ishlatiladigan barcha dorilar kiradi.