ASARLAR (she’rlar, romanlar, hikoyalar, adabiyotga oid tarix kitoblarida uchraydigan barcha ma’lumotlar)
A "Abdullanoma" ("Sharafnomai shohiy") – Hofiz Tanish Buxoriy. "Abdullanoma" asari muallifi mazkur asarini Chingizxonning Movarounnahr istilosi, chingiziylar hukmronligining o`rnatilishi, Dashti Qipchoqda Abulxayrxon davlatining tashkil etilishi, Shayboniyxonning harbiy yurishlari, uning o`limidan so`ng Movarounnahrda vujudga kelgan ahvol, Abdullaxon II ning mamlakatni siyosiy jihatdan birlashtirish yo`lida olib borgan kurashi tarixiga bag`ishlangan.
"Abulfayzxon tarixi"– tarixiy asar Abduraxmon Tole'.
"Adashgan o`g`ilning qaytishi" – rasm muallifi gollandiyalik rassom Rembrandt (1606-1669).
"Adibi avval" – Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931). 1901 yil. Yangi usul maktablari uchun 1-darslik.
"Adibi soniy"– Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931). Yangi usul maktablari uchun 2-darslik.
"Afrosiyob qo`rg`oni" – V.L.Vyatkin (1869-1932).
"Ahmoq bo`lma" – she’r muallifi qoraqalpoq shoiri Berdaq (1827-1900) (taxallusi; asl ismi Berdimurod Qarg`aboy o`g`li).
"Ahmoq podshoh"– Berdaq
"Ajiniyoz" – asar Ibroyim Yusupov yozgan
"Ajiniyoz" – asar K.Sultonov
"Ajoyib ut-taboqat"("Taqdir ajoyibotlari") – Said Muhammad Toxir ibn Abulqosim. 1545-1550 yillarda yozilgan. Ahmad Donish tominidan bezak va rasm ishlangan.
"Aleksandrning harbiy yurishlari" («Aleksandr anabasisi»)– Milodiy II asrda yunon tarixchisi Arrian tomonidan yozilgan.
"Alisher Navoiy" – drama. Uyg`un va I.Sulton.
“Alkimyogar” – braziliyalik Paolo Koelo asari. Asar yoshlik, orzu va unga intilish haqida.
“Al-Komilfit-tarix” (“Tarix haqida mukammal kitob)” – mashhur tarixnavis Ibn al-Asirning Jaloliddin Manguberdiga bag`ishlangan asari.
"Al-jabr val muqobala"– Al-Xorazmiy (783-850) matematikaga oid.