Ko‘pchilikka ma'lumki AQSH dollari kupyuralarida insonlar tasvirlanadi. Xususan 1 dollarda AQSHning birinchi Prezidenti Jorj Vashington tasvirlangan. Yosh bolalar, odatda, ota-onasidan pul so‘rashganida, birinchi Prezidentni yaxshilab tanish va eslab qolish uchun ko‘pincha 1 dollar berishadi.
Dollar (ing . dollar, nem. "Taler" soʻzidan) — 1) Amerika Qoʻshma Shtatlari pul birligi. 1786-yildan muomalaga (kumush D.) kiritilgan. 1 D. = 100 sent. Xalqaro ifodasi USD. AQSH D. xalqaro hisob-kitoblarda keng qoʻllaniladi. Muomalada 100, 50, 20, 10, 5 va 1 D.li qogʻoz pullar; 1 va 0,5, 0,25 0,1 D.li tangalar va 5, 2, 1 sentli tangalar ishlatiladi. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 694 soʻm 83 tiyin (2002-yil 5 fev.). 2) Avstraliya pul birligi. 1966-yil fevralda Avstraliya funti oʻrniga muomalaga kiritilgan. 1 D.= 100 sent. Xalqaro ifodasi AUD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH D.= 1,97 Avstraliya D.; 3) Kanada pul birligi. 1 D.= 100 sent. Xalqaro ifodasi KYD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH D. = 1,53 Kanada D. Shuningdek, Bagama, Barbados Orollari, Beliz, Bermuda Orollari, Bruney, Gayana, Zimbabve, Kayman Orollari, Liberiya, Namibiya, Singapur, Solomon Orollari, Trinidad va Tobago, Fiji, Yamayka, Yangi Zelandiya pul birliklari ham D. deb ataladi.[1] AQSh dollari — AQSh milliy pul birligi.
$ belgisining kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bundan 245 yil oldin, 1778-yilning aprelida dunyo valyutasiga aylangan AQSH dollarini anglatuvchi $ belgisi oʻylab topilgan[2].
Uning kelib chiqishi boʻyicha oʻnlab tahminlar mavjud. Ular orasida kamroq ommalashgan, biroq eng haqiqatga yaqin boʻlgani asli irland millatiga mansub yangi orleanlik biznesmen Oliver Pollok tomonidan birinchi marta pesoni ifodalash uchun ishlatgan $ belgisi hisoblanadi. Oʻsha davrda ispan pul birligi hisoblangan pesoning koʻplik shakli qisqartmasi (ispancha pesos) «Ps» yoki «Pˢ» shaklida pul birligini ifodalashda qoʻllanib kelingan. Keyinroq katta «P» harfi ustiga kichik «s» harfi bostirib yozilgan. Oliver Pollok esa 1778-yil 1-aprel kuni kongressmen Robert Morrisga yozgan xatida bir miqdorni avval «Ps» belgisi bilan, keyin esa zamonaviy $ bilan yozdi. Bu birinchi marta ushbu belgi yozilgan hujjat sifatida tarixda qoldi. Keyinchalik rasmiy hujjatlarda Morris uni qoʻllay boshladi[2].
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dollar so’zi o’rta asrlardagi dastlab 1519-yili Germaniyada paydo bo’lgan tanga nomi “Taller”dan kelib chiqqan. 1873 yilda taller Germaniyada butunlay muomaladan chiqib ketdi. Uning o’rniga marka kirib keldi. Biroq uning nomi xalq orasida qolib ketdi. O’sha paytlarda Angliya va Ispaniya koloniyalarida peso nomi bilan mashhur bo’lgan ispan tangalari muomalada bo’lgan. Bu tangalarni ko’p joylarda adashgan holda “dalar” deb atashar edi. Bizga mashhur bo’lgan dollar nomi ham uning dunyoga mashhur belgisi dollar ham o’sha paytda paydo bo’lgan. Uzun inglizcha ibora “piese of Eight”, ya’ni 1/8 (nimchorak) qog’ozda o’chirilgan 8 ga aylanib, oxir-oqibat bizga tanish bo’lgan dollar belgisi paydo bo'lgan.
