Diktant o‘quvchilar savodxonligini oshirishning eng maqbul omillaridan sanaladi. Imlo, uslub va tinish belgilariga oid savodxonlikni aniqlashda diktantning o‘rni muhimdir. Diktantsamadorligi mavzu, uning mazmuni, maqsadning aniqligi hamda uslubning izchilligiga ko‘ra belgilanadi. Diktant hozirgi o‘zbek adabiy tili me’yorlari talablariga javob berishi, uning mazmuni o‘quvchilar uchun foydali, tushunarli bo‘lishi va bog‘lanishli matn asosida tuzilishi zarur.
Diktantning hajmi 11-sinf bitiruvchilari uchun 220-250 so‘zli bo‘lishi lozim. Diktant matnidagi so‘zlar miqdorini belgilashda undagi barcha so‘zlar hisobga olinadi.
Diktantda grammatik topshiriqlar quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin:
1. “Toshkentda turli millat kishilari yashaydilar” gapini gap bo‘laklariga ko‘ra tahlil qiling.
2. ” boshla” so‘ziga o‘zakdosh zo‘z toping.
3. “mehmonlar” so‘zini fonetik tahlil qiling.
4. ” go‘zal” so‘ziga ma’nodosh zo‘z toping.
5. Joy nomlarining tagiga tegishlicha chizing.
Mazkur Grammatik topshiriqli tekshirish diktanti boshlang‘ich sinf ona tili dasturida belgilab ko‘rsatilgan bilim, ko‘nikma va malakalar asosida baholanadi. Har bir topshiriq 5 ball bilan baholanadi va umumiy ball topshiriqlar soniga bo‘linadi.
Baholash mezonlari: 1. Imloviy savodxonlik darajasi. 2. Tinish belgilarinig to‘g‘ri ishlatilishi. 3. Fonetiktahlil. 4. So‘z tarkibiga ko‘ra tahlil. 5. Gap bo‘laklariga ko‘ra tahlil. 6. Leksik tahlil. 7. Xatboshilarga rioya qilinishi. 8.Yozuvning husnixat talablariga mosligi. 9. Diktant matniga tuzatishlar kiritilganligi yoki kiritilmaganligi. Tekshiruv diktantida dastur talabiga ko‘ra so‘zlar soni
1-sinfda: 1-yarim yillikda: yil oxirida: 20-25 so‘z
2-sinfda: 1-yarim yillikda: yil oxirida: 30-35 so‘z.
3-sinfda: yil oxirida: 50- 60 so‘z.
4-sinfda: yil oxirida: 70- 75 so‘z5
Diktantnibaholashda quyidagi mezon belgilanadi:
“5” (a’lo) baho: (45 balldan 50 ballgacha ) a) mutlaqo xatosiz yozilgan; b) qo‘pol bo‘lmagan bitta imlo yoki bitta ishorat xatosi bo‘lgan diktantga qo‘yiladi.
“4” (yaxshi) baho: (37 balldan 44 ballgacha) ikkita imlo va ikkita ishorat xatosi bo‘lgan diktantga qo‘yiladi. Xatolar nisbati o‘zgarishi mumkin, lekin ularning umumiy miqdori to‘rttadan oshmasligi kerak.
“3” (qoniqarli) baho: (23 balldan 36b allgacha) to‘rtta imlo xato yoki to‘rtta ishorat xatosi bo‘lgan diktantga qo‘yiladi. Xatolar nisbati 3 imlo, 5 ishorat xato va boshqa ko‘rinishlarda ham bo‘lishi mumkin.
“2” (qoniqarsi) baho: (11balldan 22 ballgacha) yettita imlo xato (bir xil shaklda bo‘lmasligi kerak) yoki 7 ta ishora txato (bir xil shaklda bo‘lmasligi kerak) xatosi bo‘lgan diktantga qo‘yiladi.
Xatolar miqdori 15 tadan oshsa, (0 balldan 10 ballgacha)“1”baho qo‘yiladi.
ESLATMA: 1. Diktantlardagi xatolar nisbati turlicha ko‘rinishda bo‘lishiga qaramay, baholashga imlo xatolar miqdori asosiy chegara sanaladi.
2. Agar diktantdagi tuzatishlar miqdori beshtadan ortiq bo‘lsa, baho bir ballga pasayadi.
3. Agar diktantda uch va undan ortiq tuzatish bo‘lsa, “5” baho qo‘yilmaydi.
4. Har bir tuzatishlarga 0,2 bal olib tashlanadi.
5. Tasodifiy xatolarning har biri uchun 0,3 ball olib tashlanadi.
6. Husnixat o‘qilishi qiyin yoki juda xunuk bo‘lsa, 0,5 ball olib tashlanadi.
1- sinf o‘quvchilarini bilimga o‘rgatish davrida diktantning bu shaklidan foydalaniladi. Bunda biror harf o‘quvchilarga tanishtirilgach, shu harf ishtirokida biror so‘z tanlanadi yoki biror predmetni ko‘rsatib, uning nomi o‘quvchilarga bir necha marta ayttiriladi, so‘ng bu so‘z bo‘g‘inlarga va tovushlarga ajratiladi, bu so‘zni o‘qituvchi yoki ayrim o‘quvchi kesma harflar yordamida doskada tuzadi, so‘ng tarkibidagi bo‘g‘in va harflar yana muhokama qilinadi, so‘ng u so‘z sinfda xo‘r bilan yoki yakkama-yakka o‘qiladi va keyin yoziladi. O‘quvchilar yozgan so‘zlarni doskadagi so‘zlarga taqqoslab xatolarini tuzatib oladilar.
