O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI QARSHI INNOVATSIYON TA’LIM UNIVERSITETI
ARXEOLOGIYA VA ETNOLOGIYA fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: ETNOLOGIYA FANINING TARIXI
Bajardi: Nozim Xurramov
Qarshi – 2023
ETNOLOGIYA FANINING TARIXI.
REJA:
1.Etnografiya 2. Etnologiya fanining tarixi
Etnografiya (grekcha: etno- xalq va ... grafiya - yozaaman), etnologiya, xalqshunoslik — jahondagi barcha xalqlarning, etnik birlikning turli tiplari, ularning kelib chiqishi (etnogenezi), turmush tarzi, urf-odatlari, moddiy va maʼnaviy taraqqiyot darajasidan qatʼi nazar, teng holda oʻzaro tafovuti yoki umumiyligi va oʻxshashligini, ularning oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganuvchi maxsus fan sohasi. E. hozirgi etyaoslarning kelib chiqishi va shakllanishi, joylashishi va etnik tuzilishi, urf-odatlari, maʼnaviy madaniyati va milliy xususiyatlarini tarixiy jarayon bilan bogliq holda oʻrganadi. Tarixiy E. yoʻqolib ketgan xalq va elatlar, oʻtmishdagi etnik jarayon, maishiy turmush va maʼnaviy madaniyat xususiyatlarini tadqiq qiladi.
Etn. bilimlar qadim zamonlardan paydo boʻlgan boʻlsada, lekin mustaqil fan sifatida 19-asrning oʻrtalarida shakllanib boʻldi. Dastlab, bu atamani 16-asrning oxirida nemis yozuvchisi I.Zummer ishlatgan, keyin esa 18-asrning oxirlarida va 1808-yilda maxsus jur.lar shu nom bilan chiqa boshlagan. E. soʻzi mashhur fransuz tabiatshunosi va fizigi Jan Jak Amper taklifi bilan Parij antropologlari kongressida alohida fan sifatida qabul qilingan (1839).
E. dastlab faktik bilimlarni toʻplaydi, keyin ularni tahlil etish orqali mohiyatini tushunib olib, nazariy xulosalar chiqaradi. E. fani, boshqa fanlar singari oʻziga xos maxsus tadqiqot usullari va maxsus atamalarga ega. Uning uslubi muayyan dunyoqarash va nazariyalar (metodologiya) bilan bogʻliq boʻlib, oʻz tadqiqotlarini ayrim fan sohalari antropologiya, arxeologiya, lingvistika, sotsiologiya, sanʼatshunoslik bilan aloqador holda amalga oshiradi.
Mazkur fanlarning oʻzaro bogʻliqligi tufayli keyingi yillarda qoʻshaloq ilmiy sohalar ham yuzaga keldi, mas, etnik antropologiya, paleoetnografiya, etnolingvistika va boshqalar Hozirgi davrdagi etnik jarayonlarni teran va keng miqyosda tadqiq qilishda keyingi yillarda oʻtkazilayotgan sotsiologik tadqiqotlar yaxshi samara bermoqda. Natijada — etnosotsiologiya, etnopsixologiya kabi yangi ilmiy sohalar yuzaga kelishi muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, tabiiygeografik sharoitga qarab yovvoyi oʻsimliklarni ekib oʻstirish yoki yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish, urchitish kabi oʻziga xos turmush xususiyatlariga ega elatlarning xoʻjalik xususiyatlarini anikdashda E. bilan hamkorlikda etnobotanika va etnozoologiya kabi yangi sohalar faoliyat koʻrsatmoqda.
Xalqlarni oʻrganishda E. fani nihoyatda keng va xilmaxil manbalardan va usullardan foydalanadi. Bir joyda uzoq yashab, kuzatish yoʻli bilan oʻtkazilgan tadqiqotlar eng samarali ekanligini mashhur etnograflar (L.Morgan, N.N.Mikluxo Maklay, V.G. Bogoraz) alohida qayd qilganlar. Qisqa muddatda, ayrim mavsumlarda oʻtkaziladigan tadqiqot ishlari ekspeditsiya usuli boʻlib, hozir keng tarqalgan va u mavsumiy usul deyiladi.
