Reja: Kirish O`rta Osiyogada Arablar bosqinigacha bo`lgan davr.
Arab xalifaligining O`rta Osiyoga bosqinchilik yuritishlari.
Arab bosqinchilariga qarshi kurashlar.
Arablar bosqining Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyatiga ta`siri.
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Jаmiyat rivоjlаnib bоrgаn sаri insоnlаr, хаlqlаr, millаtlаr o’rtаsidаgi mа’nаviy-mаdаniy, iqtisоdiy, siyosiy munоsаbаt vа аlоqаlаr rivоjlаnib bоrаvеrаdi. Moziyga qaytib ish ko’rish xayrlidir. Madaniy tradisiya deyilganda ham o’tmish madaniyatidagi halqchil, gumanistik tomon, ularni o’zlashtirish, ulardagi yuksak badiiy mahoratni yangi asarda taraqqiy ettirish, yutuqlari, ijodiy metodlaridan samarali foydalanish nazarda tutiladi. Mavzuning maqsad vazifasi ham aynan ana shu jihatlarga qaratilgan. Bugungi kunda mamlakatimiz va Markaziy Osiyoning bir qatordavlatlari o’tmishi tarixi va madaniyati har qanday insonni qiziqtirishi tabiiy hol. Mavzuning dolzarbligi ham Jahon siyosati va madaniyati tarixida o’ziga xos o’ringa ega bo’lgan bu hududlarning ma`lum davridagi ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy hayotini ochib berishga qaratilgan.
Mavzuning o’rganilish darajasi. Bu davr O`rta Osiyo tarixi va madaniyati tarixchilar, madaniyatshunoslar, faylasuflar va san’atshunoslar tomonidan yaxshi o’rganilgan. Ayniqsa Rus tarixchilarining bu boradagi tadqiqotlari va izlanishlarini a’lohida ta’kidlab o’tish kerak. Lekin bu borada O’zbek tarixchilarining olib borgan ishlarini ijobiy baholab bo’lmaydi. Ya’ni juda ozchilikni tashkil etadi. Olib borilgan tadqiqotlar asosan shu davrdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga qaratilgan. O’zbek tarixchilaridan ham bir qator tarixchilar jumladan Sh. Ergashov1 bu borada samarali ishlar olib borgan.