moslashtirish Bu moslashtirish asosiy 1 ko‘rinishga ega:
Soprano, alt, tenor va bas ovozli xor asariga moslashtirish. Bolalar xori uchun soprano I, soprano II, alt I, alt II.
Bu moslashtirish ancha murakkab hisoblanib, uning aniq sxemasi yo‘q va talaba yuqorida aytib o‘tganimizdek, solfedjio, garmoniya, vokal-xor nazariyalarini yaxshi bilgani holda ehtiyotkorlik bilan yondashishi kerak. Moslashtirish usuli bundan oldingi mavzu (Birturdagi1ovozlixorasarini3ovozlixorasarigamoslashtirish) asosida bo‘ladi. YA’ni, bu yerda ham moslashtirish 1 ovozli asarni garmoniyalashtirishdan boshlanadi.
Asosiy melodiya yuqori ovozga beriladi, pastki partiyalarga garmoniyaga asoslanib melodiya bastalanadi. Xor partiyalarida uchrashi mumkin bo‘lgan bir- biri bilan kesishish (perekreщivaniye) holatlariga yo‘l qo‘yilmaslikka e’tibor berish talab qilinadi.