Dala ishlarida, asosan, axborotchidan suhbat yoʻli bilan yozma yoki magnitofon orqali maʼlumotlar toʻplash, muayyan maishiymadaniy turmush hodisalari, oilanikoh munosabatlari va marosimlari, xalq sayillari va oʻyinlarini kuzatish, ularda bevosita ishtirok qilish va ularni jiddiy oʻrganish (yozish, chizish, rasmga olish) kabi usullar qoʻllaniladi. Maʼnaviy madaniyatni tadqiq qilishda (ayniqsa, ayrim urf-odat va marosimlar, xalq oʻyinlari, ibodat, milliy raqslar) zamonaviy texnika (foto, video va kinoapparaturalar) vositalaridan keng foydalaniladi.
Oʻzbekistonda E. fani. Oʻzbekiston hududida istiqomat qilgan qabila va elatlar toʻgʻrisidagi eng qadimiy etn. maʼlumotlar ilk yozma manbalarda, yunon va rim mualliflari Gekatey, Strabon, Gerodot, Arrian, Ptolemey va Ktesiy, sitsiliyalik Diodor, Pompey Trog, Tatsit asarlarida uchraydi.
Oʻrta Osiyo xalqlarining qadimiy ajdodlari va ularning turmush tarzi, urf-odat va marosimlari toʻgʻrisida qimmatli maʼlumotlarni zardushtiylik dinining muqaddas kitobi "Avesto"da ham koʻrish mumkin. Miloddan avvalgi 6—1-asrlardan arab istilosigacha Oʻrta Osiyo xalqlariga tegishli maʼlumotlarni qadimiy axomaniylar davriga oid qoya tosh bitiklarida, parfiyoniy, sugʻdiy, xorazmiy, baxtariy yozma yodgorliklarida, xitoy sayohatnomalarida, sosoniylar Eronining oʻrta forsiypahlaviy tildagi yodgorliklarida, arman tilidagi manbalarda, qadimiy turkiy yozma yodgorliklarda uchratamiz.
Ilk oʻrta asr (912-asrlar) mualliflari geograf va sayyohlar Ibn Xurdodbeh, alBalxiy, Istaxriy, Ibn Havqal, Masʼudiy, Yoqut Hamaviylar oʻz sayohatnomalarida Sharq xalqlari E.si boʻyicha qimmatli maʼlumotlar yozib qoldirganlar.
Xalq ogʻzaki ijodi namunalari boʻlgan "DadaQoʻrqut", "Alpomish", "Manas", "Goʻroʻgʻli" dostonlari tarixiy va etn. jihatdan nihoyatda muhim manbalardir. Muhammad Xorazmiyning "Surat alAarz", Abu Rayhon Beruniyning "Qonuni Masʼudiy", "Amudaryo tarixi"; Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk", Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asarlari Oʻrta Osiyo, shu jumladan, Oʻzbekiston shaharlari, ularning tarixi, tabiiygeografik sharoiti, etnotoponimiyasi, ayrim shahar va qishloqlar aholisining lingvistik va etnik tarkibi, ijgimoiy-siyosiy hayoti, maishiy turmushi va madaniyatining baʼzi jihatlari, diniy eʼtiqodlariga oid noyob maʼlumotlar mujassamlashganligi bilan muhim ilmiy ahamiyatga ega.
Amir Temur va uning vorislari hukmronlik qilgan davrda yashagan saroy tarixchilari va solnomachilari, jumladan, Hofizi Abruning "Zubdat uttavorix" ("Tarixlar qaymogʻi"), Nizomiddin Shomiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Husayn Kubraviy, Ali Kushchi va boshqalarning asarlarida shu davrga oid etn. maʼlumotlarni uchratish mumkin.
Shuningdek, ispan elchisi Ryui Gonzales de Klavixoning asarida, rus solnomalarida, mashhur sayyoh Marko Poloning sayohatnomasida ham muhim maʼlumotlar jamlangan.
Z.M. Boburning "Boburnoma" asarida Movarounnahr va qoʻshni mamlakatlarda yashagan elatlarning etnik tarkibi va tarixi, urf-odati va marosimlari madaniyati va maishiy turmushi haqida, Gulbadanbegimning "Humoyunnoma" nomli tarixiybiografik asarida Toshkent va Andijondan to Qashqar va Hind okeani boʻylarigacha qanday shaharlar, viloyatlar borligi, ularning aholisi haqida maʼlumotlar keltirilgan.
Oʻrta asrlar ilmiy merosi boʻlgan Hofiz Tanish al-Buxoriyning "Abdullanoma" ("Sharafnomai shohiy"), Maʼsud ibn Koʻhistoniyning "Tarixi Abulxayrxoniy", Kamoliddin Binoiyning "Shayboniynoma", Fazlulloh Roʻzbehonning "Mehmonnomai Buxoro", Abulgʻoziy Bahodirxonning "Shajarayi turk" Kabi asarlarida qimmatli tarixiyetn. maʼlumotlar bor.