2-sinfdan boshlab talaffuzi qiyin, talaffuzi bilan imlosi mos kelmaydigan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar yuzasidan ko‘rish diktanti yozdirish mumkin, ayniqsa biror orfografik- grammatik qoida o‘rganilgach, shu qoidaga bog‘lab tashkil qilinadigan ko‘rish diktanti o‘quvchilarning yana ham kuchliroq diqqatini talab qiladi.
O‘qituvchi doskada belgilab qo‘yilgan so‘zlarning imlosini dars boshida takrorlanayotgan mavzuga bog‘lab izohlab beradi. So‘ng o‘quvchilar belgilangan so‘zlarni sinchiklab o‘rganib chiqadilar. Nihoyat, doskadagi diktant matni parda bilan yopiladi, matnni o‘qituvchi aytib yozdiradi. Ba’zan esa o‘quvchilar doskadagi matnni qayta-qayta o‘qib yodlab oladilar, so‘ng o‘qituvchi matnni yoddan yozdiradi. Ishning bu turida kichikroq matn yoki ayrim gaplardan foydalanmoq darkor. Matnni to‘la yozdirib bo‘lgach parda ochiladi va o‘quvchilar o‘z yozuvlarni diktant matnning asl nusxasiga solishtirib, o‘z xatolarini tuzatib oladilar. Ishni bunday tashkil qilish vaqtni tejaydi yozishdagi shoshma-shosharlikdan o‘quvchilarni saqlaydi. Doskada belgilab qo‘ygan so‘zlarning imlosini ayrim o‘quvchilar izohlashi ham mumkin. U holda izohlovchi o‘quvchi puxta bilimli belgilangan so‘zlarni to‘g‘ri izohlay oladigan bo‘lishi kerak. Albatta, bu o‘quvchining izohini o‘qituvchi diqqat bilan kuzatib boradi. So‘zlar imlosining o‘quvchilar tomonidan izohlanishi o‘quvchini fikrlashga, o‘z yozuviga ongli yondashishga, o‘ziga talabchan bo‘lishga o‘rgatadi. Agar izohlash ishi o‘qituvchi tomonidan bajarilsa, vaqt tejaladi, berilgan bilim aniq va to‘g‘ri bo‘ladi, tegishli so‘zlarning imlosi sohasida o‘quvchilarda ikkilanish bo‘lmaydi. Demak, izohlash ishini o‘qituvchi ham o‘quvchi ham bajarishi mumkin.
Diktant matnining doskaga o‘quvchilar ko‘zi oldida yozilishi muhimdir. Chunki yozuv jarayonida o‘quvchilar so‘zlar tarkibidagi harflar bilan tanishadilar. Bu vaqtda o‘quvchilar o‘qituvchi harakatiga so‘zlarning yozilishiga diqqat bilan qarab turadilar. Bu hol esa doskaga yozilgan so‘zlar imlosining ular xotirasida uzoq saqlanib qolishiga imkon beradi.
Ba’zan ayniqsa quyi sinflarda ta’kidlash ko‘zda tutilgan so‘z doskada ko‘rsatilishidan tashqari, o‘qish va yozdirish vaqtida juda sekin va dona-dona qilib o‘qib beriladi. U vaqtda so‘z tarkibidagi barcha harflar aniq talaffuz etilishi, o‘quvchilarning eshitish a’zolariga aniq yetib borishi lozim. Shu bilan birga, o‘quvchilar bu so‘z tarkibidagi o‘zak va affikslarni aniq tasavvur eta olishlari lozim. Ammo bunday o‘qish o‘quvchilarga bo‘g‘inlab, harflab yozishga imkon bermasligi zarur. Agar o‘quvchilar bo‘g‘inlab yozadigan bo‘lsalar bu xil yozuv mashqi o‘quvchilar bilimiga faqat salbiy ta’sir qiladi.
3-4-sinflarda morfologiyaga oid mavzuni mustahkamlash maqsadida ko‘rish diktanti o‘tkaziladi. U holda diktant matni sinf doskasiga yozilmaydi, balki matn darslikdan tanlanishi mumkin. Uni o‘qituvchi o‘rganilgan qoidaga bog‘lab izohlaydi, hatto bu qoidaga oid misollarni o‘quvchilarga mustaqil toptirishi ham mumkin. Mavzu yetarli takrorlangandan so‘ng o‘quvchilar diktant matnini o‘qituvchining aytib berishi bilan yozadilar.
Diktant yozib tugatilgach o‘quvchilar o‘z yozuvlarini doskadagi matnning asl nusxasiga solishtirib, o‘z xatolarini tuzatib oladilar. Bu solishtirish vaqtida takrorlash ko‘zda tutilgach mavzu o‘quvchilarning diqqat markazida turishi kerak.
Ko‘rish diktantining bu shakli orqali matndagi grammatikaning biror qoidasiga oid ayrim so‘zlar orfografiyasigina emas, balki diktant matnidagi barcha so‘zlar imlosini o‘rganish maqsad qilib olinishi mumkin.
XULOSA Xulosa qilib aytish mumkinki, o‘quvchilarni so‘zlarni to‘g‘ri va xatosiz yozishga o‘rgatishda ta’kidiy diktant, xususan, ko‘rish diktanti muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarda imloviy savodxonlikni shakllantirishda o‘qituvchi diktant turidan ham samarali foydalanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu esa, albatta, ta’kidiy diktantlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hamda ularni tashkil qilish metodikasini bilishni taqozo etadi.
Yoshlarimizning kamolot sari intilib, kelajagimiz vorislari bo‘lib yetishishlarida o‘z vaqtida berilgan ta’lim-tarbiyaning o‘rni beqiyos ekanligi ma’lum. Shu maqsadda ularga umuminsoniy va milliy qadriyatlarni o‘rgatamiz, dunyoviy bilimlarni o‘qitamiz. Ammo eng muhim vositani – bularning barchasi til, nutq orqali amalga oshirilishini ko‘pincha e’tibordan qochiramiz desam xato qilmagan bo‘lamiz. Zotan, inson o‘z ajdodlari tomonidan unga meros qilib qoldirilgan barcha bilimlarini yozuv, til vositasida o‘zlashtiradi, so‘ngra to‘plangan bilimlar, ma’lumotlarni hayot tajribalari bilan boyitib, keyingi avlodga qoldiradi. Shunday ekan, ona tili darslarida to‘g‘ri va savodli yozishga o‘rgatish muhimdir. Ona tili o‘qitishning markazida grammatik nazariya emas, balki nutqiy ko‘nikma va orfografik malaka hosil qilish turadi. «Davlat tili to‘g‘risida»gi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunlarning qabul qilinishi va «O‘zbek maktablarida ona tili ta’limi konsepsiyasi» talablari, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli “Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti” to‘g‘risidagi qarori Xalq ta’limi tizimining barcha bo‘g‘inlarida ta’lim-tarbiya berish jarayoni davr ruhi bilan uyg‘unlashgan, o‘zida milliy va mintaqaviy xususiyatlarni mujassam etgan o‘quv-metodik adabiyotlar majmuasini yaratish ehtiyojini yuzaga keltirdi. «O‘zbek maktablarida ona tili ta’limi konsepsiyasi»ning bosh maqsadiga ko‘ra, ona tili mashg‘ulotlari ta’lim oluvchida ijodiylik, mustaqil fikrlash malakalarini chuqurlashtirib, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirishga va rivojlantirishga qaratilmog‘i kerak. Bu muhim vazifani amalga oshirishda ona tili ta’limi jarayonida tashkil etiladigan turli yozma ishlar, xususan, diktantning o‘ziga xos o‘rni bor. Ma’lumki, diktant yozish malakasi boshlang‘ich sinflardan shakllantirilib boriladi. Yuqori sinflarda bu ko‘nikma va malakalar takomillashtirilib boriladi. Bu yozma ishlar mavzularni qay darajada o’zlashtirilganligini hisobga olish uchun olinadi. Har bir yozma ish o’ziga xos usul bilan yozdiriladi. O’quvchilar birinchi sinf savod o’rgatish davridayoq so’zlarni to’g’ri yozish, yozuv taxtasidan va kitobdan ko’chirib yozish malakalarini egallaydilar. Asta-sekin so’z birikmasi, gap va bog’langan nutq tuzish hamda tuzgan gaplarni yozishga o’rganiladilar. O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish maqsadida gramatikaga oid ayrim qoidalar o’rgatib boriladi bu esa qoidalarni puxta o’zlashtirish uchun hizmat qiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga gramatikaga oid bilimlarni o’rgatish va ularni nutqlarini o’stirishda yozma ishlar alohida o’rin tudadi. Yozma ishlar ko’chirib yozish, diktant, bayon, insho tarzida amalgam oshiriladi. O’quvchilar sovodhonligini oshirishda foydali mashg’ulotlardan biri diktantdir. Diktant o’tkazishda o’quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olish ishda aniqlikka e’tibor berish, soddadan murakkabga boorish muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek o’quvchilarni o’z-o’zni teksthirishga odatlantirish kerak. O’quvchi diktant yozishda so’zni harfiy ifodasini ko’rmay eshitish orqali tovushlar majmuasini tasavvur e’tadi, tovushlarni harflar bilan almashlab yozadi.