1879-yilda AQSh hukumati davlatning rasmiy valyutasini muomalaga kiritish chog’ida unga hech ikkilanmay hammaga ma’lum va mashhur bo’lgan dollar nomini tanlashdi. O’sha paytda mashhur shaxslardan biri “Yangi Amerika o’zining yangi puliga juda eski nom tanladi” - degan edi. 1792-yilda muomalada bo’lgan AQSh pulining tarkibidagi sof oltin miqdori 1,6033 gr yoki 24,057 gr sof kumushdan tarkib topgan edi. 80 yillardan so’ng, ya’ni 1876-yilda mazkur oltin tangalar davlatning rasmiy pul birligi sifatida tan olingandan so’ng uning tarkibidagi sof oltin miqdori 1,50463 gr qilib belgilandi. Bu miqdor AQShda yana 30 yil, 1929-33 yillardagi jaxon iktisodiy krizisigacha amalda bo’ldi. Shu alfozda qabul qilingan “oltin zahirasi” haqidagi hujjatga binoan, tilla miqdori 0,88867 gr.ga, ya’ni 41 foizga tushirildi[3][4].
Shu paytda Troya unsiyasining narxi 35 dollar edi. II-jahon urushidan keyin AQSh dunyodagi hukmronligini mustahkamlanishi bilan dollarning dunyodagi o’rni ham asta-sekin bilinib bordi. Marshal shartnomasiga asosan, vayrona holga kelgan Yevropaga AQSh investitsiyasi bilan birgalikda dollarning yirik oqimi ham kirib kela boshladi. Urush tufayli achinarli axvolga tushib qolgan Yevropada dollarning keng iste’molga kirishi qiyin kechmadi. Shu paytda Yevropaning markaziy banklarida dollarni istalgan Yevropa davlati pul birligiga yoki kelishilgan miqdordagi oltinga almashtirib olish mumkin edi. Biroq XX asrning 60-yillari o’rtalariga kelib, dollarning kadri tushib keta boshladi. Inflyatsiyaning o’sishi va AQSh savdo balansidagi tanqislik navbatdagi dollar deval’vatsiyasini keltirib chiqardi. 1971-yilning oxirida oltinning bir unsiyasi 38 dollarga chiqdi. Dollarning tarkibidagi oltin miqdori esa umuman to’xtatildi. 1973-yillar yana 10 foizga deval’vatsiya qilindi. 1974-yilning fevraliga kelib, oltinning bir unsiyasi dunyoning yirik birjalarida 150 dollarga ko’tarildi. Hozirgi kunda bu ko’rsatkich 260 dollarni tashkil etadi. 100 yil mobaynida dollar 10 barobar arzonlashdi. Ammo oltin standartidan voz kechilgan paytda dollar yer yuzining ko’pchilik aholisini ishonchini qozongan edi. Ko’plab davlatlarning norasmiy pullariga aylanib qoldi. Oxirgi yillarda esa Janubiy Amerika davlatlarining ko’pchiligida dollar asosiy pul o’rnida qo’llanilmoqda.
AQShdan boshqa yana 26 davlat pul birligi dollar nomi bilan yuritiladi. Zamonaviy “dollarchi” davlatlarning katta qismini Britaniya imperiyasidan mustaqil bo’lgandan so’ng qabul qilishgan. 1857-yilda Kanada Britaniya koloniyasidan domin’oniga aylangan vaqtdan boshlab, bu davlatning rasmiy pul birligiga aylandi. Shuning uchun ham hozirgi paytda zamonaviy Kanada banknotlarida ham Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ni portreti aks etgan. Oxirgi muomalaga kiritilgan dollarlardan biri - bu Singapur dollaridir. 1967-yilda keng muomalaga kiritilgan ushbu banknotlar qushlar, kemalar, gullar va boshqa narsalar bilan bezatilgan. Bu pul dunyo pullari ichida ham eng chiroyli bo’lishiga da’vogarlik qiladi. Lekin zamonaviy AQSh dollarlari esa hamon XX asr boshidagi tasvirini o’zgartirganicha yo’q. Old qismi kulrang, orqasi yashil. Barcha banknotlar bir xil o’lchamda (157x67 mm). XX asr oxiriga kelib, pul qalbakilashtirish avjiga chiqqan paytda dollarning sodda ko’rinishi davr talabiga javob berolmay qoldi. Yaqin-yaqingacha pulni qalbakilashtirish juda oson edi. 1996-yilda chiqqan dollarning yangi nusxasi firibgarlar uchun jiddiy sinov bo’ldi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
↑ Jump up to:2,02,1 „Барчанинг кўзини қувнатадиган белги. Доллар белгиси — $ ҳақида бешта банд“. Bugun.uz. Qaraldi: 5-aprel 2021-yil.
↑ Langland, Connie „What is a millage rate and how does it affect school funding?“. WHYY. PBS and NPR (27-may 2015-yil). 7-mart 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-dekabr 2019-yil.
↑ „Mills Currency“. Past & Present. Stamp and Coin Place Blog (26-sentyabr 2018-yil). 3-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-dekabr 2019-yil.