Ishga doir masalalar odatda quyidagicha bajariladi. Hajmi keltirilmagan va qandaydir ishni bir nechta kishi yoki texnika birgalikda yoki navbati bilan bajarishadi. Ish deganda masalan qo`lyozma yozish, chuqur qazish, suvto`ldirish va hokazolar nazarda tutilgan bo`ladi va ish davomida, ishchilarning yoki mexanizmlarning ish unumdorligi o`zgarmas bo`ladi. Bunday masalalarda bajariladigan jami ish 1 deb olinadi va masalada keltiriladigan vaqt esa vaqt birligi sifatida qaraladi. Masalan, masalalarda soat bilan berilgan bo`lsa, vaqt birligi 1 soat deb qaraladi yoki masala shartida hafta bilan bog`liq kelsa, hafta birligi sifatida hafta olinadi. B