Argumentlashning mantiqiy xulosa chiqarishdagi ahamiyati


 Isbotlash va uning strukturasi, isbotlash turlari



Yüklə 100,5 Kb.
səhifə2/4
tarix15.10.2023
ölçüsü100,5 Kb.
#130372
1   2   3   4
ARGUMENTLASHNING MANTIQIY XULOSA CHIQARISHDAGI AHAMIYATI

2. Isbotlash va uning strukturasi, isbotlash turlari.


Kishilarning amaliy faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ular qo’llayotgan bilimlarning qay darajada chin bo’lishiga, ya’ni bu bilimlarning voqelikni qanchalik to’g’ri aks ettirishiga bog’liq. Xato fikrlar predmetlarning real aloqalari va munosabatlarini buzib ko’rsatadi, bilishda ko’p chalkashliklarga olib keladi. Shuning uchun xam bilish jarayonida xar bir fikrni to’g’ri qurishga erishish, uning chinligini dalillar bilan ko’rsata olish, xato fikrlarni esa rad qila bilish muxim axamiyatga ega.
Fikrning chinligini tasdiqlash uchun uni xodisaning (faktning) o’zi bilan solishtirish mumkin. Lekin ko’p xollarda bilish jarayonida natijalarining chinligi ularni ilgari vujudga kelgan bilimlar bilan bog’lash orqali aniqlanadi. Buni amalga oshirishning mantiqiy usuli isbotlashdir.
Isbotlash bir xukmning chinligini u bilan bog’langan boshqa chin xukmlar yordamida asoslashdan iborat bo’lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argumentlar (asoslar), isbotlash usuli-demonstratsiya.
Tezis-chinligi asoslanishi lozim bo’lgan xukm, u isbotlashning markaziy figurasi xisoblanadi; butun diqqat-e’tibor uning chinligini ko’rsatishga qaratiladi. Tezis bir muloxazaning o’zidan, yoki muloxazalar tizimidan, yoki teoremalardan, yoki aniq faktlarni umumlashtirish natijalaridan yoki xodisalarning sababini ko’rsatuvchi muloxazalardan va shu kabilardan iborat bo’ladi.
Argumentlar-tezisning chinligini asoslash uchun keltirilgan xukmlar. Argumentlar bo’lib faktlarni qayd qiluvchi xukmlar, ta’riflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar xamda boshqa empirik va nazariy umumlashmalar xizmat qiladi. Argument sifatida keltirilgan faktlar, albatta, o’zaro boG’langan va tezisning moxiyatiga aloqador bo’lishi lozim.
Ta’riflar xam chin xukmlar bo’lib, ulardan argument sifatida foydalanish mumkin. Masalan, «xarakat - bu xar qanday o’zgarishdan iborat» degan ta’rif-chin xukmdir.
Aksiomalar chinligi o’z-o’zidan ravshan bo’lgan, isbotlashni talab qilmaydigan fikrlardir. Inson tajribasida ko’p martalab takrorlanganligi uchun xam ularni isbotlash zarur emas.
Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan bo’ladi, ularni xech ikkilanmasdan argument qilib olish mumkin.
Isbotlash usuli-demonstratsiya tezis bilan argumentlar o’rtasidagi mantiqiy aloqadan iborat. U xulosa chiqarish shaklida bo’ladi, ya’ni tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqan keltirib chiqariladi.
Isbotlashning ikki turi mavjud: bevosita isbotlash, bavosita isbotlash. Bevosita isbotlashda tezisning chinligi to’G’ridan-to’G’ri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bo’lgan xukmlardan foydalanilmaydi. Tezis ko’p xollarda yakka xodisani ifoda qilib keladi va ma’lum bir umumiy bilimdan, masalan qonundan, argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi. Masalan «O’zbekiston - mustaqil davlatdir» degan xukm (tezis) ning chinligi «O’zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishi, uning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi» kabi asoslar yordamida isbotlanadi.
Bavosita isbotlashda esa tezisning chinligi unga zid bo’lgan xukmning (antitezisning) xatoligini ko’rsatish orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bo’lishiga qarab apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi. Apogogik isbotlashda tezis (a) va antitezis ( ) o’rtasidagi munosabatga asoslaniladi. Masalan «Materiya xarakatsiz mavjud emas» degan xukmning chinligini asoslash uchun unga zid bo’lgan «Materiya xarakatsiz mavjud» degan xukm olinadi.
Apogogik isbotlashda antitezis topilib (1-bosqich), vaqtincha chin deb qabul qilinadi va undan ma’lum bir natijalar keltirib chiqariladi (2-bosqich), so’ngra bu natijalarning xatoligi ko’rsatiladi (3-bosqich) va demak tezisning chinligi isbotlanadi. Masalan, «Materiya xarakatsiz mavjud» degan xukm chin bo’lsa «Modiy predmetlar strukturasiz mavjud» degan fikr (antitezisdan kelib chiqqan natija) xam chin bo’ladi. Bizga ma’lumki, moddiy predmetlar strukturasiz (uni tashkil qiluvchi elementlar va ularning o’zaro aloqasisiz) mavjud emas. demak «Materiya xarakatsiz mavjud» degan fikr xato, shu tariqa «Materiya xarakatsiz mavjud emas» degan fikrning chinligi asoslanadi.
Ayiruvchi isbotlashda tezis sof ayiruvchi xukmning (kuchli diz’yunksiyaning) bir a’zosi bo’lib, uning chinligi boshqa a’zolarining (antitezisning) xatoligini ko’rsatish orqali asoslanadi. Masalan «jinoyatni yo A, yo V, yo S shaxslar sodir etgan» degan fikr tekshirilib, «Jinoyatni V shaxs xam, S shaxs xam sodir etmaganligi aniqlanadi va shu tariqa «Jinoyatni A shaxs sodir qilgan» degan xukmning chinligi asoslanadi. Bu misolda ayiruvchi isbotlash ayiruvchi-qat’iy sillogizmning inkor etib-tasdiqlovchi modusi bo’yicha qurilgan:

Barcha muqobil variantlar to’liq olingandagina xulosa chin bo’ladi, ya’ni tezis isbotlanadi.



Yüklə 100,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin