Қarshi muҳandislik-iқtisodiyot instituti “Axborot texnologiyalari va matematik modellashtirish” kafedrasi assistenti J



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə1/11
tarix10.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#139270
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kadirova Nilufarxon


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI

Amaliy matematika va informatika” yo’nalishi


18.06-guruh talabasi
Kadirova Nilufarxon Abdurahim qizining
Algebraik va transtsendent tenglamalarni taqribiy yechish usullari. Oddiy iteratsiya, Nyuton, vatarlar usullari va modifikatsiya” mavzusidagi


KURS ISHI


Kurs ishi rahbari: Ismoilov A.
Farg’ona shahar


MUNDARIJA



KIRISH 3
I BOB. Algebraik tenglamalar sistemasini yechish usullari 5
1.1. Nuyuton usuli, Takomillashtirilgan Nuyuton usuli, Nuyuton Rafson usuli 5
1.2. Iteratsiyalar usuli (ketma-ket yaqinlashishlar usuli), Oddiy iteratsiya usuli. 19
II BOB. Algebraik tenglamalar sistemasini matematik paketlar yordamida taqribiy yechish. 28
2.1 Nyuton usuli. 28
2.2 Takomillashgan Nuyuton usuli. 31
2.3 Oddiy iteratsiya usuli. 33
XULOSA 39
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 40



KIRISH


Bu murakkab dunyoning azaliy va abadiy muammolari, shu bilan birga, har bir davrning dolzarb masalalariga har tomonlama asosli ilmiy javoblar topilgan taqdirdagina ma`naviyat olami yangi ma`no-mazmun bilan boyib boradi. Boshqacha aytganda, har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot – bu yangi davr va dunyoqarashga turtki beradi, ma`naviyatning shakllanishiga o`ziga xos ta`sir o`tkazadi.
I.A. Karimov
Hozirgi kunda kompyuter texnologiyalari kirib bormagan soha deyarli uchramaydi. Kompyuter texnologiyalardan faqat hisoblash ishlarini olib borish uchun emas, balki, hayotga tadbiq qilinadigan elektron darsliklar, rasm va video tasmalarni qayta ishlovchi, katta hajmli ma’lumotlarni o’zida saqlovchi dasturlar yaratish uchun ham foydalaniladi.So’ngi yillarda kompyuter va uning dasturiy ta’minotiga bo’lgan talab va qiziqishlar ortib bormoqda. Bu esa o’z navbatida dasturchidan katta izlanish va mahoratni talab qiladi. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning “ Yoshlarimiz bizdan ko’ra kuchli bilimli dono va albatta baxtli bo’lishlari kerak “, ”O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida” degan so’zlari va 2008 – yilning “Yoshlar yili” deb belgilaganlari, yoshlarga bo’lgan e’tiborni va katta ishonchni ko’rsatadi. Biz yoshlar o’z navbatida bunday ishonchni oqlashga va komillik sari intilishga harakat qilamiz.
Yangi axborot – kommunikatsion texnologiyalari hozirgi vaqtda eng dolzarb mavzulardan biri bo’lib kelmoqda, sababi har bir sohani o’rganish, izlanish va tajriba orttirish uchun turli usullardan foydalanish kerak bo’ladi. Shuning uchun yangi axborot – kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvoffiqdir.
Hozirgi zamon mutaxasislari, faoliyat doiralari qanday bo’lishidan qat’iy nazar informatika bo’yicha keng ko’lamdagi bilimlarga, zamonaviy hisoblash texnikasi, informatsion aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida yetarli malakalarga ega bo’lishi, hamda yangi information texnika va texnologiya asoslarini uning ertangi kuni, rivoji to’g’risidagi bilimlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. Zamonviy hisoblash texnikasi va information texnologiyalarning kun sayin rivojlanib, jamiyatning esa tobora informatsiyalashib borishi sababli, uzluksiz ta’lim tizimining o’rta va yuqori bosqichlariga informatika, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarini kompyuerlashtirish bo’yicha bir qator o’quv fanlari kiritilgan.
Kurs ishining dolzarbligi. Kompyuterning qo’llanilish sohalaridan biri matematik, mexanik va fizik jarayonlarni va ob’ektlarning matematik modellarini hisoblash usullari va kompyuterlarning dasturiy vositalari yordamida tadqiq etish bo`lib qolmoqda. Hisoblash usullari va kompyuterlarning zamonaviy imkoniyatlari birgalikda bunday jarayonlar va ob`yektlarning shu paytgacha noma`lum xususiyatlarini ochishga va, shu asnoda, texnologik jarayonlarni takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Ushbu kurs ishining mavzusi ham hisoblash usullari va kompyuterning ilmiy tadqiqot ishlarida qo’llanilishiga bog`liq bo’lib, ilmiy va amaliy jihatdan dolzarbdir.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin