Arab halifaligi davrida o 'rta osiyoda huquqiy munosabatlar Reja: Kirish


Arab bosqinchilariga qarshi kurashlar



Yüklə 208,5 Kb.
səhifə4/6
tarix22.06.2022
ölçüsü208,5 Kb.
#117138
1   2   3   4   5   6
Arab halifaligi davrida o \'rta osiyoda huquqiy munosabatlar

3. Arab bosqinchilariga qarshi kurashlar.
714 yil Qutayba Turkiy xoqonliqdan harbiy yordam kelish yo‘lini to‘sish maqsadida Shosh vohasiga qayta vostirib kiradi. O‘sha yili asosiy yo‘ldagi Isfijob (Sayram) ni ishg‘ol etadi. 715 yil boshida esa Farg‘onaga qochib ketishga majbur bo‘ladi. Qutayba o‘sha yili Qashqargacha bo‘lgan yerlarni istilo etadi. Hamma viloyatlarga arablardan bo‘lgan amirlarni noib etib tayinlaydi. O‘sha yili arab xalifasi Volid vafot etadi Xalifalik taxtiga Sulaymon ibn Abdumalik »chiqadi. Qutayba Sulaymonga nisbatan g‘animlik munosabatida bo‘lib uni qo‘llamas edi. Qutaybaga nisbatan isyon ko‘tariladi. Natijada bu isyon muvaffaqiyatsiz tugab Qutaybaning o‘zi Farg‘onada o‘ldiriladi (735 y.).
Shunday qilib, 10 yil davomida olib borilgan doimiy kurashlar natijasida Movarounnahr xalifalik ixtiyoriga kirsa-da, ammo uning mag‘rur aholisi uzmni butkul tobe etilgan deb hisoblamaydi. Shuning uchun ham Qutayba har yili qishlash uchun Marvga jo‘nab ketar, bahorda esa yangi kuchlar bilak Movarounnahrga hujum qilar edi. Shuning uchun ham arablar Movarounnahrni egallashda muvaffaqiyat qozondilar. Buning asosiy sabablari quyidagicha edi. Avvalo mamlakatda hukm surayotgan siyosiy tarqoqlik va kichik hukmdorlarning o‘zaro kurashlari arablarga juda qo‘l kelgan edi.
Bu vaziyatdan ular ustalik bilan foydalanishar edi. Ular kichik davlatlarning o‘zaro birlashuviga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qildilar va buning uddasidan chiqdilar. Arablar o‘zaro kurashayotgan hokimlarning biriga ikkinchisini yengishi uchun yordam ko‘rsatib, keyin ularning har ikkisini ham birin-ketin bo‘ysundirdilar. Sug‘dni zabt etishda Qutayba arab qo‘shini bilan bir qatorda Xorazm, Buxoro va Nasafning kuchlaridan foydalangan edi.
Ayniqsa arablar ko‘chmanchi jangovar turkiylar bilan o‘troq dehqonchilik viloyatlari aholisi o‘rtasida ba’zan yuzaga kelgan kelishmovchiliklardan foydalanib, ularni birini ikkinchisiga qarshi qo‘ydilar va ittifoqchilarni ajratib yuborishga muvaffaq bo‘ldilar. Shu bilan birga, xalifalik Movarounnahrdan harbiy qurol-aslahalar jihatidan unchalik ustun bo‘lmasa ham, biroq qo‘shin saflarini to‘ldirib turish imkoniga ega edilar.
Arablar qo‘shiniga muntazam ravishda yangi harbiy kuchlar ichki viloyatlardan safarbar qilib turilar edi. Undan tashqari keskin qarshilik kurashini olsh borgan xalq, mahalliy hukmdorlarning xoinon harakatlari, arablar bilan maxfiy til birik-tirishlari tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Iqtisodiy hayotni o‘z qo‘llaridan chiqarmaslik maqsadida arablar bu yerda sosoniylar tartibidagi soliq tizimini joriy qildilar. Bu tizimga yer solig‘i - xiroj (hosilning o‘ndan bir yoki o‘ndan ikki qismi miqdorida) chorva, hunarmandchilik, savdo-sotiqdan zakot (qirqdan bir miqdorda) hamda islomni qabul qilmagan shaxslardan olinadigan jiz’ya solig‘i ham qo‘shildi.7
Arablar o‘z hukmronligi siyosiy negizini mustahkamlash va uning barqarorligini ta’minlashda islom dinini keng yoyishga va targ‘ib qilishga katta e’tibor berdilar. O‘rta Osiyo aholisi ichida e’tiqod qilayotgan zardushtiylik, moniylik, buddizm, nasroniy va boshqa dinlar soxta deb e’lon qilindi. Ayniqsa zardushtiylikka qarshi keskin kurash olib borildi. Bosib olingan yerlarda bu dinning barcha ibodatxonalari yo‘q qilindi. Uning o‘rniga machitlar barpo qilina boshlandi. Zardushtiy adabiyotlar, xususan diniy kitoblar, Sug‘d tilidagi nomalar, xalq adabiyoti yo‘q qilinib yuborildi.