16—17-asrlarda Buxoro, Xiva va Qoʻqon xonliklarining vujudga kelishi va Rossiya davlati bilan muntazam savdo va diplomatik munosabatlar oʻrnatilishi natijasida rus elchilarining oʻzbek xonliklariga qilgan safarlari jarayonida toʻplagan materiallarida ham etn. maʼlumotlar mavjud boʻlib, ular maʼlum ilmiy qimmatga egadir.
Turkiston oʻlkasini jadal etn. oʻrganish oʻlkani mustamlaka qilish maqsadi bilan bogʻliq boʻlib, oʻzbek xalqi E.siga oid ilmiy ahamiyatga ega materiallar toʻplash davri 19-asrdan boshlandi.
Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan, oʻzbeklarni etn. jihatdan oʻrganish yoʻlida 1872-yil Moskvada ochilgan politexnika koʻrgazmasi munosabati bilan tayyorlangan "Turkiston albomi", shuningdek, Rus geografiya jamiyatining Turkiston boʻlimi, Tibbiyot, antropologiya va etnografiya havaskorlari jamiyatining Turkiston boʻlimi, Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi, Turkiston qishloq xoʻjalik jamiyati, Xomutov toʻgaragi, Oʻrta Osiyo olimlari jamiyati, Rus texnika jamiyatining Turkiston boʻlimi, Sharqshunoslik jamiyatining Toshkent boʻlimining roli katta boʻldi.
19-asr oxiri — 20-asr boshlarida etn. bilimlarning rivoji oʻlkada faoliyat koʻrsatgan rus sharqshunos, tarixchi, etnograf olimlari, sayyohlari va davlat arboblari V.V.Radlov, V.V.Bartold, M.S.Andreyev, A.A.Divayev, ʼ.L.Vyatkin, N.P.Ostroumov, N.S.Likoshin, N.G.Mallitskiy, erxotin Nalivkinlar, I.I.Umnyakov, A.A. Semyonov, Ye.}\.Polivanovlar nomi bilan bogʻliqdir. Ular amalga oshirgan ishlar mustamlakachilikka xizmat qilgan boʻlsada, toʻplangan katta etn. materiallar 19-asr oxiri — 20-asr boshlaridagi Turkiston hayot tarzini tavsiflashda muhim ilmiy ahamiyatga ega.
1918-yilda Turkiston xalq universitetiyaa oʻzbeklar E.si boʻyicha maxsus kurs kiritilib, bu mavzu boʻyicha maʼruzalar oʻqitila boshlandi.
1920—30 yillar Oʻzbekistonda E. ilmining vujudga kelish, tashkiliy va tarkibiy shakllanish davri boʻldi. 1930-yillar oxirida mahalliy aholi orasidan yetishib chiqqan mutaxassislar Gʻ.Alimov, M.Bikjanova, A.Boltayev,Ya.Gʻulomov, Sh.Inogʻomov, Turdi Mirgʻiyosov, Muso Saidjonov, X.Husanboyev, K.Yusupov va boshqalar Oʻzbekistonda muzey ishini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishga, muzeylarda etn. kolleksiyalarni koʻrgazmaga qoʻyishga tayyorlash boʻyicha muhim ishlarni amalga oshirishdi.
1943-yil 4-noyabrda OʻzFA Til, adabiyot va tarix instituti asosida Tarix va arxeologiya instituti tashkil etilib, uning tarkibida 6 boʻlim, shu jumladan, akademik M.Andreyev rahbarligidagi E. boʻlimi ham bor edi. Boʻlim respublikada etn. tadqiqotlarning yetakchi markazi boʻlib qoldi.
Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasining tashkil etilishi va faoliyat olib borishi (rahbarlari S. Tolstov, T.Jdanko) Oʻzbekistonda E. fanining rivojlanishida muhim bosqich boʻldi. Xorazm ekspeditsiyasi mobaynida qoraqalpoqlar E.sining maxsus oʻrganilganligi, Qoraqalpogʻistonda etn. fikrlarning shakllanishi uchun asos boʻldi.
1960—80 yillarda oʻzbek hamda qoraqalpoq xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi boʻyicha faol tadqiqotlar olib borildi (V.P.Alekseyev, A.A.Asqarov, O.Suxareva, T.K.Xojayov va boshqalar). Oʻzbeklar etnik tarixini oʻrganish bevosita akademik K.Shoniyozov nomi bilan bogʻliq.
