See
discussions, stats, and author profiles for this publication at:
https://www.researchgate.net/publication/349126163
INTELEKTUAL TIZIMLAR YORDAMIDA ASOSLI QAROR QABUL QILISH
Article
· January 2021
CITATIONS
0
READS
3,843
1 author:
Some of the authors of this publication are also working on these related projects:
Scientific Progress
View
project
Education 2
View project
Nurmuxamad Duisenov
Chirchik state pedagogical Institute
189
PUBLICATIONS
284
CITATIONS
SEE PROFILE
All content following
this page was uploaded by
Nurmuxamad Duisenov
on 09 February 2021.
The user has requested enhancement of the downloaded file.
1
INTELEKTUAL TIZIMLAR YORDAMIDA ASOSLI QAROR QABUL
QILISH
Abstract:
Risolaning asosiy mazmuniga kirishishdan avval umuman «intelekt»
xaqidagi tushunchani aniqlab olishimiz kerak. Bu tushunchani oddiy qoida asosida
tushuntirish mumkindek tuyuladi, lekin biz buni qila olmaymiz. Chunki, xozircha
«intelekt» va «Suniy intelekt» xakida biron-bir anik fikr yo`q. Bu tushunchani turli
fan soxalarida ijod qiluvchi olimlarning
talqin qilishlari turlicha, fikrlashlarida
yahdillik yo`q. Shu sababli bu tushunchalarning mazmunini o`quvchiga tushuntirib
berishga xarakat qilamiz.
2
«Intelekt» so’zi lotincha «intellectus» so’zidan kelib chiqqan bo`lib, u bilish
(aniqlash), tushunish yoki faxmlash (aql) ma’nosini beradi.
«Intelekt» so’zini aniqlovchi, psixologlar tuzgan uch-ta tushunchani (Katta
sovet entsiklopediyasi va Vester-ning amerika lug`atidan olingan) keltiramiz. Bu
tushun-chalar «intelekt» tushunchasi mazmunini aniqlash uchun yordam beradi.
Intelekt —
fikrlash qobiliyati, ratsional bilish va shunga o`xshash. Umumiy
xolda esa fikrlash, shaxsni aqliy rivojlanishi sinonimi bo`lib xizmat qiladi.
Intelekt (aql) — o`z xulqini sozlash yo`li bilan xar qanday (ayniqsa yangi)
xolatga etarli baxo berish qobiliyati.
Intelekt — turmushdagi dalillar urtasidagi o`zaro bog`liqlikni tushunish
qobiliyati. Bu qobiliyat belgilan-gan maqsadga erishishga
olib boruvchi xarakatlarni
ishlab chiqish uchun kerak bo`ladi.
Yuqorida aniqlangan «intelekt» tushunchasidan shunday xulosa chiqarish
mumkinki, ya’ni intelekt faqat insonlarga tegishli va odam aqliy qobiliyatining uziga
xos ulchovidir. Psixologlar shunday maxsus usullar yaratdilarki, bu usullar
yordamida tajriba orali odamning intelektual (aqliy)
darajasini aniqlash mumkin
bo`ldi. Natijada shu narsa aniqlandiki, intelektning individual darajasi urtasidan
surilishi (ORTISHI) odamning fizik imkoniyatlari darajasi kabidir.
Agar urtacha aqliy qobiliyat 100 ball deb qabul qilinsa, u xolda uta qobiliyatli
insonlarda bu kursatkich 150, 180, xattoki 200 ballga etish mumkin. Amerikalik
shaxmatchi, jaxon eks-chempioni Robert Fisherning bu kursatkichi 187 ball bulgan,
XIX asr yarmida yashagan angliyalik mantiqchi Djon Styuart Mill uch yoshidayoq
qadimgi yunon tilida gapira olgan va uning kursatkichi 190 ballgacha borgan. Shuni
qayd
qilish lozimki, evolyutsiya davrida intelekt birmuncha bir tekis, inqilobiy ri-
vojlanish davridan toki zamonaviy inson intelekti paydo bulgunga qadar bo`lgan
davrni bosib o`tgan.
Intelektning evolyutsion rivojlanishi berilgan bosqichdan birmuncha yuqori
printsipial, a’lo darajadagi tashkil toptan bosqichga o`tish bilan davom etadi. Shuning
uchun jamiyatning turli rivojlanish bosqichlarida yashagan insonlarning intelektini