«Qutayba ibn Muslim Xorazm xattotlarini qatl ettirdi va din peshvolarini qirib tashlab, ularning kitob va qo‘lyozmalarini yoqib yuborgandan keyin, — deb yozgan edi Beruniy, — xorazmliklar savodsiz bo‘lib qoldilar, ularning faqat yodda saqlab qolgan xotiralarigina qoddi, ammo vaqt o‘tishi bilan bu unutilib, faqat o‘zlari uchun mos bo‘lgan xotiralargina saqlanib qoldi».
Sug‘d tilidagi dunyoviy adabiyotlar yo‘q qilib tashlandi. Islom dinini qabul qilgan, musulmon bo‘lgan mahalliy aholi vakillari dastlabki yillarda xiroj va jiz’ya soliqlaridan ozod etilib, ularga anchagina imtiyozlar berildi. Nomoz o‘qish uchun masjidlarga borgan shaxslarga 2 dirhamdan pul ham berilar edi. Jiz’ya solig‘ini o‘z vaqtida to‘lamagak kishilar tutib olinib bo‘yinlariga «qarzdor», deb •pxtachalar osib qo‘yilgan.
Qutaybaning o‘limidan so‘ng arab hokimiyatining Movarounnahrdagi mavqei biroz zaiflasha bordi. Xurosonning yangi noibi Al-Jarroh (717-719) yangi musulmon aholisiga islomga zid ravishda shafqatsiz munosabatda bo‘la boshlaydi. Sulaymon vafotidan so‘ng tyaxtga o‘tirgan yangi xalifa Umar ibn Abdulaziz (717-719) - Umar II xorijiylar ta’limoti tgrafdori edi. Xorijiylar shialardan ajralib chiqqan guruh bo‘lib ILK islom ta’limoti tartiblarini va umumiy tenglik goyalarini ilgari surar edilar. Umar II Movarounnahrdagi murakkab vaziyatni hisobga olib, bo‘ysundirilgan xalqlar bilan murosachilik siyosatini yurgiza boshladi. U Movarounnahr aholisini islomni qabul qilishga chaqirib, katta ahamiyatli farmon qabul qildi. Unga ko‘ra arablarga yangi yerlarni zabt etish man qilindi va moliyaviy islohotlar o‘tkazish ko‘zda tutildi. Arablar bilan bir qatorda yangi musulmonlardan ham jizya va xiroj solig‘i olish bekor qilindi. Umar II soliq yig‘uvchilardan va xalifalik amaldorlaridan Qur’on va hadislarga qatiy amal qilishni buyurdi.
Arab feodal-zodagonlari turli yo‘llar bilan xiroj solig‘i yig‘a boshladilar. Xalifa xazinasiga keladigan soliqlar esa kamayib keta boshladi. Xiroj yerlarini davlat solig‘i sifatida saqlab qolish maqsadida Umar II arablarga o‘z yerlarini kengaytirishni man etdi va hijriyning 100 yilidan (719 yil) keyin sotib olingan barcha xiroj yerlarini qaytib berishni buyurdi. Shu paytgacha olingan yerlardan esa xiroj emas, ushr (o‘ndan bir qismi) soliq olish ko‘zda tutildi.
Umar II islohotlaridan ruhlangan Samarqand ahli zodagonlari unga elchilar yuborib Samarqand Shahristonini qaytarib berishni so‘radilar. Umar II ramarqand hokimi Sulaymon ibn-Abus-Sariyaga maktub yozib, qozi bu ishni hal qilib berishini so‘raydi. Samarqandliklar shikoyati ko‘rib chiqilib, bu ish samarqandliklar foydasiga hal bo‘ldi. QoziSamarqanddan arab garnizoni olib chiqib ketilishi kerakdeb hukm chiqardi. Bu esa urushni bildirar edi.
Arablar kuch-qudratini bilgan samarqandliklar o‘z da’volaridan yana voz kechdilar. Mahalliy zodagonlar o‘zlarini musulmon hisoblab, g‘aznaga soliq to‘lamay qo‘ydilar. Shundan so‘ng xalifalik barchadan soliqlarni olishni belgiladi.
Natijada Movarounnahrda norozilik kuchayib keta boshladi. Mahalliy zodagonlar bilan arab ma’muriyati orasida ziddiyat keskinlasha bordi.
Islom dini jahon miqyosida tarqalgan dinlardan biri bo‘lib, bugungi kunda yer yuzi aholisining 1 milliarddan ortig‘i unga e’tiqod qiladi. Islom dinining kelib chiqishi va uning yoyilishi bevosita Muhammad payg‘ambarimiz faoliyati bilan bog‘liqdir. Makka shahridagi Quraysh qabilasining nufuzli Xoshimiylar xonadonida 570 yilda tavallud topgan Muhammad Ibn Abdulloh nihoyatda ibratli hulq-odob doirasida voyaga yetib, 40 yoshlarida Xiro nomli g‘orda u kishiga Kur’on oyatlari Alloh tomonidan nozil bo‘la boshlagan. Alloh u kishini butun insoniyatga haq yo‘lni ko‘rsatuvchi elchi - Rasul bo‘lishini ixtiyor etganlar.