Oʻzbekiston xalqlari folklori, Oʻzbekiston dekorativ va amaliy sanʼatining turli sohalari, xalq musiqasi, teatri, raqs sanʼati, kiyimlari, anʼanaviy xalq taomlari, kishilarning maʼnaviy va moddiy hayotini oʻrganish etn. manbalardan biri sifatida etnograflarning diqqat markazida boʻddi. 1960, ayniqsa, 1980-yillar Oʻzbekiston E. fani uchun avvalgi tarixshunoslik davriga nisbatan gʻoyat sermahsul, ayni vaqtda, ziddiyatli kechdi. Bu ziddiyatlar E.ning dolzarb masalalarini belgilash va ishlab chiqishda, siyosiy sharoitga ogʻishmay va soʻzsiz amal qilishda; monografik va umumlashtiruvchi tadqiqotlarda ularning tahliliytanqidiy nuqtai nazardan oʻrganib chiqilmaganligida; katta koʻlamdagi ilmiy tekshirish ishlarining etnos xoʻjalik amaliyoti va madaniy hayoti vazifalariga mos kelmaganida namoyon boʻldi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishishi bilan Respublikamizda E. fani yangi sifat bosqichiga oʻtdi.
Oʻzbekiston E. fanining ilmiy tekshirish uslublari, nazariy asoslari, rivojlanish ustuvorliklari va istiqbollarini aniqlovchi tadqiqotlar vujudga keldi. Mustaqillik yillarida oʻzbek xalqi anʼanaviy madaniyatini oʻrganishda "evropatsentrizm" nuqtai nazaridan yondoshishga, qator ijtimoiy institut va hodisalarga "oʻtmish sarqiti" deb qarashga chek qoʻyildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish" haqidagi qarori (1998-yil 27-iyul) tarix fani va uning qismi E.ning vazifalarini mazmunmohiyat jihatdan tubdan oʻzgartirdi. Oʻzbek xalqining etnogenezi, etnik tarix muammolarini, oʻzbek etnomadaniy jarayonlarini yangicha mushohada qilish, xolisona yoritish imkoni paydo boʻlib, ushbu mavzu etn. tadqiqotlarning yetakchi yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Bu yoʻnalishni tadqiq etishda akademik K.Shoniyozovning asarlari ("Qarluq davlati va qarluqlar", 1999; "Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni", 2001) muhim hissa boʻlib qoʻshiladi. 1990-yillarda K. Shoniyozovning ilmiy rahbarligi ostida tarixiy E. muammolarini (A.Ashirov, U.Abdullayev), Oʻzbekiston aholisining maishiy turmoʻsh anʼanalarini (S. Soatova, M.Oʻroqov, V.Haqliyev, S.Sharipov) tadqiq qiluvchi olimlar guruhi shakllandi. E. Fargʻona (Sh.Abdullayev, S.Gubayeva), Buxoro (A.Jumayev, M.Qurbonova), Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari(S.Tursunov, A.Qayumov, O.Boʻriyev, Q.Nasriddinov) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining (T.Yesbergenova, R.Kamolov, N.Tleubergenov) mintaqaviy oʻziga xosliklarining turli jihatlarini yorituvchi tarixiyetn. va etn.sotsiologik maxsus tadqiqotlari vujudga keddi.
Z.Orifxonova, G.Zunnunova, M.Qamaritdinova kabi olimlarning mahallaning oʻtmishi va bugunini, hozirda oʻz-oʻzini boshqarish organi sifatida amaliyotdagi ahamiyatini oʻrganishga bagʻishlangan etn. ekspeditsiyalari, etnosotsiologik tadqiqotlari natijalari asosida maxsus asarlar nashr etildi. Oliy oʻquv yurtlari uchun E. fanidan maxsus darslik (I.Jabborov "Oʻzbek xalqi etnografiyasi", T., 1994), oʻqitish uslubi qoʻllanmalari (O.Boʻriyev, B.Ishoqov), etnologiya atamalari lugʻati (O.Boʻriyev) chop etildi.
Oʻzbekistonda E. fanining shakllanishi, rivoji dinamikasi, tarixshunosligi muammolari maxsus tadqiqot mavzusi boʻldi (A.Doniyorov va D.Hoshimova). Bugungi kunda mamlakatimiz ilmiy muassasalarida E. fanining dolzarb muammolari tadqiq qilinmoqda. 2000—2001-yillarda Termiz va Qarshida etn. tadqiqotlar markazi tashkil etildi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti etnologiya boʻlimi bu tadqiqotlar yoʻnalishini belgilash va muvofiqlashtirish vazifasini bajarib kelmoqda.