610 yildan boshlab Muhammad Alayhissalom Makkada Islom dinini (yakka xudoga sig‘inishni) targ‘ib qilishni boshlagan. Islom so‘zini ma’nosi-arabcha, «Xudoga o‘zini topshirish»«Itoat»«Bo‘ysunish» demakdir. Umuman islomning kelib chiqishi VI asr oxiri va VII asr boshlarida Arabiston yarim orolida yuz bergan ijtimoiy, iqtisodiy o‘zgarishlar bilan boliqdir. Yakka xudoga sig‘inish haqidagi targ‘ibot islomdan ilgari boshlangan edi. Uni dastlab targ‘ib qilgan xanif (haqiqat izlovchi, e’tiqod qiluvchi)lar mahalliy qabila xudolariga, ularning sanamlariga emas, yagona xudoga itoat qilishga da’vat qilganlar. Xaniflik VI asr oxiri va VII boshlarida asta-sekin Arabistonning bir muncha viloyatlariga yoyila boshlagan. 610 yillardan yakka xudoga sig‘inish targ‘ibi boshlangan. Muhammad izidan dastlab juda oz kishi ergashgan. Avval uning eng yaqin kishilari islomni qabul qilganlar. Keyinchalik ularning soni ortib borgan. Makka zodagonlari bunga qattiq qarshilik ko‘rsatganlar. Ahvol keskinlashganligi sababli melodiy 622 yilda Muhammad boshchiligidagi Makka musulmonlari Madina (Yasrib) shahriga ko‘chishga majbur bo‘ldilar. 622 yili yuz bergan bu ko‘chish (arabcha «Xijradan») musulmonlarning xijriy yil hisobi boshlangan. Madinada Musulmonchilik ko‘chayib borgan va natijada keyinchalik Makka ahli ham islom dinini qabul qilgan. Bu 630 yillarga to‘g‘ri keladi. Natijada kuchli Islom davlati vujudga keladi va ularning ustidan turuvchi arab halifaligiga asos solinadi. Halifalik ko‘pgina Sharq va G‘arb davlatlarini o‘ziga bo‘ysundiradi. Shunday qilib VIII asrning oxiriga kelib Atlantika okeanidan Tyan-shangacha, Kavkazdan hind okeanigacha bo‘lgan yerlarda, turli tilda so‘zlashuvchi xalqlarni o‘zida birlashtirgan buyuk arab halifaligi vujudga keladi.
Muhammad 632 yilning iyun oyida Madinada vafot etadi. Uning vafotidan so‘ng o‘rinbosarlari yoki noiblari(arabchada “Xalifalar”) davlatni boshqara boshlaganlar. Dastlabki to‘rt halifa islom tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib, ular Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilardir. Iqtisodiy va harbiy jihatdan mustahkamlanib olgan arab halifaligining qo‘shni mamlakatlarni bosib olish uchun harbiy yurishlari-arab istilosining birinchi bosqichi-Umar halifaligi davrida (634-644)boshlangan. VII asr oxiridan VIII acp o‘rtalarigacha arab istilochilari avval Eron hududini, so‘ngra esa O‘rta Osiyo yerlarini to‘liq bosib oldilar va bu hududlarda ham islom dinini tarqatdilar. Movaraunnahrda (ikki daryo oralig‘i-arablar shunday nom bergandilar) So‘g‘d, Xorazm, Turk yozuvlari o‘rniga arab tili va yozuvi joriy qilina boshladi. Arablar hukmronligiga qarshi Movaraunnahr xalqlari qattiq qarshilik ko‘rsatdilar. Muqanna, Rofi Ibn Lays, Sumbod Mug, Gurak, Divashti, Abu Muslim, Hamza Al Xorij, Xoris Ibn Surayj boshchiligidagi yirik xalq qo‘zg‘olonlari bo‘lib o‘tdi. Lekin bu qo‘zg‘olonlar shavqatsizlarcha bostirildi. Islomning dunyoviy din sifatida vujudga kelishi va boshqa mayda dinlar o‘rnini eg‘allashi tarixan ijobiy rol o‘ynadi. Chunki unda avvalgi dinlarning ijobiy xususiyatlari o‘z ifodasini topgan edi. Chunonchi, islom va uning muqaddas kitoblari bo‘lmish «Kur’on» va «hadislarda» ahloq-odob, iymon, insonni ulug‘lash, tarbiya, insoniy fazilatlar masalalari asosiy o‘rinni olgan edi.



Yüklə 208,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin